Internet va bolalar: xavflar real





Ijtimoiy tarmoqlar, izlovchi robotlar, bloglar va pochta xizmatlari - ularning hammasi foydalanuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotni yigʻadi. Shaxsiy maʼlumotlarni ommaviy tarzda eʼlon qilish bilan bogʻliq manbalardan kerakli odamni birpasda topib olish mumkin.
Masalan, 2011-yil 19-aprel kuni Kasperskiyning oʻgʻlini oʻgʻirlovchilar “V Kontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan izlab topgan. Shu bilan birga bir narsaga eʼtibor bering – oʻgʻirlab ketilgan yigit 14-15 yoʻshli oʻspirin emas, 20 yoshda, yaʼni balogʻatga yetgan yigit boʻlgan!

Skype dasturi, djabberlar (icq, mail agent, telegramm va shu kabi hokazo «gapxona») bolaga taʼsir oʻtkazish uchun juda keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Faraz qiling: djabberda bolada bir spam paydo boʻlib qoldi “Iltimos, meni kontaktlar roʻyhatiga kiritib qoʻy”) Bola uchun yangi suhbatdosh juda qiziqarli, u uni kontaktlar qatoriga, keyin esa doʻstlar qatoriga kiritib qoʻyadi.



1.Hech qachon oʻzining haqiqiy ismini aytmaslik
2.Hech qachon oʻzining manzilini, maktabini, sinfini aytmaslik
3.Hech qachon uy telefonining raqamini aytmaslik
4.Hech qachon oʻz mobil telefon raqamini bermaslik
5.Hech qachon ota-onasi telefonlarining raqamlarini bermaslik
6.Hech qachon notanish suhbatdosh, “tarmoq”dagi doʻsti bilan uchrashishga roziboʻlmaslik
7.Suhbatdoshni kontaktlarga kiritishdan avval uning profilini koʻrib chiqib, u qanday odam ekanligini bilib olish zarurligini unutmaslik
8.Hech qachon, hech kimga oʻz ota-onasining suratlarini joʻnatmaslik
9.Oʻzining haqiqiy suratlarini tarmoqqa chiqarmaslik
10.Notanish raqamlarga sms joʻnatmaslik
11.Notanish odamlar elektron maktublarda tavsiya etgan saytlarga oʻtmaslik

Bundan tashqari, shuni esda tutingki, internet -aslida ertami, kechmi jaholat, undan keyin esa halokat yoʻliga olib boruvchi madaniyatsizlik bolgan, lekin "ommaviy madaniyat" deb ataluvchi balo-qazoga keng yoʻl ochib bergan.
Dunyodagi texnologik jihatdan juda rivojlangan mamlakatlarda va xususan Amerika Qoʻshma Shtatlarida, sir emaski, voyaga yetmagan maktab bolalari oʻrtasida shu kunga qadar juda koʻp noxush hodisalar roʻy bergan. Buning sababi - bolalar virtual olam bilan real voqeiylik oʻrtasidagi farqni ajrata olmay qoladi.


Yana bir narsa. Avvallari, tahminan 35-40 yillar oldin hatto kattalarning aksariyati ham nimani anglatishini bilmagan bir soʻz bugungi kunda allqachon butun dunyoning chipqoniga aylanib qolgan. Bu - pornografiya. Bu harom, iflos va jirkanch narsani sehrli va jozibador olam qilib koʻrsatishga urunishlarning son-sanogʻi yoʻq.

Ushbu mavzu bugungi kunda juda dolzarb. Uni umumlashtirgan holda bir hulosa bilan yakunlamoqchimiz. Kompyuter va internet vaqt bilan hamnafas boʻlib rivojlanib ketmoqda. Insoniyatning bu texnologik yutuqlari hayotimizning ajralmas qismi boʻlib qolyapti. Biroq, kelajagimiz - bolalarimiz ushbu texnologik ummonnig ichiga gʻarq boʻlib internetga qul boʻlib qolmasli uchun, internet oyinlari oʻrniga shahmat, ijtimoiy tarmoqlar oʻrniga oddiy muloqot, turli-tuman saytlar oʻrniga kitob mutolaasini sevishiga sababchi boʻladigan inson - siz, ota va ona. Farzandingiz bilan samimiy, mehribon va ochiq-oydin suhbatlashing, qatʼiyatli boʻling, biroq keskinlikka yoʻl qoʻymang, chunki bolangiz mehrni sizdan topa olmasa, ota-onasi oʻta zerikarli boʻlib koʻrinsa, u oʻziga yetishmayotgan narsalarni internetdan izlaydi. Internet esa faqat yaratuvchanlik, goʻzallik, iffat, mehr-muruvvat, madaniyat-u marifat va tolerantlikdangina iborat emas. Unda jaholat, zoʻravonlik, sharm-hayosizlik, aldov va firibgarlik qopqonlari koʻpaysa koʻpayib ketyaptiki, zarracha kamaygani yoʻq. Ogoh boʻling!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



