Avto

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Ish uchun sizga kerak boʻladi:

Jun matosi;

Toʻgʻnogʻich; 

Igna va ip;

Suniy charmdan parcha-burun teshigi uchun;

Ikkita qora munchoq;

Sintifon

Ayiqchaning formasini chop ettiring yoki boʻlmasa kerakli hajmda chizib soʻngra kesib oling. Jundan burun uchun 2 dona, qoʻllari uchun 4 dona shakl kesib oling. Oq jundan, koʻzlar uchun doiralarni qirqing, sunʼiy charmdan – burun kesing.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli
Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Koʻzlarni ayiqcha tanasiga qoʻyib toʻgʻnogʻich yordamida birlashtiring. Soʻngra tikuv mashinasi yoki boʻlmasa qoʻlda tikib qoʻying.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Panja uchun kesilgan shaklchalarni juft qilib birlashtirib chetlarini kontur boʻylab tikib chiqing. Faqatgina pastki qismi ochiq qolsin. Soʻngra oʻgiring.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Tana qismini yuza tomonini ichkariga toʻgʻirlab  birlashtiring. Shu jarayonda ayiqchaning qoʻllarini ham joylashtirib oling. 

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Oʻyinchoqni chetidan 0,5 sm qoʻldirib tikib qoʻying, pastidan boʻlsa oʻgʻirish uchun teshik joy qoldiring. Ayiqchani old tomoniga ogʻiring.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Ayiqchaning ichini sintefon bilan toʻldiring va teshik joyini koʻrinmas qilib tikib qoʻying.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Kichkina yoqimtoy ayiqchamiz deyarli tayyor holatga keldi. Uni  yakunlash uchun esa qora ipdan ogʻiz tikib chiqing.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Endi esa katta burun yasashni boshlashingiz mumkin. Charmdan kesilgan doira boʻylab igna va ip yordamida tikib chiqing . Ipni torting. Burun dumaloq shaklda yegʻilganini koʻrasiz.

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Burunni tikib qoʻying va koʻzga esa qora munchoqdan qorachiqni joylashtiring. 

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Bizning yoqimtoy ayiqchamiz tayyor. 

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli
Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar