Kelajak kirib kelganini isbotlovchi 7 ta narsa


Endi qoʻllar yordamida uzunlikni aniq koʻrsatish mumkin! Bu uskuna soniya ichida, masalan, sizning stolingiz qalinligini yoki yotoqxonangizdagi derazaning eniga uzunligini oʻlchab beradi.

goTenagadjeti xabarlarni internetga ulanmasdan turib xuddi shu kabi uskunalarga yuboradi. Bu uskuna sayohatchilar uchun juda foydali, ayniqsa, internet ishlamaydigan muhitga tushib qolgan sayohatchilar uchun.

Har birrassom orzusi – xohlagan rang bilan yozadigan ruchka. U tekkan predmet rangidan nusxa olib, keyin uni qayta takrorlashi mumkin.

No MoreWoof – itlarga odamlar bilan suhbatlashishga yodam beradigan kashfiyot. U yordamida sizning toʻrt oyoqli doʻstingiz “Men och qoldim” yoki “Sayr qilgim kelyapti” deb aytishi mumkin.

Biotexnologlar qorongʻulikda yonuvchan oʻsimlikni kashf qilishdi. Lyumineslanadigan bakteriyali genlar toʻplamidan foydalanib, olimlar guruhi tamakini batareyka va quyoshsiz yonib turishiga majbur qilishdi.

ZUtA Labs Isroil kompaniyasi mini-printer ishlab chiqishdi, va u siz shahardan tashqarida boʻlsangiz ham kerakli hujjatni chiqara oladi. Faqat uni boshqarish uchun smartfon kerak boʻladi.

FingerReader uzugi skanerlashni, baland oʻqishni va tarjima qilishni biladi. Uskuna ataylab, koʻrish qobiliyati bilan muammolari bor odamlar uchun moʻljallangan: oʻqish uchun barmoq bilan oʻsha soʻzni koʻrsatish yetarli. Oʻquvchi insonmatndan uzoqlashsa, uzuk tebranishni boshlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



