Qiziqarli

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Odam salomatligi va kaftdagi chiziqlar bogʻliqligini oʻrganadigan olimlar ushbu qadimiy sanʼatni dermotoglifika (qoʻldagi rasmlar haqidagi fan) deb nomlashdi.Ularning tadqiqotlari olamshumul kashfiyot boʻldi. Unga koʻra sogʻliq, aqliy salohiyat va feʼl-atvor ona qornidayoq har bir odamning kaft chiziqlarida muhrlangan boʻlar ekan. Homila uch oylik boʻlganida undagi asab tizimi bilan birga kaftidagi chiziqlari ham shakllanarkan. Shu bois homila rivojlanishidagi barcha nonormal holatlar shu ondayoq uning terisida iz qoldiradi. Baʼzi skeptiklarning fikriga qaramasdan, bu chiziqlarni jismoniy mehnat natijasida paydo boʻlgan oddiy burma deb oʻylash notoʻgʻri. Axir ular odam hali harakatlanishni-da oʻrganmagan paytda bitilgan boʻladi-ku. Olimlar aytganidek,chaqaloq yorugʻ dunyo yuzini koʻrishi bilanoq uning kuchli jismoniy va ruhiy xastaliklarga moyilligini bilish mumkin ekan. 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Xoʻsh, kaftimizdagi jimjimador chiziqlardan biz nimalarni koʻrishimiz mumkin? Esingizda boʻlsin, salomatliginigiz haqida toʻliq bilmoqchi boʻlsangiz ikala qoʻlingizga ham qarashingiz kerak.

Chap qoʻl- ota-onamizdan qabul qilgan nasliy faktorlarni koʻrsatadi. Oʻng qoʻl esa butun umr davomida orttirganlarimizdan darak beradi (chapaqaylarniki aksincha boʻladi). 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Hayot chizigʻi odamning qancha umr kechirishini emas, balki qanday yashayotgani, u qay darajada kuchli, gʻayratli va hayot zarbalariga chidamli ekanligini bildiradi.

•             Chiziqning qisqa va bilinar-bilinmasligi oʻsha odamning nimjon va tortinchoqligidan darak beradi.

•             Agar chiziq zanjirni eslatsa, yaʼni uzilib-uzilib, mayda-mayda boʻlakchalardan iborat boʻlsa u holda bu qandaydir kasallikni bildiradi.

•             Kaftdagi uzun, toʻgʻri, aniq va chuqur chiziq odamning bardoshli va gʻayratli ekanligini anglatadi.

•             Agar chiziq bosh barmoqqa yaqin boʻlib, uni  “quchib” turgan boʻlsa, bundaylar vaqti-vaqti bilan quvvatsizlikdan shikoyat qilib, dam olishga ehtiyoj sezadilar. Ular oʻz salomatligiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozim. 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

•             Chiziq umrning birinchi yarmida umuman koʻrinmasa, keyin aniq va chuqurroq koʻrinishda paydo boʻladi. Bu esasizning hayot sinovlariga toʻla bardosh bera olishingizni bildiradi.

•             Olma pish ogʻzimga tush, deb umuman harakat qilmaydigan, hayotda maqsadi yoʻq odamlarda bu chiziq umuman boʻlmaydi.

•             Notekis, uzilib-uzilib turgan taqdir chizigʻi oshqozon bilan bogʻliq muammo borligidan ogoh etadi.

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Tafakkur chizigʻi intellekt ramzidir. Unga qarab bemalol markaziy asab tizimi holati, fikrlash, aql-idrokka baho berish mumkin.

•             Agar chap qoʻldagiga nisbatan oʻng qoʻlda chiziq aniq bqlsa, demak bunday odam tabiat unga ato qilgan inʼomdan toʻla foydalanadi. Aksincha boʻlsa, bunday odamlar hali oʻzlarini toʻla kashf eta olmaganlar, oʻz qobiliyati haqida bilmaydilar.

•             Chiziq qanchalik uzun va chuqur boʻlsa, bunday odamlar juda keng tafakkur sohibidir.

•             Tafakkur chizigʻini kesib oʻtuvchi mayda perpendikulyar chiziqlar, tez-tez bosh ogʻrishidan darak beradi.  

 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Yurak chizigʻi odamning tabiatini oshkor etadi. Uning samimiy va emotsionalliligini koʻrsatadi. Bu chiziq ham hayot davomida oʻzgarishi mumkin. Agar chiziq aniq, chuqur va toʻgʻri boʻlsa, bunday odamlar baxtli, his-hayajonga beriluvchan, harqanday holatda ham hayotdan zavq olib yashaydigan, shu bilan birga sogʻlom, yuragi baquvvat boʻladi. 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

Kaftingizdagi chiziqlar rangi, ularni toʻgʻri notoʻgʻriligi ham muhim ahamiyatga ega. Yaʼni bularning hammasi sizning feʼl-atvoringiz va sogʻligʻingiz bilan uzviy bogʻliq.

•             Rangpar, boʻlingan va toʻlqinsimon chiziqlar organizm nimjonligi, gʻayrat va qatʼiylik yetishmasligidan darak beradi.

•            Qizil chiziqlar ruh sogʻlomligini, mizojning faolligini bildiradi.

•             Boʻlingan chiziqlar kasallikni bildiradi. Zudlik bilan shifokor koʻrigiga borish talab etiladi. 

Kaftga qarab taqdirni aniqlash mumkinmi?

•             Hayot davomida kutiladigan hodisalar chizigʻilari chap qoʻlda voqea sodir boʻlgandan keyin paydo boʻlsa, oʻng qoʻlda sodir boʻlishdan ancha yillar oldin oʻqish mumkin.

•             Agar ikala qoʻl chiziqlari orasidagi farqlar u qadar katta boʻlmasa, demak odam hayoti davomida deyarli oʻzgarmagan.   

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar