Kofedan koʻproq quvvat beruvchi 8 ta mahsulot

Bir stakan suvga limonning bir necha boʻlagini solsangiz, sizga kun boʻyi quvvat beruvchi bombaga aylanadi. Organizmni kerakli suv balansi va elektrolitlar bilan taʼminlashda juda yaxshi samara beradi

Fruktoza va kletchatka qondagi qand miqdorini koʻtaradi va tabiiyki tetiklashtiradi. Ertalabga chernika, qulupnaydan tayyorlangan smuzi va yogurt tanovul qiling. Smuzini hush koʻrmaysizmi? Unda olma va banan istemol qiling. Ishxonada toliqlanib ketsangiz, bu tamaddi sizga yaxshi variant boʻladi.

Bodom va xandonpista magniyga juda boy boʻlib, shakarni quvvatga aylantirishda mihim ahamiyat kasb etadi. Yongʻoqlar yana kletchatkalardan tashkil topgan boʻlib, ovqatdan keyin qand miqdorini meyorlashtiradi va ochlik hissini yoʻqotishga yordam beradi. Oʻzingiz bilan yongʻoq paketini olib yurishingiz, har yerda idishda qahva koʻtarib yurishdan qulayroqdir.

Qora shokoladning bir necha boʻlagini lazzat uchun emas, balki ehtiyoj uchun yeyish zarar qilmaydi. Shokolad tarkibida qon aylanishini yaxshilovchi, kofeinga oʻxshovchi, kun boʻyi kayfiyatni koʻtarib va quvvat bagʻishlovchi tabiiy modda bordir.

Uglevodlar sizning tanangiz va miyangiz ishlashi uchun kerakli quvvatning 60 foizini taʼminlab beradi. Bugʻdoyli mahsulotlar juda ham qiyin boʻlgan uglevodlardan tashkil topgan boʻlib, shirinlikga oʻxshab qisqa vaqtga emas, balki uzoqroqga quvvat beradi. Sekin uglevodlarni organizm mushaklarga joʻnatadi – aktiv kun boʻlishi uchun juda kerakli narsa.

Osiyoda bu ziravor kichik qon tomirlarida qon aylanishini yaxshilovchi ziravor hisoblanadi. Hushboʻy boʻlgan karri taomini tanlang va bir finjon “masala” choyidan iching va shunda siz kun davomida quvvatsizlikni yengasiz.

Bu yashil sabzavotni juda koʻpchilik yoqtirmaydi, ammo u “B” gruppa vitaminlariga boydir, yaʼni tanadagi uglevodlarni quvvatga aylantiradi. Sparja yana shuningdek qondagi qand miqdorini meʼyorlashtiruvchi oqsilga ham boydir. Sparjani salatingizga qoʻshsangiz, qiyin kunni yengib oʻtishda yordam beradi.

Tuzlangan karam faqat goʻshtli likopchani toldirish uchun emas. Karam probiotiklarga juda ham boy boʻlib, hazm qilish sistemasini yaxshilaydi. Shunda hazm qilish uchun juda kam kuch talab qilinadi, va koʻproq quvvat qoladi. Achchiq tuzlangan chimchi karami, koreya oshxonasida juda ham mashhurdir. Quvvat oshirish uchun yana bir yaxshi variant.

Agar siz kun davomida charchoq yoki holsizlikni his qilsangiz, demak sizda quvvatsizlik namoyon boʻlmoqda. Ish faoliyati va samaradorligini nafaqat qahva, balki boshqa mahsulotlar bilan ham oshirish mumkin. Buning uchun muzlatgichga qarang, qahva oʻrnini bosuvchi arzon va foydali mahsulotlar juda koʻp.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



