Foydali

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Olimlarning soʻnggi tadqiqotlari natijasida sayyoramizda yashovchi har oʻninchi odam ana shunday"yashirin" insultni boshdan kechirgani aniqlandi. Bu kabi aksariyat holatlarda insonlar kasallikni davolamaydilar va tibbiyot muassasalariga murojaat ham qilmaydilar. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, insultning bu turi oʻz vaqtida aniqlanib, davolanmasa, koʻpoʻtmay haqiqiy insultga ham olib kelishi mumkin. Yashirin insultning asosiy belgilari nimalardan iborat ekanligini bilasizmi?

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Bosh miyadagi qon tomirlarining tromboemboliya holati insonning koʻrish qobiliyatiga bevosita taʼsir qiladi. Shu sababli ham insultni yashirin tarzda boshdan kechirgan insonlarning har uchtasidanbirida koʻrish qobiliyatining yomonlashishi yoki butunlay yoʻqotilishi kuzatilgan. Bu kabi belgi oʻzini huruj avvalida ham koʻrsatishi mumkin.

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Bu ham yashirin insultning asosiy alomatlaridan biri. Bemor oʻzini bu vaqtda juda yomon his qiladi, nafas olishi tobora qiyinlashib ketadi. Maʼlum bir vaqt davomida boʻgʻilish hissini ham tuyishi mumkin. Buning sababi shundaki, tomirlarga qon quyqumi tiqilib qolganida inson organizmi kislorod yetishmasligi holati bilan toʻqnash keladi, bu esa oʻz navbatida yurak aritmiyasiga sabab boʻladi. Yashirin insultning yana bir belgisi isitma yoki kuchli hissiyotlarga bogʻliq boʻlmagan ravishda butun tanani titroq bosishidir.

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Ushbu belgi insultning yorqin alomati boʻlib, uniboshqa turdagi nevrologik patologiyalardan farqlab olish uchun yordam beradi. Odatda bemor yuzining bir tomoni shol holatga keladi, yuz koʻrinishi assimetrik holatga kelib qoladi. Insonning insultga duchor boʻlganini oʻz vaqtida aniqlash uchun odatda shifokorlar undan kulishni soʻrashadi. Bu vaqtda inson qiyshiqroq holatda kulsa, yashirin insultni boshdan kechirgan boʻladi.

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Statistik maʼlumotlarga koʻra, odatda insultni boshdan kechirgan ayollar bundan biroz avvalroq surunkali charchoq, hayollar tarqoqligi, diqqatni bir yerga jamlay olmaslikdan shikoyat qilishadi. Eng qizigʻi, bu kabi belgilar kuchli jins vakillarida kuzatilgan hurujlar avvalida koʻrinish bermagan.

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Yashirin insult hamisha ham ogʻriq bilan kechmasligi mumkin, ammo baʼzan qoʻl-oyoqlar yoki yuzning bir tomonida kuzatiladigan keskin va kutilmagan ogʻriq miya tomirlaridagi qon aylanishi buzilganidan darak beradi. Bu kabi holatlarda bemor sababsiz bosh ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Ayrim bemorlar mazkur ogʻriqni kutilmagan zarba kuchi bilan qiyoslaganlar.

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Hiqichoq tutish mexanizmi yutish rekleksi bilan bevosita bogʻliqdir. Mazkur refleks hosil boʻlishida bir nechta qismlar ishtirok etadi. Agar qon aylanishining buzilishi oqibatida tuzilmalardan biri zararlansa, bu hiqichoq tutishiga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, hiqichoq odatda bosh miya nafas markazidagi qon tomirlarida kuzatilgan oʻzgarishlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Aytish kerakki, bu kabi aksariyat holatlar huruj avvalidan ayollarda koʻproq kuzatilgan. Unutmang, agar hiqichoq 2 sutkadan koʻproq davom etayotgan boʻlsa va u bilan kurashishdagi odatiy usullarish bermasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. 

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

45 yoshdan kichik boʻlgan ayollardagi yashirin insult koʻp hollarda bosh aylanishi bilan kuzatiladi. Ushbu alomatga aksar holatlarda charchoq yoki uyqusizlik belgisi sifatida qarab, yetarlicha eʼtibor bermasligimiz ham mumkin. Agar bosh aylanishi kuchli ogʻriq hissi bilan kechsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak boʻladi. 

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Insult holatining birinchi bosqichlarida kuzatiladigan odatiy belgilardan biri muvozanatning yoʻqotilishi va yurishning qiyinlashishi bilan bogʻliq. Shu sababli ham buni odatiy charchoqqa yoʻyish va tahlil topshirish jarayonini ortga surish aslo yaramaydi. 

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Migren - aksariyat insonlarda tez-tez kuzatiladigan holat. U bosh ogʻrigʻi hurujining maʼlum turi boʻlib, ogʻriq boshning bir qismida (koʻp hollarda peshona-ensa qismida) yuzaga keladi. Yorugʻlikka nisbatan taʼsirchanlik, koʻngil aylanishi, qayt qilish, bosh ogʻrigʻidan keyingi zaiflik ham yashirin insult belgisi boʻlishi mumkin. Statistik maʼlumotlarga koʻra, koʻp hollarda bosh ogʻrigʻi huruj avvalidan ayollarda kuzatiladi. 

Insultning koʻz ilgʻamas 10 alomati

Jumlalar tarqoqligi yashirin insult belgilaridan biri boʻlishi mumkinligi haqida bilasizmi? U bosh miyaning maʼlum bir sohalari zararlanishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada insonning gaplarini tushunish juda qiyin boʻlib qoladi. Gapirish davomida chuqur bezovtalik koʻzga tashlanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar