Jahonda eng obroʻ eʼtiborli 7 ta odamlar

Bill Geyts
Microsoft asoschisi
Ettinchi oʻrin

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, hayriya uchun juda katta miqdorda pul mablagʻlarini sarflaydi. Bill va Miranda Geytslar 15 yil oldinoq jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilish boʻyicha fond yashkil etgan boʻlib, bugungi kunga kelib unga 30 milliard dollar miqdorida hayriya kiritganlar. Oʻtgan yilning aprel oyida Geytslar oilasi taxminan 776 million dollar miqdorida mablagʻni ocharchilikka qarshi kurash uchun sarfladilar.
Djanet Yellen
AQSH Federal rezerv sistemasining boshligʻi
Oltinchi oʻrin

Asosiy jahon moliyaviy regulyatorini muvaffaqiyatli ravishda, ayol kishi boshqara olishiga, xech kin unchalik ham ishonmagan edi, biroq, Djanet Yellen ishning birinchi oylaridayoq, ozining professional yaroqliligini koʻrsatdi. Aynan uning Federal rezerv sistemasini boshqaruvi AQSH iqtisodiyotini inqirozdan olib chiqishiga olib keldi: endilikda amerikaliklarning aksar qismi, Tramp emas, balki aynan Yellen, ularga haqiqiy Amerikan orzuni qaytarib berishiga chin dildan ishonmoqdalar.
Rim papasi Fransisk
Beshinchi oʻrin

Deyarli bir yarim milliard katoliklar "Xudoning Yerdagi noibi" ularga nima deyishiga quloq tutishga tayyordirlar. Hamda, Fransisk I oʻzining 79 yoshida, hukumronlikdan juda ham savodli ravisjda foydalanmoqda. Uning davrida Katolik cherkovining konservativ koʻrinishi zamonaviy jamiyat ancha muncha mos kela boshladi: iezuit papa jinsiy kamchiliklar guruhlarining muammolarini erkin muhokama qiladi, jahon siyosatini tushunadi, juda koʻp vaqtini qashshoqlarga yordam berish uchun sarflaydi - bu bilan albatta, oʻzining pastvasiga yorqin namuna boʻladi.
Si Szinpin
Xitay Xalq Respublikasi raisi
Toʻrtinchi oʻrin

Xitoy yetakchisi iqtisodiyoti yirikligi jihatdan jahondagi ikkinchi oʻrindagi mamlakatni bosharishga masʼuldir. Hamda, Si Szinpin masʼuliyatning butun yukini toʻla ravishda anglaydi. Yangi rais boshchiligi davrida Xitoy Xalq Respublikasi Sharq va Garbning etakchi mamlakatlari bilan oʻzaro munosabatlarni juda samarali qurmoqda.
Angela Merkel
Germaniya kansleri
Uchinchi oʻrin

Mana oʻn yildirki, Angela Merkel jahonning eng obroʻli ayoli boʻlib kelmoqda. Temir ayol boshqaruvi ostida Germaniya iqtisodiyoti jahon inqiroziga bardosh bera oldi, hamda, butun Evroppa Ittifoqi yaxlitligi ham koʻp jihatdan aynan, uning xizmati evazigadir.
Donald Tramp
AQSH Prezidenti
Ikkinchi oʻrin

AQSH ning qiriq beshonchi prezidenti boʻlib milliarder Donald Tramp saylandi, bu narsa uni jahonda nufuzi jihatidan ikkinchi odamga aylantirdi. Qiyoslasak, qisqa vaqt ichida Tramp AQSH Kongressining ikkiala palatasining qoʻllab quvvatlashiga erisha olishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, u haqiqatda ham, balandparvoz shior, Make America Great Again ni hayotga tadbiq qilmoqchi ekaniga ishontira oldi.
Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti
Birinchi oʻrin

Forbes jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dunyoning eng obroʻ va nufuzli odami deb toʻrtinchi marotaba nomlamoqda. Nufuzli nashryotning fikriga koʻra, rus yurtboshchisi, har qanday sharoitda va har qanday hududda, ketma ketlik bilan oʻz maqsadlariga etishadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



