Jangchi qullar – gladiatorlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Asta-sekinlik bilan bu odatlar oʻzgara bordi, oʻlimga hukm qilinganlar arenada jang qilib, ommani hursand qilishi kerak edi. Jangchilardan eng kuchlilariga oʻlim hukmi bekor qilinar, baʼzilari esa hatto ozod ham qilinar edi.

Dastlabki gladiatorlik janglari Rimda eramizdan 264 yil avval tashkil qilingan. Bu janglar ommani shunchalik junbushga keltirdiki, ular Rim solnomalariga kiritildi. Neron gladiatorlik turnirlarini oʻtkazishga ruhsat bergan birinchi imperator boʻldi. Bu turnirlarda hattoki ozod ayollar ham ishtirok etishlari mumkin edi. 66 yilda imperator tomonidan arman podshosi Tiridat sharafiga Puteola shahrida ilk bor gladiatorlik janglari oʻtkazildi. Bu janglar 400-yillargacha davom etdi, Rim imperiyasi xristianlikni qabul qilganidan keyin esa janglar taʼqiqlandi.

Odatda barcha gladiator jangchilari qullar edi. Quldorlar bunday gladiatorlik turnirlari uchun eng kuchli va baquvvatlarini tanlab olar edilar. Jangchi-qullarga tibbiy yordam koʻrsatilar, ularga mashqlar qildishar va yaxshi munosabatda boʻlishar edi. Gladiatorlik turnirlari oʻtkaziladigan kunlar rimliklar uchun haqiqiy bayram edi.

Turnirning birinchi bosqichida oʻlimga mahkum qilingan gladiatorlar sheʼr va arslonlar bilan olishishlari zarur edi. Agar ular yirtqichlarni yutib chiqsalar, ular oʻlimdan qutilib qolar edilar. Borduyu, jang vaqtida gladiator yaralanib, shafqat soʻrasa, omma uning yashash yoki yashamasligini hal qilar edi. Oʻlim hukmi uchun tomoshabinlar bosh barmoqlarini pastga qaratishar, afv qilishsa, oq roʻmolcha bilan ishora berar edilar. Shunisi qiziqki, imperator Kommod bunday janglarni xush koʻrar va oʻzi ham ularda ishtirok etar edi va tabiiyki, har hal gʻolib boʻlardi.

Gladiator-qulga ega boʻlish aristokratlar uchun sharaf edi. Hattoki buyuk Yuliy Sezarning ham gladiatorlari boʻlgan, biroq ular jang uchun emas, qoʻriqlash va himoya uchun xizmat qilganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



