Qiziqarli

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Oʻzining kassirlar va navbatlarsiz ekanligi bilan eʼtiborga tushgan mazkur doʻkon nihoyat Amazon kompaniyasi tomonidan ochildi va bu kompaniyaning mazkur yoʻldagi dadil hamda shaxdam qadami boʻldi.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Ikki yil avval Amazon kompaniyasi istiqbolda savdo tizimlari kassa apparatlari va sotuvchilarning xizmatlaridan holi boʻlgan yangi namunasi – Amazon Go texnologiyasini taqdim etgan edi. Shu paytda Sietlda kompaniya oʻzining birinchi avtomatlashgan doʻkonini ochgan edi. Shunday boʻlsa ham, bu doʻkonni “ochilgan” emas, “yaratilgan” deya atasak toʻgʻriroq boʻladi, chunki uning qanchalar muvaffaqiyatli va ajoyib ekanligini baholash imkoniyati kompaniya hodimlarining oʻzlaridan tashqari hech kimga berilmadi.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Biroq, 2017 yilning 22 yanvaridan buyon sotuvchilar va kassalarsiz ishlaydigan qiziqarli doʻkonga xohlagan kishi bemalol tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida kompaniyaning Twitterdagi rasmiy sahifasida savdo tizimining vakillari tomonidan bir kun oldin bayonot berildi. Kompaniya mijozi boʻlib qolish juda oson. Doʻkondan amaldagi mijozlarning har biri bemalol foydalanishlari mumkin.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Yuqori texnologiyaga ega boʻlgan savdo shahobchasining xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyuruvchilar oʻz mobil aloqa vositalarida AmazonGo deb ataladigan maxsus dasturni ishga tushirishlari kerak. Bundan keyin tashrif buyuruvchi inson kiraverishdagi turniketda joylashgan QR-identifikatorni skanerdan oʻtkazadi. Shundan soʻng mijoz bemalol savdo zaliga kirib oʻziga kerak istalgan mahsulotni peshtaxtadan olib ketaveradi.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

“Xarid qilish” jarayoni kuzatuv kameralari tomonidan nazorat qilinishi yoʻlga qoʻyilgan. Kameralar oʻzlarining “oʻtkir koʻz”lari bilan mahsulotlarni aniqlab, xaridorning virtual savatchasiga qoʻshib qoʻyadilar.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi

Shunda agar mijoz mahsulotni qaytadan peshtaxtaga qoʻyib qoʻysa, kamera u harid qilingan buyumlar roʻyxatidan oʻchirib tashlanadi. Barcha kerakli narsalar tanlab olinganidan soʻng mijoz bemalol doʻkondan chiqib ketishi mumkin. Xarid qilingan mahsulotlar uchun hisob uning mobil telefoniga yuboriladi.

Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
Kassa, sotuvchi va yordamchilarsiz ishlaydigan ilk doʻkon ochildi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar