Qiziqarli

Keniya haqida qiziqarli faktlar

Keniya haqida qiziqarli faktlar

 

1.     Sharqiy Afrikadagi eng katta хalqaro aeroport Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

2.     Keniyaning eng yuqori nuqtasi shu nomdagi choʻqqi boʻlib, uning balandligi 5000 metrga teng va  hashamatli milliy bogʻ bilan oʻralgan. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

3.     Keniyada fasllar bizga maʼlum boʻlgani kabi toʻrtta emas, ikkita: Bularning biri yomgʻirli, ikkinchisi esa quruq mavsumlardir. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

4.     Mamlakat hududida juda katta miqdordagi tuyaqushlar istiqomat qiladi. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

5.     Keniyaliklarning davlat tili ham ikkita. Bu ingliz va suaxili tillari hisoblanadi. Mahalliy aholining 90%i suaxili tilida muloqot qiladi. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

6.     Mamlakatdagi togʻ choʻqqilari va ayrim pana burchaklarda qor yil boʻyi erimay turadi. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

7.     Keniya milliy oshxonasi oʻzida Afrika, Hindiston va Yevropa taomlarining tayyorlanish usullarini birlashtirgan. Bu yerga tashrif buyurgan paytda baobab daraxtining mevalaridan tayyorlanadigan achchiq taʼmli konfetlarni tatib koʻrishingiz mumkin.

Keniya haqida qiziqarli faktlar

8.     Keniyada eski avtomobil shinalaridan tayyorlanadigan qoʻlbola sandallar moda olami ishqibozlari uchun asl trend hisoblanadi. Bundan tashqari u odamlar orasidagi eng ommabop suvenir hamdir.

Keniya haqida qiziqarli faktlar

9.     Eng qizigʻi, Keniyada ulagan yigitlar bir muddat ayollar kiyimini kiyib yurishga majbur boʻlar ekanlar. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

10.   Bu yerlik mahalliy aholi vakillari suratga tushishni yomon koʻrishadi, shu sababli ham ulardan ruxsat soʻramay turib suratkashlik mahoratingizni qoʻllashga shoshilmang. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

11.   Soʻnggi arxeologik maʼlumotlarga koʻra, insoniyat sivilizatsiyasi aynan shu yerda paydo boʻlgan. Aytishlaricha, ilk odamlar aynan Keniyada hududida bundan 3 million yil ilgari yashab oʻtgan ekanlar.

Keniya haqida qiziqarli faktlar

12.   Mamlakat odamlari yetmishdan ortiq tillarda muloqot qilishadi. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

13.   Keniyaliklar orasidagi ishsizlik koʻrsatkichlari 1/3 ni tashkil qiladi. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

14.   Oʻlkada 59 ta qoʻriqxona va milliy bogʻlar joylashgan. 

Keniya haqida qiziqarli faktlar

15.   "Qirol Sher" multfilmidagi mashhur "Akuna matata" iborasi suaxili tilidan olingan.

Keniya haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar