Sayohat

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

Tanlov gʻolibasi shu yilning 8 dekabr kuni AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida aniqlandi. Turli mamlakatlardan kelgan 90 nafar goʻzal qizlarasosiy yutuq uchun kurash olib bordilar.

Tanlovdagi ikkinchi oʻrin Puerto-Rikodan kelgan 24 yoshli Medison Andersonga, uchinchi oʻrin esa meksikalik 25 yoshli Sofiya Aragonga nasib qildi. 

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

Zozibini Tuntsi tanlov gʻolibasi deya eʼlon qilindi va goʻzallik tojini qoʻlga kiritdi. Koinot goʻzali Instagram sahifasida juda faol. Uning sahifasiga 1,9 million nafar inson obuna boʻlgan.

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

Zozibini - hamisha tabiiy goʻzallik tarafdori boʻlib kelgan. Shu sababli ham uning aksariyat suratlarida kosmetika vositalaridan deyarli foydalanmaganini koʻrish mumkin. 

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

1.     U ayollar huquqlari uchun kurashuvchi koʻngillarning biri. Zozibini oʻz mamlakatida aynan mana shu faoliyat ortidan tanilgan.

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

2.     Zozibini - qishloq qizi. U Sharqiy Keymning Solo qishlogʻida 1992 yilning 18 sentyabr kuni tugʻilgan. Bolaligi mana shu qishloqda, oilasi bagʻrida oʻtgan. Qizning ota-onasi oʻqituvchilar, ayni vaqtda otasi maktab direktori boʻlib ishlaydi. 

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

3.     Zozibini ota-onaga hurmat tushunchasini juda qadrlaydi. "Onam meni mehribon, samimiy va atrofdagilar uchun foydali inson boʻlishga oʻrgatgan, otam esa inson uchun taʼlim, ogʻir mehnat va intizom qanchalar muhim ekanligini tushuntirib bergan" deydi u. 

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

4.     U "Taxtlar oʻyini" serialining ashaddiy ishqibozi. Boʻsh vaqti boʻldi deguncha oʻrindiqqa joylashib oladi-da sevimli serialining tomoshasiga kirishadi. 

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

5.     Zozibinining sevimli mashgʻulotlaridan yana biri - kitob mutolaa qilish. Oʻzining aytishicha, kitobga boʻlgan muhabbat unga buvisidan oʻtgan.

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

6.     Tuntsi Keyp yarimorlining Texnologiya universitetida jamoatchilik bilan ishlash va imidjni boshqarish boʻyicha taʼlim olgan. Shundan keyin esa Ogilvy South Africa marketing kompaniyasiga ish olib borgan.

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

7.     Tuntsi goʻzallik tanlovlarida ishtirok etishni 2017 yildan boshlagan. Oʻsha vaqtlarda uni "Janubiy Afrika goʻzali" tanlovida qatnashishi rejalashtirilgan 26 ta qiz roʻyhatiga kiritgan edilar. Ammo, 2017 yildagi tanlovda qizning omadi kulmagan. Shunga qaramay, u oradan ikkiyil vaqt oʻtib, "Koinot goʻzali"ga aylana oldi!

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?

8.     Tuntsi oʻz vaqtida Nyu-York shahrida Janubiy Afrikaning taniqli dizayneri Laduma Ngxokolo liboslari namoyishida model sifatida qatnashgan.

Koinot goʻzali - 2019: Bu tabiiy goʻzallik gʻalabasimi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar