Kelajak allaqachon yetib kelganini isbotlovchi jamiyat foydalanishi uchun 14 ta ixtiro

Har yil koʻpdan koʻp ajoyib texnologiyalar va ishi hamda funksiyalari oʻsha texnologiyalarning oʻzi asosida ishlaydigan undan ham koʻp ajoyib qurilmalar paydo boʻlmoqda. Bugun esa oʻzining mavjudligi bilan kelajak allaqachon kirib kelganini isbotlovchi eng ajoyib namunalar haqida gap ketadi!

Jamiyat foydalanishi uchun kelajak texnologiyalari.
1. Parfyumli avtomat

Parfyumerli apparat kichik pulga, maxsus doʻkonga bormasdan, sizga sevimli atiringizni sepishingizga yoki yangi hidni sinab koʻrishingizga imkon yaratadi.
2. Soyabonlarni oʻrash

Soyabonlarni o'rash uchun apparat.
Ushbu soyabonlarni oʻraydigan apparat sizga jamoat transportida yoki boshqa xohishiy joylarda vujudga keladigan noqulayliklarni unutishga imkon beradi. Shunchaki soyabonni konteyner ichiga soling va bir daqiqadan soʻng u sizga uni xotirjam sumkaga qoʻyishga imkon beradigan holatda konteyner ichidan chiqadi.
3. Skaner

Tovarlarni skanerlash uchun apparat.
Xaridlarning umumiy miqdorini hisoblash va oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatish kassalarida tezgina pulini topshirishga imkon beruvchi, tovarlarni skanerlash apparati – megapolislarning doimo band va shoshayotgan aholisi uchun ajoyib ixtiro.
4. Elektron narx yorligʻi

Doʻkonlardagi electron narx yorligʻlari.
Oʻrmonlarni himoya qiladigan va zamon bilan hamqadam yuradigan, doʻkonlardagi electron narx yorligʻlari.
5. Kitob stendi

Kitoblarni yuklab olish uchun shtrixkodli stend.
Kitobni mutlaqo bepul yuklab olishga imkon beradigan va yoʻlda zerikib qolishga bermaydigan shtrixkodli stend.
6. Quyosh panelli oʻrindiqlar

Gadjetlarni zaryadlash uchun oʻrindiqlar.
Nafaqat oʻtirish uchun, balki gadjetni kerakli paytda zaryadlash uchun qurilgan maxsus quyosh panelli oʻrindiqlar.
7. Buketli avtomat

Gul xarid qilish uchun shoshilib gul doʻkoniga borishdan qutqaruvchi va band erkaklar uchun haqiqiy naʼmat boʻladigan buketli savdo avtomati.
8. Elektron qulf

Faqatgina muassasaga tashrif buyuruvchilar ishlatsa boʻladigan elektron qulfli tualet.
9. Transport harakatining roʻyxati

Avtobuslar roʻyxati bor electron tablo.
U yoki bu avtobusning taxminiy yetib kelish vaqtini koʻrsatuvchi elektron tablo.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



