Foydali

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

U umrining oxirgi yillarida oʻzidan anchagina yosh boʻlgan insonga turmushga chiqdi va bu orqali jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilindi, yoshroq koʻrinish maqsadidagi urinishlari esa aks taʼsir berishni boshladi. 

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

Ispan gertsoginyasi yoshlik vaqtlarida shunchalar chiroyli va jozibali boʻlganki, oshiqlari son-sanoqsiz edi. Ammo, yoshi ulgʻaya boshlagach, qarilikdan juda qattiq qoʻrqqancha tashqi koʻrinishi oʻzgartirish jarayonini boshladi. Bu borada unga pul ham yordam bera olmadi, sababi gertsoginya Alba insoniyat tarixidagi eng badavlat ayollardan biri sanalardi.

Kaetana Alba 1926 yilda dunyoga kelgan. U oqsuyaklar nufuzi va unvonlar soni boʻyicha Angliya qirolichasidan ham ustunroq boʻlib, zodagonlar qoidalariga koʻra qirolicha uning qarshisida taʼzim qilishi kerak boʻlardi. Bundan tashqari, uning boyligi 3,5 milliard yevroni tashkil qilgan.

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

Oʻz vaqtida gertsoginya koʻplab yigitlarning orzusi edi. Ammo, u ajdodlarining koʻp asrlik anʼanalariga qarshi chiqqan holatda oʻziga teng nufuzga ega boʻlgan insonga emas, sevgan odamiga turmushga chiqdi. Badavlat gertsoginya butun umri davomida uch marta oila qurgan.

Birinchi marta gertsog Sotomayorning rafiqasiga aylandi, bu zodagonlar anʼanalariga mos tanlov edi, albatta. Ushbu juftlik turmush qurganlaridan keyin yanada nufuzli boʻlib ketdilar. Kaetana oʻz erini juda qattiq sevgan va unga 6 nafar farzand hadya qilgan. Ammo erkak 48 yoshlik vaqtlarida olamdan oʻtdi. 

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

Erining oʻlimidan 5 yil oʻtgach, gertsoginya sobiq ruhoniy bilan oila qurishga qaror qildi. Bu esa uning qarindoshlari va oqsuyaklar orasidagi keskin tanqidlarga sabab boʻldi. Ammo, sevgidan koʻzlari koʻr boʻlgan ayol bu gaplarga eʼtibor qaratmadi. Uning ikkinchi eri ham erta vafot etdi. Gertsoginya 85 yoshga kirgan vaqtlari uchinchi marta Alfonso Diyes bilan oila qurdi, odamlar ayolni aqldan ozganlikda, erini esa xotininig boyligiga koʻz tikib turganlikda aybladilar.

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri

Ayol barcha gap-soʻzlarga qarshi butun boyligini farzandlariga boʻlib berdi va oʻziga faqatgina bitta uyni qoldirdi holos. Toʻydan uch yil vaqt oʻtib esa vafot etdi. 

Oqsuyak ayol umrining oxirgi yillarida oʻzini dahshatli koʻrinishga keltirib qoʻydi. Gap shundaki, u oʻzidan anchagina yoshroq boʻlgan eriga mos koʻrinshini istar va buning uchun koʻp bora jarrohlik tigʻi ostida yotgandi.

U burun sohasini koʻp bora oʻzgartirdi, lablarini kattalashtirib yubordi, yuz terisini taranglashtirdi. Oqibatda yuzning tabiiy proportsiyalari ham butunlay yoʻqoldi.

Bir zamonlar bu ayolning qanchalar goʻzal boʻlganini tasavvur qilishning oʻzi mushkul. Plastik jarrohliklar hamisha ham insonga foyda keltirmasligini tushunish uchun shuning oʻzi yetarli, bizningcha...

Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
Kaetana Alba: Oʻz husniga changal solgan badavlat gertsoginya taqdiri
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar