Barchaga yaxshi tanish boʻlgan “Pole chudes" intellektual oʻyini haqidagi qiziqarli faktlar

Hammasi boʻlib shu vaqtgacha 12000 dan ortiq oʻyinchi telekoʻrsatuvga tashrif buyurgan. Bu kichik boʻlgan shahar aholisiga teng.
Koʻrsatuvning100 efirida Yakubovich zaldan ishtirokchiga yordam bergan odamni chiqarib yuborgan va finalchi bosh sovrin boʻlgan mashinadan quruq qolgan.

Yakubovich bir nechta koʻrsatuvni olib borganidan soʻng, u bilan "Pole Chudes” yarim yilga ham bormasligini aytib dasturni tark etmoqchi boʻlgan. Ammo buning aksi boʻldi. Leonid Arkadievich birinchi navbatda oʻyinni oʻynaydigan odamlarning shaxsiyatini ustun qoʻyib, kontseptsiyani oʻzgartirdi.
Xarflarni oʻgirib turuvchi va sovgʻa qutilarini olib chiqib beruvchi Rimma Agafoshina ushbu dasturda 1996 yildan beri ishlaydi.

Bir safar Valdis Pelsh dasturning bitta sonini olib borgan.
Bir suratga olish kunida odatda 4 qism tezkor suratga olinadi. Tasavvur qiling - Leonid Arkadevich bir kunda kamida 36 ishtirokchi bilan suhbatlashishi kerak.

2000 yilda tomoshabinlar Afrikada suratga olingan dasturning chiqarilishini koʻrishdi. Aslida, bu hammasi Moskvada dekoratsiya yordamida suratga olingandi. Qora tanlilar esa oddiy talabalar edi.
"Pole Chudes" intellektual shousining har bir ishtirokchisi auditoriyaga ikkita taklifnoma oladi

Bugungi kunda koʻpchilik ushbu telekoʻrsatuv faqat keksa yoshdagi insonlarlar uchun moʻljallangan deya hisoblaydi. Kim biladi, ehtimol nafaqaga chiqqanimizda u hamon teleekranlarda namoyish qilinar va biz aynan shu koʻrsatuvni koʻrish uchun ekran qarshisiga intilib, oʻyindan zavq olarmiz!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



