Foydali

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Agar tashqarida havo 30 darajadan yuqori boʻlsa, ichkaridagi havo undan 5-7 daraja past boʻlishi kerak. Aks holda, tana haroratining birdaniga pasayib ketishi tumovga sabab boʻlishi mumkin. Chunki issiqda teri katakchalari kengayadi va tana uni sovitish uchun ter ishlab chiqaradi. Konditsionerning sovuq havo oqimidan esa terlab turgan badan harorati birdaniga pasayib ketadi.

Kun juda isib ketgan paytlarda shifokorlar yurak qon-tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga ham konditsionerdan foydalanishni tavsiya etadilar. 

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Konditsionerlarda turli bakteriyalar toʻplanib ketadi, degan fikr ham mavjud. Bir narsaga aniqlik kiritib olish kerak: konditsionerlarda bakteriyalar toʻplanishi mumkin boʻlgan joyining oʻzi yoʻq. Agar hona muntazam ravishda tozalanib, changlar artib turilsa, xavotirga oʻrin yoʻq. Albatta, vaqti-vaqti bilan konditsioner va uning filtrini tozalashni esdan chiqarmaslik kerak. Koʻpchilik konditsioner harid qilganlar u sovitishdan tashqari, honada havo almashinuvini ham taʼminlaydi degan fikrda. Lekin barcha konditsionerlarda ham havo almashtirish funksiyasi boʻlavermaydi. Bundan behabar haridorlar esa honani shamollatib turishni esdan chiqarib yuboradilar. Konditsioner esa xonada anchadan buyon toʻplanib qolgan, inson salomatligi uchun zararli boʻlgan mikroorganizmlarni muntazam ravishda qorishtirib turadi. Tozalik qoidalariga rioya qilgan holda eshik va derazalar ochilib, xona shamollatib turilsa, bunday havfning oldi olinadi.

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Har bir ishda meʼyorga amal qilinsa, konditsioner ham sizning oilangizga ancha muddat hizmat qiladi, shuni unutmang!

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Agar konditsionerdan uzoq vaqt foydalanilmagan boʻlsa, uni ishlatishdan avval honani 20-30 daqiqa davomida shamollatib qoʻyish kerak.

Konditsionerning havo purkash joyida hech qanday toʻsiq boʻlmasligi kerak. Aks holda, elektr energiyasining behuda sarflangani qoladi.

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Hech qachon juda past haroratni tanlamang.

Konditsioner yoqilganda xavo oqimini yuqoriga, yaʼni shiftga yoʻnaltiring. Shunda sovuq havo hona boʻylab juda tez tarqaladi.

Bolalar karavotini konditsioner tagiga qoʻyish also mumkin emas.

Shuni unutmaslik lozimki, bolalar boʻlgan honada konditsionerlarni yoqib qoʻyish yaramaydi. Chunki bolaning terisi juda nozik boʻlib, konditsionerning sovuq yoki issiq havosiga dosh berolmaydi.

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Filtrni bir oyda bir marta, agar konditsioner oʻrnatilgan joyda chang miqdori koʻp boʻlsa, undan ham koʻproq tozalab turish kerak. Avval filtr changyutkich yordamida tozalanadi, soʻng suv bilan yaxshilab yuvib yuboriladi.

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar