Texnologiya

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

“Ooho!” nomli bu pufakchalar kichik portsiyali ichimlik suvidan iborat boʻlib, u dengiz oʻtlaridan qilingan ekstraktli qoplam ichiga kiritilgan. Chirishi uchun yuzlab yillar ketadigan plastik shishaga qaraganda, ovqatga ishlatilmagan pufakcha atigi 4-6 haftada qayta ishlanadi. Hatto atrof-muhitga salbiy oqibatlarni keltirmaydi, axir unda natural boʻlmagan tarkibiy qismlar mavjud emas.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Ushbu yangi, yumshoq, qop-qora tun rangli muzqaymoq barcha shirinlik yaxshi koʻruvchilarni qora kuchlar tomoniga oʻtkazib oladi. Ekzotik taʼm va ekstravagant tuzilishi bilan muzqaymoq allaqachon minglab blogerlar, instagramchilar va shunchaki gurmanlar qalblarini zabt etib olgan. Hammasi Los-Andjelesdagi doʻkondan boshlandi.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Agar siz kofesiz hayotingizni tasavvur qila olmasangiz, ammo tish toshlaridan qutulmoqchi boʻlsangiz, bizda siz uchun yaxshi yangilik bor. Londonda zamonaviy texnologiyalar yordamida kofe donlarining oliy navlaridan foydalangan holda tayyorlangan rangsiz kofeni ishlab chiqarishdi. Kofeining taʼmi va kuchi oʻsha, ammo tish emali uchun minimal oqibatli. Qiziq, nega buni oldinroq hech kim oʻylab topmagan?

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Taʼmi, hidi va tuzilishi bilan “Beyond Meat” nomli ushbu burgerlar uchun kotletlar100% sabzavotlardan tuzilgan boʻlishiga qaramasdan, haqiqiy goʻshtli kotletlardan hech ham qolishmaydi. Kotletlar haqiqiy xitga aylandi, axir tayyorlash paytida ulardan “qon sharbati” hamchiqadi (aslida bu lavlagi sharbati). Mahsulot tarkibida kunlik protein meʼyori bor va ham vegetarianlar, ham goʻsht yeydiganlarga yoqishi aniq.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

 “Poke” – yaqindagina Gavaya orollaridan kirib kelgan taom. Bu mazali taom tarkibiga xom baliq, sabzavot vamevalar kiradi, va buning hammasi kichik idishda yoki yeyiladigan roll sifatida taqdim etiladi. Shu kabi antiqa katta sushi hosil boʻladi: toza, foydali va tayyorlanishi uchun koʻp vaqt talab qilmaydigan sushi. “Poke” ni allaqachon Kaliforniyada va Nyu-York restoranida sotuvga chiqarilgan. 

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Binafsha rang nonni Singapur Milliy Universiteti olimlari kashf etishgan. Zararli oq nondan oʻlaroq, binafsha rang non 20% sekinroq hazm boʻladi, chunki uning tarkibida qora guruchdan olingan antioksidantlarning katta miqdori bor. Aynan oʻsha nonga bu rangni beradi. Ushbu mahsulot savdoga hali chiqarilmagan va hozirgi vaqtda ishlab chiqarilish bosqichida.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Hayvonlarga boʻlgan munosabatning baʼzi axloqiy muammolariga qaramasdan, koʻpgina odamlar goʻshtsiz yashay olmaydi. Balki, yaqin kelajakda bu muammo sigir va buqalarning mushak tolalarini sunʼiy ravishda oʻstirish orqali hal etilsa kerak. 2013 yilda birinchi yuqori texnologiyali burger tayyorlandi va u xaridorlarga 325 ming dollarga tushardi. Hozirda olimlarsunʼiy goʻsht narxini pasaytirish ustida ish olib bormoqdalar, va yaqinda kelishilgan narx qoʻyishga umidlari bor.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

 “Soylent” tashkiloti shiori: “Sizni yaxshi koʻradigan taom”. Siz ninimani va qayerda yeyishni tanlash, kaloriyalarni sanash va dietani yana buzibqoʻyish kabi muammolar haqida oʻylashdan ozod etadi. Ushbu futuristik ichimliklar va batonchalar tarkibida allaqachon organizmimizga kerakli oziqlantiruvchi moddalar bor. Doimo band, ammo toʻgʻri ovqatlanishni xohlovchilaruchun yaxshi taklif. Balkim, keragidan ortiq toʻgʻri taklif.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Zamonaviy atrof-muhitda uyqusizlik muammosi jiddiy muammolardan biridir. Aynan shu sababdan, tashkilotlar tinch va chuqur uyqu keltiruvchi ichimliklarni ishlab chiqishni boshlashdi. Shunday qilib, “Sleep Protein” tashkiloti tarkibida 8 gr oʻsimlik proteini va organizm uchun yana bir qancha foydali moddalardan iborat proteinli kukun ishlab chiqarmoqda. Bu kukunni suv bilan aralashtirganda hosil boʻladigan ichimlik tinchlanishga, orom olishga va uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi.  

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot

Raklet (“Raclette”) – budunyoning koʻpgina mamlakatlarida tez tanilayorgan shveytsar taomidir. U eritilgan yogʻli pishloqdan qilinadi, va bu pishloq toʻgʻridan-toʻgʻi sabzavot, goʻsht va boshqa mahsulotli tovoqchaga solinadi. Bu xuddi fondyuga oʻxshab ketadi, ammo bu holatda ovqatni pishloqqa emas, pishloqni ovqat ustiga quyiladi. Nyu-Yorkda bu taom haqiqiy xitga aylanib qoldi.

Kelajakdan kirib kelgan 10 ta mahsulot
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar