Kemalar qabristoni – Orol dengizidagi dahshatli manzara

Naqadar mehr va muxabbat bilan yaratilgan tasviriy sanʼat asarlari! Ha, bu suratlarda aynan Orol dengizining manzaralari aks ettirilgan.


1960-yillarga qadar Orol dengizi yer sayyorasidagi kattaligi jihatidan toʻrtinchi koʻl boʻlib kelgan. Uning suvlarida baliq juda koʻp edi, qirgʻoqlarida portlar va zavodlar ishlab turgan, odamlar ish bilan taʼminlangan, yon atrofdagi shaharlarda esa hayot qaynagan. Keyin hammasi oʻzgarib ketdi. Salbiy oqibatlar avj ola boshladi. Dengiz qurish pallasiga kelib qoldi. Moʻynoqda odamlar dengizni avvalgi holatga qaytishidan juda umidvor edilar.
Turli kanallar qazilganiga qaramas, suv quriy boshladi. Oxir oqibatda koʻzlaridan yosh toʻkib yigʻladilar, dengizdan “Iltimos, bizni tashlab ketma” deya iltijo qildilar. Ammo, bularning barchasi behuda edi. Ayrimlarning aytishlaricha, dengiz bir kechaning oʻzida 200 metrga qurib ketgan paytlar ham boʻlgan. Ertalab uygʻonganda odamlar oʻzining shahrini tanimay qolgan ekanlar. Bugungi kundagi oʻsha shahar - sobiq Moʻynoq portidir.
Portda faqat dengizning avvalgi hayotini eslatib turuvchi eski qoldiqlar qolgan holos.

Butun kuzatuv davrida (1850—1960 yillar) Orol dengizi sathining oʻzgarishi 3 metrdan ortmagan va bu ham faqatgina tabiiy sabablarga koʻra roʻy bergan, yaʼni 1960 yilga qadar Orol dengizining holati yetarli darajada barqaror boʻlib kelgan.

Keyin esa hammamizga maʼlum halokatning boshlanishi yuz berdi. Sobiq Sovet ittifoqiga paxta kerak edi. Paxtakorlik jabhasida “zarbdor front”lar tashkil etilib, Sovet ittifoqining markazidan turib amr qilingan, yiliga 6 000 000 tonna paxta yetishtirish rejasini oqlash yoʻlida “sotsialistik musobaqa” deb nomlangan va kim oʻzarga boʻlgan hududlararo beʼmani poyga avj olgan.

Sirdaryoning suv zahiralarini kanallarga nazoratsiz yoʻnaltirilgan holda boʻlib tashlanib, suv daryolarning etagiga yetib bora olmay qolgan. Pirovardida dengiz sayozlasha boshladi.

Bu borada boshqa bir qiziq tahmin ham bor. Olimlarning tahminlaricha, dengiz oxirgi 10 000 yil ichida oʻz sarhadlarini kamida 9 marta oʻzgartirgan emish. Tekshirilmagan farazlarga koʻra suv goʻyo Kaspiy dengiziga quyilgan. Xullas, Orol dengizi shu tariqa qayta toʻlgan. Bugungi kunda deyarli qurib bitgan suv havzasining tubida shunday oʻzgarishlarning guvohliklari topilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, dengizning hozirgi sayozlashuvi – navbatdagi bosqich, paxta kanallari esa bu jarayonni ancha tezlashtirib yubordi, shuning uchun ham, Orol dengizining qurib qolishida toʻligʻicha faqat odamlargina aybdor emas, degan hulosa ham qilish mumkin. Balki, hali dengiz yana qaytib kelishini kutish ham lozimdir? Nima boʻlganda ham bir narsa aniq: bu narsa sodir boʻlgan davrlarda uning guvohiga aylana olmaymiz.

1980-yillarning oxirida dengiz ikki qismga boʻlinib ketdi. Sobiq shimoliy qismini Kichik dengiz (Qozogʻiston) deb, janubiy qismini Katta dengiz (Oʻzbekiston) deb atay boshladilar.
Sal keyinroq Katta dengiz Gʻarbiy va Sharqiy qismga boʻlina boshladi, Sovet Ittifoqining bakteriologik qurolini sinash boʻyicha poligon sifatida xizmat qilgan Vozrojdenie oroli esa dastlab yarim orol boʻlib qoldi, keyinchalik esa umuman quruqlikka aylanib qoldi.

Bu esa NASA (AQSHning Milliy Astronavtika va Koinot Asotsiatsiyasi) surati. 2006 yil. Bu paytga qadar sobiq hajmning 85 % yoʻqolib boʻlgan edi.

Sobiq baland qirgʻoqda Orol dengiziga yodgorlik oʻrnatilgan. Sana doimo oʻzgartiriladi, ammo Orol dengizining chizgilari allaqachon kichrayib ketgan.

1960-yillardagi ufqqacha boʻlgan butun quruqlik dengizning tubi boʻlgan. Uzoqlikda, ufqda koʻrinib turgan tasvirni dastlab suvga oʻxshatish mumkin, ammo aslida bu suv emas, tuzdir.

Kemalar juda ham koʻp edi. Ularning koʻpchiligini metallolomga topshirish uchun arralab, tashib ketib qolingan. Xoʻjasizlik xukm surgan joydan yana nimani kutsa boʻladi, axir. Aytishlaricha, qolgan kemalar yodgorlik sifatida saqlanib qolar emish. Biroq, xaqiqatdan ham saqlanib qolishi uchun ular qoʻriqlanmaydi. Nima boʻlganda ham barchasini vaqt koʻrsatadi.

Tasvirlarga boqqanda bu erlarda yuqori qirgʻoqdan pastga tushib, sobiq suv qirgʻogʻining yonida bu yerdan qachonlardir dengiz boshlanib, toʻlqinlarning shovqini, dengiz chayqalishlarining xayqirigʻi, ajoyib qumli tubga ega boʻlgan dengiz plyaji boʻlganligiga bugungi kuda ishonish juda qiyin.

Goʻzallik goʻyo odamlardan arazlaganday juda tezlik bilan orolni tark etib ketardi. Xatto 1990-yillarning oʻrtalarida ham dengiz Moʻynoqdan tahminan 45 kilometr uzoqlikda boʻlgan. 2000-yillarning boshida esa allaqachon 100 kilometrdan koʻproq masofaga uzoqlashgan edi.

Endi bu yerdan suvgacha kamida 180 km masofa bor.

Shoʻrlikning keskin oshib ketishi tufayli Katta dengizdagi butun oʻsimlik va hayvonot dunyosi nobud boʻldi. Suv havzasi ovchilik ahamiyatini allaqachon yoʻqotib boʻlgan.

Olimlarning tahminlaricha Katta dengiz 2020-yilga qadar toʻliq yoʻqolib ketadi. Bu tahmin amalga oshmay qolish ehtimoli deyarli yoʻq, desa ham boʻladi. Agar shunday boʻlsa, atigi yarim asr narida dunyoning toʻrtinchi koʻlidan faqatgina Qozogʻiston hududidagi sobiq shimoliy qismi - “Kichik dengiz” deb nomlangan kichik bir hovuz qoladi, xolos.

Orol dengizining sobiq portlari: Aralsk (Qozogʻiston), Moʻynoq (Oʻzbekiston), Qazaqdaryo (Oʻzbekiston) boʻlgan.

Orol dengizining sobiq orollari: Vozrojdenie oroli, Borsakelmas, Koʻkorolni tashkil qilgan.

Orol dengizi fojeasi nafaqat Markaziy Osiyo aholisini, butun dunyo odamlarini ham befarq qoldirayotgani yoʻq. Bu mavzu 1978 yilda oʻzbek yozuvchisi Jonrid Abdullaxonovning “Borsa-Kelmas” asarida, 1987 yilda Rossiyalik kino rejissyori Aleksandr Sidelnikov “Lennauchfilm” kinostudisyasida tasvirga tushirgan “Kompyuter oʻyinlari” hujjatli filmida, 1988 yilda rejissyor Rashid Nugmanov “Kazax-film kinostudiyasida suratga olgan “Igna” filmida yoritilgan.
Shuningdek 1989 yilda rejissyor Dmitriy Svetozarov “Panorama” studiyasida suratga olgan “Itlar” badiiy filmida, 2013 yilda Baxtiyor Xudoynazarov tomonidan suratga olingan “Dengizni kutib” badiiy filmida, Katerina Suvorova tomonidan 2016 yilda Orol dengizining sobiq qirgʻoqlarida yashovchi zamondoshlarimizning toʻrt nafar hayot taрihiga asoslanib suratga olgan va “Ertaga dengiz” deb nomlagan hujjatli filmlarda koʻrsatiladi.
2014 yilda Buyuk Britaniyaning butun dunyoga mashhur “Pink Floyd” rok gruppasi oʻzining “Louder Than Words” (Soʻzlardan balandroq tovushda) qoʻshigʻi asosida suratga olingan klipi Orol dengizining sobiq qirgʻoqlarida tasvirga tushirilgan. Ushbu klipda Moʻynoq aholisining xaqiqiy vakillari suratga tushganlar.

Klipda bir moʻysafid nabiralariga Orol dengizi toʻgʻrisida iliq xotiralarini gapirib berayotib, ularga qogʻozdan kemachalar yasab bergani, shu payt birdan maʼyus oʻyga choʻmgani, ammo, xatto yigʻlashga koʻzining yoshi ham qolmagani, dengizni hech qachon koʻrmagan bolakaylar esa kemalar qabristonida oʻzlarini kapitan, matros yoki baliqchi deya tasavvur qilib oʻynab yurganlari, qogʻozlardan yasalgan baliqchalarni “ovlaganlari” suratga olingan.
Videoklip 13 kishidan iborat oila baland qirgʻoqda ularni tashlab ketgan Orol dengizining iziga maʼyuslik bilan tikilib turgan kadr bilan yakunlanadi. Ushbu klipni tomosha qilgan dunyodagi millionlab tomoshabinlar Orol dengizining achinarli taqdiriga rahmi kelgancha koʻz yoshlarini yashira olmaganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



