Italiyancha "yopishqoqchalar" vyetnamka-shippaklari oʻrniga sogʻlom alternativa boʻladilar.

Bu yangilikni oyoq kiyim deb atash qiyin boʻladi, lekin ularda yurish mumkin.
Italiyancha "yopishqoqchalar" vyetnamka-shippaklariga alternativa boʻladilar.

Vyetnamka-shippaklari oʻrniga patak-tagcharm.

Mohiyatiga koʻra, italiyaliklar shunday "yopishqoqchalar" - patak-tagcharmlar oʻylab topdilarki, ularni oyoq tagiga yopishtirib olinadi va ular bundan soʻng shapillamaydi. Bu ajabtovur oyoq kiyim mualliflari taʼkidlashicha, ularning rezina tagcharmlari issiqqa chidamli, suv oʻtkazmaydigan va mustaxkam.

Yopishqoq pataklar 10 tadan boʻlgan kolmplektlar koʻrinishida sotiladi, komplekt esa, 33 dollar turadi. Bunday pataklarni bir necha marotabadan yopishtirib yechib olish mumkin.


Biroq shifokorlar mana bir necha yilki, bunday vyetnamka-shippaklari havfli ekani haqida ogohlantirmoqdalar! Britaniya shifokorlari bunday shippaklar ayollar uchun baland poshnali oyoq kiyimdan koʻra ham havfliroq deb hisoblaydilar. Ularning bunday oyoq kiyimlarga amerikalik kasbdoshlari ham shubha bilan qaraydilar.

Shifokorlar fikrga koʻra, vyetnamka-shippaklari odamning yurishini, ularni doimiy ravishda oyoqda ushlab qolishga harakat qilish kerakligi uchun, oʻzgartirib yuboradi. Bunday shippaklar oyoqdan chiqib ketmasligi uchun toʻpiqni qayirib, mayda qadamlar bilan yurish kerak boʻladi. Bu esa oʻz navbatida to songacha boʻlgan mushaklarning toliqishiga olib keladi.
Lekin bu hali hammasi emas! Shippaklarni oyoqda ushlab qolish uchun oyoqning katta barmoqlarini qayirib yurish kerak boʻladi. Bu sababli oyoq uzun patak payi choʻziladi va u oʻz navbatida tomir tortishishi, pixlar va oyoq toliqishiga olib keladi.

Vyetnamka-shippaklarining faqatgina bitta ustunligi bor - bu dunyodagi eng yengil va salqin oyoq kiyimi. Koʻpchilik odamlarga esa, aynan shu kabi oyoq kiyim yoqadi. Shuning uchun, atish qiyin albatta, balki yaqin kelajakda plyajlar va shahar koʻchalari italiyalik yopishqoqchalar kiygan odamlarga gavjum boʻlishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



