Qiziqarli

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

1. Xotiraga oid ayrim maʼlumotlar olimlarning aqlini ham shoshirib qoʻyadi. Misol uchun inson embrionning 20 haftalik paytida uning miyasida oʻzi bilan sodir boʻlayotgan voqealarni eslash qobiliyati paydo boʻlishi aniqlangan.

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

2. Kofein xotirani yaxshilashi haqidagi maʼlumotlarni koʻp bor eshitgan boʻlsangiz kerak. Aslida kofein eslab qolish qobiliyatini yaxshilay olmaydi, shunchaki uning taʼsirida diqqatni bir yerga jamlash imkoniyati vaqtincha kuchayadi. 

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

3. Miya mushak emaski, uni mashq qildirish mumkin boʻlsa! Ammo olimlar xotirani mashq qildirish mumkin ekanligini koʻp bor taʼkidlaganlar. Doimiy mashgʻulotlar inson organizmining ushbu funksiyasini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqqan holatda odamzod xotirasiga katta taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillar olimlar tomonidan aniqlab berilgan. Bular - toʻgʻri taomlanish, eslab qolish mashqlari hamda dori vositalari sanaladi.

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

4. Toʻlaqonli uyqu miya faoliyatiga taʼsir qilishi haqidagi fikrni hech kim rad eta olmaydi. Bundan tashqari hordiq jarayoni qisqa muddatli xotirani ham kuchaytira olishi mumkin. Buning qanday ishlashini esa aniqlab boʻlganlaricha yoʻq, ammo xotira va uyquning bevosita bogʻliq ekanligi - isbot talab qilmaydigan fakt!

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

5. Ayrim holatlarda inson tugʻilgan zahotiyoq fenomenal xotiraga ega boʻladi. Misol uchun Motsart bir bor eshitgan musiqasini toʻliq takrorlab berishi, shuningdek uning notalarini qogʻozga tushirishi ham mumkin edi.

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

6. Avstraliyalik Xobard Paula Prentis 3 oy davomida 130 000 ta insonning telefon raqami va uy manzillaridan iborat maʼlumotlarni yodlab chiqdi. Ayolning aytishicha, buni oʻz kasbiy faoliyati uchun amalga oshirgan, Paula telefon xizmatida operator boʻlib ishlaydi. Ammo shunga qaramay, u oʻz telefon raqamini yodlab qololmaydi.

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

7. Dominik OʻBrayen ham ana shunday ajoyib qobiliyat egasi, bir necha bor Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 1994 yildagi tanlov paytida 15 daqiqa davomida oʻzi uchun notanish boʻlgan xitoy tilidagi 152 soʻzni yodlab olgan. Shunga qaramasdan u konsentratsiya zaifligidan aziyat chekadi, buning oqibatida maktabni ham tugata olmagan.

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar

8. Amerikalik shaxmatchi Pol Morfi bir vaqtning oʻzida 8 ta doskada oʻyin oʻynashi va ularning birortasiga ham qaramasligi mumkin edi. Bunisiga nima deysiz?

Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar