Ikkinchi Jahon Urishi haqida bilishimiz kerak boʻlgan faktlar

Hozirgi kunda Ikkinchi jahon urushi yadroviy qurol qoʻllanilgan yagona urush hisoblanib kelinmoqda.
Ikkinchi jahon davrida harbiy harakatlar 40 ta mamlakat hududida olib borilgan.
Dunyo boʻyicha qurbonlar soni 65 million kishini tashkil etadi, shulardan 26 millioni SSSR fuqarolari, 500 000 nafari esa vatandoshlarimiz boʻlgan.
Ushbu urush natijasida baʼzi mamlakatlar mustaqillikka erishdi: Efiopiya, Islandiya, Siriya, Livan, Vyetnam, Indoneziya.
Gitlerning taxmini boʻyicha, Sovet Ittifoqi 1941 yilning oʻzidayoq yoʻq boʻlib ketishi kerak edi.

Leningrad Blokadasi davrida turli hisoblarga koʻra, 600 mingdan 1,5 milliongacha inson halok boʻlgan. Ularning faqatgina 3% bombardirovka va otishmalar qurboni boʻlgan, qolgan 97%i ochlikdan oʻlgan.
Urushgacha Leningrad Sovet Ittifoqining yirik sanoat markazlaridan biri boʻlgan. Blokadaga, oʻlim, ochlik va koʻpgina zavodlarning yopilishiga qaramasdan shahardagi korxonalar ishlashdan toʻxtamagan.
Hayoti davomida Gitlerga 20 marotaba suiqasd uyushtirilgan, ulardan birinchisi 1930 yilda sodir boʻlgan boʻlsa, oxirgisi 1944 yilda sodir boʻlgan.

1945 yilning 30 aprel kuni, Berlin Sovet askarlari bilan qurshab olinganda Adolf Gitler rafiqasi Yeva Braun bilan birgalikda oʻz joniga qasd qilishgan. Ularning jasadlariga benzin sepib, yoqib yuborilgan.
Ulugʻ Vatan urushining boshlanishida Qizil Armiya safida 4 million nafar askar qoʻlida qurol bilan turgan boʻlsa, urush davomida Vatan himoyasi uchun yana 29 million nafar odam chaqirildi.
Ikkinchi jahon urushi davridagi Stalingrad jangi insoniyat tarixidagi eng qonli toʻqnashuvlardan biri boʻldi. 1942 yilning 17 iyunidan 1943 yilning 2 fevraliga qadar davom etgan bu jangda 470 ming Sovet askarlari va 300 ming nemis askarlari halok boʻldi. Sovet qoʻshinlarining bu jangdagi gʻalabasi Sovet Ittifoqining siyosiy va harbiy nufuzini oshirdi.

Nemis qurolli kuchlarining soʻzsiz kapitulyatsiyasi 7 may kuni Frantsiyaning Reyms shahrida imzolandi. Germaniyaning kapitulyatsiyasi markaziy Yevropa vaqti bilan 8 may 23:01 da, Moskva vaqti bilan esa 9 may 01:01 da kuchga kirdi.
Ikkinchi jahon urushi esa 1945 yilning 2 sentyabrida Amerikaning linkorni “Missuri” bortida Yaponiyaning soʻzsiz kapitulyatsiyasi haqidagi aktning imzolanishi bilan tugadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



