Qiziqarli

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Arxeologlarning taʼkidlashlaricha, Kiprda birinchi odamlar taxminan 10 ming yil avval yashaganlar.

Kipr orolining aholisi sayyoradagi eng mashhur va eng boy odamlar, deb hisoblanishgan. Oʻsha paytlarda Kipr misga boy konlari bilan mashhur edi. Metall juda koʻp miqdorda qazib olinar edi, soʻng uni turli mamlakatlarga joʻnatishgan.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Nikosiya shahri Kiprning poytaxti hisoblanadi. Bu orolning eng qadimiy sanoat va tijorat markazi. Aynan Nikosiya orqali “Yashil chiziq” oʻtadi, shu yoʻl bilan mamlakat turk va yunon qismlariga boʻlinadi.

Kipr hududi taxminan 9250 kvadrat kilometr maydonga ega.  

Mashhur yunon maʼbudasi Afrodita aynan Kiprda tugʻilgan, degan afsona bor.

Mamlakat hududining 2 foizi Buyuk Britaniyaga tegishli.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kiprda 790,000 kishi istiqomat qiladi. Mahalliy aholining katta qismi yunonlar. Ulardan tashqari, orolda 160 ming turk, 40 ming rus va 17000 ingliz yashaydi.

Kipr yumshoq Oʻrta yer dengizi iqlimi bilan mashhur. Qishda quyoshli va ozgina yomgʻir yogʻadi. Yozda havo 40°C gacha qiziydi. Orolda turizmning juda yaxshi rivojlanganligini taʼkidlash kerak. Kipr oʻzining toza plyajlari va toza dengiz suvi, ajoyib tog ʼmanzarasi va yuqori sifatli mehmonxona infratuzilmasi bilan mashhur. Shuning uchun har yili bu yerga koʻplab sayyohlar kelishadi.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kiprning madhiyasi - "Ozodlikka umid", yunon milliy madhiyasi sanaladi. 

Kipr Oʻrta yer dengizining uchinchi eng katta orolidir. Ammo, dunyoda u faqat 81- oʻrinda joylashgan.

Kiprda quyosh deyarli butun yil davomida, yaʼni 300 kun davomida chaqnab turadi.

Statistik maʼlumotlarga  koʻra, orolliklarning umr koʻrish davomiyligi 77 yil: ayollar uchun bu koʻrsatkich 80 yil, erkaklar uchun 75,3 yil.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kipr Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida aholi soni boʻyicha eng past koʻrsatgichlardan biriga ega. Yanayam kamroq odamlar faqat Lyuksemburg va Maltada yashaydilar.

Mahalliy aholi asosan yunon, turk va ingliz tillarida gaplashadi.

Kipr 2004 yilda Evropa Ittifoqiga aʼzo boʻldi.

Kiprda noyob oʻsimliklarning 140 dan ortiq navlari mavjud. 

Bu orol Evropaning janubiy changʻi kurortlaridan biridir.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kiprda 45 ta sohilboʻyi plyajlari Evropa Ittifoqining koʻk bayrogʻi bilan belgilangan. Bunday mukofotni olish uchun plyaj iloji boricha toza va xavfsiz boʻlishi kerak.

Yevropaning eng mashhur tungi klublaridan biri "Ayia Napa" orolning sharqida joylashgan.

Kipr jinoyatchilik darajasi juda pastligi sababli sayyoradagi eng xavfsiz joylardan biri hisoblanadi.

Orolning aholi zichligi har kvadrat kilometrga 117 kishini tashkil etadi.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Mamlakatda avtomobillar harakati chap taraflik.

Soʻnggi izlanishlarga koʻra, mamlakatda koʻp odamlar kitob oʻqishni xohlamaydilar. Kipr aholisi davriy nashrlar (gazeta, jurnal) ni afzal koʻradi.

Orol nima uchun Kipr deb nomlanganiga koʻplab tushuntirishlar mavjud. Eng ishonarli versiyaga koʻra "Kuprum", yaʼni "mis" nomidan kelib chiqadi. 

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kiprda siz taxminan 370 turdagi qushlarni topishingiz mumkin.

Mamlakatning rasmiy pul birligi yevro boʻlib, u 2008 yilda Kipr funtining oʻrniga kiritilgan.

260 ga yaqin baliqning turlari orol yaqinida yashaydi, ammo baliq ovlashga suvning tezkor oqimi halaqit beradi. 

Kipr ayol-qizlari sayyoradagi eng mashhur modnitsalar deb hisoblanishadi, ular yangilik uchun hamma narsani berishga tayyorlar. Inqiroz davrlarida moda kiyimlariga talab pasayib ketdi, ammo Kiprda u yanada oshdi. 

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kipr 1960 yilda mustaqillikka erishdi.

Taksi haydovchilari orasida har qanday miqdorga tegishli boʻlgan qaytimni bermaslik odati bor. Masalan, yoʻl haqi 20 dollarni tashkil etadi, agar siz haydovchiga 50 dollar bersangiz, qaytimidan umidvor boʻlib yurmang - qaytarilmaydi.

Kiprda koʻplab faqat erkaklar uchun moʻljallangan maxsus kafelar mavjud.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kipr dunyo sharobini eksport qiluvchilar orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Har yili orolda sharob festivallari oʻtkaziladi. Bu yerda siz 50 sent toʻlashingiz va ushbu ichimlikdan cheklovsiz bahramand boʻlishingiz mumkin.

Mamlakat aholisining 79% Yunon pravoslavligining izdoshlari, 19% musulmonlar, qolganlari boshqa dinlarga eʼtiqod qiladilar.

Kipr haqida qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar