Insoniyat qirilib ketsa, Yer yuzi qaydarajada oʻzgarishini koʻrsatib beruvchi 15 ta dalil



Texnik xizmat koʻrsatish siz va yonilgʻisiz koʻpgina elektrstansiyalari (masalan, atom elektr stansiyalari va shamol turbinalari) quvvat chiqarishni tugatib, ishi toʻxtatiladi. Shu sababdan, olamning katta qismi qorongʻulikka shoʻngʻibketadi.

Odam yoʻqolishidan bir necha kun oʻtgach, barcha uy hayvonlari ham yoʻqoladi.Ular shunchaki ochlikdan va tashnalikdan oʻlib qoladi.

Elektr quvvatisiz chorva mollarini nazorat ostida tutib turuvchi elektr himoyas ishunchaki ishlamay qoladi. Demak,1,5 milliard sigirlar, 1 milliard choʻchqalar va 20 milliard tovuqlar yovvoyi tabiat muhitiga tushib qoladi.

Yerosti tonnellarida va metropolitenda nasoslar ishdan chiqadi. Va bu oʻz navbatida, metroning choʻkib ketishiga, va butun “andergraund”ning choʻkib ketishiga sabab boʻladi.

AES larning sovutish tizimlari ishlamay qolganida, ularning baʼzilari portlab ketadi. Va koʻpgina metal konstruksiyalar esa texnik xizmat koʻrsatmasiz, korroziya sababli halok boʻlishni boshlaydi. Shuningdek, yongʻin qutqaruvchilari boʻlmaganliklari sababli, butun olamdagi koʻp tizimlar natijada yonib ketadi.

Odamlar yoʻqolishidan keyin atigi 25 yilichida, yer yuzidagi koʻpgina shahar koʻchalar qalin oʻsimlik qavati ostida qolib ketadi. Las-Vegas va Dubay kabi choʻlda qurilgan shaharlarni esa, bir necha yil ichida qum butunlay bosib ketadi.

Sanoat korxonalarining chiqindi chiqarishi toʻxtaydi, va bu atrof-muhit tozalanishiga olib keladi. Natijada global issiklik muammosi tugaydi.

Odam yoʻqolishidan bir yil oʻtar-oʻtmas, orbitadan Yer sayyorasiga sunʼiy yoʻldoshlar tusha boshlaydi. Osmonda qiziq “tushar yulduzlarni kuzatish (afsuski, buni faqat hayvonlar qila oladi) mumkin boʻladi.

10 000 yildan keyin yer yuzida odam yashab oʻtganini isbotlovchi yagona dalil, bu ular tomonidan toshdan yasalgan narsalar boʻlib qoladi. Masalan, bular Misrdagi piramidalar, Buyuk Xitoy devori va Rashmor togʻI boʻlishi mumkin.

Shaharlardagi katta parklar xaotik tarzda oʻsib keta boshlaydi. Oxir oqibatular butun shaharlarni yutib qolishadi.

Odamlar gibrid, va ancha takomillashgan meva va sabzavotlarni yetishtira olishdi, va bu hosilni yanada koʻproq, va mevalarni oʻzini esa mazali boʻlishiga olib keldi. Atigi ikki oʻn yillik ichida insoniyat aralishmasidan oʻsish vaqtida barcha oʻsimliklar oʻzlarining ilk yovvoyi shakliga qaytadi.

Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan koʻpgina hayvon va oʻsimlik turlari ortishi qayta tiklanadi. Axir, ularga zarar yetkazishlari mumkin boʻlgan odamlar boʻlmaydi.

Odamlar yoʻqolishlaridan yuzlab yillar oʻtganidan keyin, olamning xohlagan burchagida yovvoyi tabiat hukm sura boshlaydi. Shunga qaramasdan, balki, turlarning qayta taqsimlanishi boʻlishi mumkin, va baʼzi hayvonlar avvallari umuman yashamagan joylarida yangi yovvoyi populyatsiyani yaratishlari mumkin.

Odamlar oʻz umrlari davomida Yer yuzida yashashlari mobaynida tabiatga anchagina zarar keltirishgan. Misol uchun, C02 ning atmosferadagi miqdorini, insoniyat paydo boʻlishidan oldingi darajasigacha yetkazish uchun 100 000 yil kerak boʻladi.

Energiyasiz tozalanmagan ariq suvlari sekin-sekin tashqariga ciqaboshlaydi va koʻchalarni bosa boshlaydi, va shu bilan birga atrofdagi koʻl va daryolarni rasvolashni boshlaydi. Shuningdek, texnik xizmat koʻrsatishsiz, toʻgʻonlar yiqilishni boshlaydi, va bu dahshatli suz bosishiga olib keladi.Keyinchalik, ushbu suv bosgan maydonlar, balki, botqoqlarga aylanib qoladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



