Koinotning eng ajoyib oʻsimliklari

Oʻziga hos va noyob Arnold Raffleziyasi gullari — parazit oʻsimliklar turkumiga kiradi. Bu ajoyib oʻsimlik sayyoramizdagi eng yirik yakka gullar bilan gullaydi. Ularning diametri 60 - 100 sm, vazni esa 8 kilogrammgacha boʻladi.

Raffleziya namgarchilik kuchli boʻlgan tropik oʻrmonlarda uzumsimonlar (Vitaceae) oilasining Tetrastigma (Tetrastigma) zotli lianalari oʻsadigan joylarda uchraydi. Boshqa ayrim parazit oʻsimliklar kabi raffleziyaning ham koʻzga tashlanadigan poyasi, barglari va hatto ildizlari ham yoʻq. U ozuqa moddalarini boshqa oʻsimlikning organizmidan oladi.

Arnold Raffleziyasi gullari ikki jinsli, qizgʻish-jigarrang tusga ega, uzunligi esa 100 santimetrgacha choʻzilishi mumkin. Ulaр yetarlicha yirik va hasharotlarni (asosiy changlatuvchilar – oʻrmon pashshalari hisoblanadi) jalb qiluvchi oʻziga xos hidga ega (undan goʻshtning hidi kelishi aytiladi). Gʻunchasining etilishi bir necha oy davom etadi, gullashi esa atigi bir necha kundir.
“Kavati Fudz” yapon bogʻidagi glitsiniyalar tuneli




“Qonli” qoʻziqorin (lotincha - Hydnellumpeckii) nomini olgan ushbu ajoyib oʻsimlik turi Shimoliy Amerika, Markaziy Yevropa va Tinch okeanning shimoliy-gʻarbiy qismidagi ignabarg daraxtli oʻrmonlarda uchraydi. Shuningdek, u Eron va Koreyada ham topilgan. Gidnellum Peka qoʻziqorinining tashqi koʻrinishi oʻziga yarasha qoʻrqituvchi kuchga ham ega – uning oppoq, baxmaldek mayin yuzasi kovakchalaridan qonga oʻhshab ketadigan pushti yoki qizil rangli suyuqlik ajralib chiqadi.

“Qonli qoʻziqorin” zaharli emas, lekin uni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi, chunki uning oʻziga hos, odamlarni va yirtqichlarni oʻzidan bezdiradigan juda achchiq taʼmi bor. Olimlar ushbu qoʻziqorin turi ajratadigan suyuqlikni tekshirib, analiz qilib koʻrdilar va bu qoʻziqorinda atromentin moddasi, yaʼni qonning tez quyulishi sabab tromblar hosil boʻlishining oldini oluvchi antikoagulyant moddasi mavjud ekanligini aniqladilar.

Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Xitatinaka shahrida joylashgan Xitati yapon milliy dengizboʻyi bogʻi (Hitachi Seaside Park) 1991 yilda sobiq Amerika harbiy bazasining oʻrnida barpo etilgan va hozirgi paytda 120 gektar maydonni egallaydi. Bu oilaviy dam olish uchun aʼlo darajadagi maskandir.

Koʻz quvonib toʻymaydigan manzaralar va ajoyib oʻsimliklar olamini tomosha qilish bilan birga bu yerda suv havzasida choʻmilish, istirohat bogʻida koʻngil ochish va hayvonot bogʻida jonivorlarni ham tomosha qilish mumkin.

"Xitati" soʻzi yapon tilidan tarjima qilinganda "tong” maʼnosini bildiradi. Bu bogʻda tez-tez gullar bayrami oʻtkazib turiladi. Buning uchun lola, lola-qizgʻaldoq, nargizgul, nilufargul, sakura va shu kabi oʻsimliklar oʻstiriladi.

Bir yilda bir marta eng jozibador bayramlardan biri – “Nemofillar va uygʻunlik” tantanasining uyushtirilishini ham alohida taʼkidlash joiz. U may oyining boshida adirlarda nemofil oʻsimliklar (amerika boʻtakoʻzi) ning tahminan 4,5 million gullari ochilgan paytida nishonlanadi.

Litopslar Janubiy Afrika, Namibiya, JAR va Boputusvananing qumloq hamda toshloq sahrolarida oʻsadi. Gulning yer usti qismi chirmashib oʻsib ketgan ikki yoʻgʻon bargni ifoda etadi. Shu barglar kichikgina yoriq bilan ajralib turadi va undan gulband bilan yangi bargchalar paydo boʻladi. Kattaligi yuqoriga va yonga 5 santimetrgacha choʻziladi.

Gullar oq yoki sariq rangda (kam hollarda toʻq sariq rangda), diametri 2,5 – 3 sm, ayrim paytlarda xushboʻy boʻladi. Parvarish qilinganida litops guli avgust – noyabrda (ayrim vaqtlarda avvalroq ham) gullaydi. Litops, soʻzsiz deraza tokchada gultuvakda oʻstirsa boʻladigan eng ajoyib oʻsimliklarning biridir!

Litopslar (boshqa koʻpchilik oʻsimliklar kabi) nafaqat harorat va namlikni, balki yorugʻ kun uzunligini ham kuzatadi. Buni xonaki oʻsimlikni parvarishlashda hisobga olish oʻrinlidir.

Kaddo – Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Texasning sharqida, Luiziana bilan chegarada joylashgan koʻl. Bu dunyodagi eng katta kiparis oʻrmonlari oʻsadigan, qoʻriqlanadigan hudud hisoblanadi. Koʻlning maydoni tahminan 106 kvadrat kilometrga tengdir.

Koʻlda 190 hil buta va daraxtlar oʻsadi. Ularning eng tanilganlari “kal” deb ataluvchi kiparislar (Bald Cypress). Oʻzining quruqlikdagi turdoshlaridan farqli ravishda ushbu kiparislar ignabargli emas, qishda yaproqlarini toʻkuvchi oddiy barglidirlar. Kaddo koʻlida oʻsadigan kiparislarning yoshi kamida 100 ga borachi, ayrimlari esa undan ham keksa. Ishonmaysiz, ammo bu yerda xatto 700 yillik daraxtlar ham bor.

Kiparislarda ispan mohi tutamlari osilib turadi. Ulaр qishda yashil, yozda esa kulrang tusda boʻladi. Ispan mohi parazit emas, u yonidagi oʻsimlikdan faqat qad rostlab turish uchun foydalanadi. Oʻsimlik suvdan va havodan toʻgʻridan toʻgʻri oziqlanadi. Bu oʻsimlikning qishki paytda yetarlicha namlik miqdorini oʻzlashtirib yashil tusda boʻlib turishiga sabab sifatida koʻrsatiladi. Biroq ispan mohi kiparisning shohlarini oʻrab olib, uni quyosh nuridan maxrum qilgancha baribir unga zarar yetkazadi.

Kiparislarda ispan mohi tutamlari osilib turadi. Ulaр qishda yashil, yozda esa kulrang tusda boʻladi. Ispan mohi parazit emas, u yonidagi oʻsimlikdan faqat qad rostlab turish uchun foydalanadi. Oʻsimlik suvdan va havodan toʻgʻridan toʻgʻri oziqlanadi. Bu oʻsimlikning qishki paytda yetarlicha namlik miqdorini oʻzlashtirib yashil tusda boʻlib turishiga sabab sifatida koʻrsatiladi. Biroq ispan mohi kiparisning shohlarini oʻrab olib, uni quyosh nuridan maxrum qilgancha baribir unga zarar yetkazadi.

Ispan mohi bilan Kaddo hindular qabilasiga bogʻliq boʻlgan afsona mavjud. Qadim zamonlarda bir yigit va qiz uchrashib qolibdilar. Ularning muhabbatlari shunchalar kuchli tuygʻuga aylanibdiki, kundan kunga mustahkamlanib boraverarkan. Ular qabiladan ketib, oʻzlari alohida yashashga qaror qilibdilar. Ular koʻl qirgʻogʻida umrguzaronlik qila boshlabdilar va bu yerning manzaralaridan bahramand holda hayot kechirishibdi. Oradan vaqt oʻtib, ayol qattiq betob boʻlib, olamdan koʻz yumibdi.
Qaygʻuga choʻmgan erkak mahbubasini dafn etibdi, lekin esdalik uchun uning sochidan bir tutam kesib olibdi. U qirgʻoqda daydib yurib, daraxtlarga vafot etgan mahbubasining soch tolalarini ilib qoʻyar ekan. Vaqt oʻtib, bu tolalar oqaribdi, ammo ular haligacha ikki sevishgan insonning abadiy muhabbati toʻgʻrisidagi hotirani saqlab kiparislarning shohlarida osilib turar emish.

Zuhroning pashsha tutuvchi oʻsimligi deya nom olgan ushbu tabiat tuhfasi botqoqlar kabi azot etishmaydigan tuproqlarda oʻsadi. Azotning yetishmasligi uning paydo boʻlishiga asos yaratgan: sababi hasharotlar oqsillar sintezi uchun zarur boʻlgan azotning manbai boʻlib xizmat qiladi. Zuhroning pashsha tutuvchi oʻsimligi — tez harakatlanish xususiyatiga ega ajoyib oʻsimliklarning kichkina guruhi aʼzosi.

Oʻsimlik pashshani tahminan 10 kun vaqt ichida hazm qilib yuboradi. Shundan soʻng oʻlchadan faqatgina boʻm-boʻsh poʻstloq qoladi xolos. Keyin tuzoq oʻsimlik yana ochiladi va navbatdagi oʻlchani kutadi. Tuzoqning hayoti davomida uning ichiga oʻrtacha uchta hasharot tushadi.

Oʻsimlikning ilmiy turkumiy nomlanishi (muscipula) lotin tilidan sichqon tutadigan qopqon deb tarchima qilinadi. Ehtimol bu mazkur oʻsimlikni kashf etgan botanikning xatosi boʻlsa kerak. Har xolda, shunday deya hisoblanadi. Tabiatdan oʻsimlik hasharotlar va oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi.

Goho uning tuzogʻiga mollyusklar (shilliqqurtlar) ham tushib qolishi mumkin. Eng qizigʻi, ushbu oʻsimlik manzarali bogʻdorchilikda oʻstiriladigan tur hisoblanadi. Xonaki oʻsimlik sifatida ham oʻstirilishi mumkin ekanligi esa koʻpchilikni hayratga soladi.

Sakura – kichik arrasimon bargli olchaning nomlanishi. U Yaponiyaning milliy timsoli sanaladi. Sakuraning jami 200 navi mavjud. Ayrim navlar faqat manzarali maqsadlarni koʻzlagan holda yetishtirilgan va hosil keltira olmaydi. Yaponiyada gullarni tomosha qilish anʼanasi bor ekanligi hech kimga sir emas va bu anʼana “xanami” deb nomlanadi. Yaponiyaning turli yerlarida ushbu ajoyib oʻsimliklarning gullash muddatlari televidenie orqali eʼlon qilinadi.
Sakura gullaganida esa odamlar uning pushti va oppoq gullarini tomosha qilish maqsadida istirohat bogʻlarida toʻplanib, gul sayri uyushtiradilar.

Ikkinchi jahon urushi davrida bosib olingan yerlar endi Yaponiyaning bir qismi ekanligini bildirish maqsadida yaponlar bosib olingan mamlakatlarda (Xitoy, Koreya) sakurani ekar edilar. Urush tugaganidan soʻng Koreyada daraxtlarning koʻpchilik qismi yoʻq qilib tashlangan, chunki ular yapon okkupatsiyasini eslatar edi.

Shunga qaramay, hali 1933 yildayoq yapon olimi Koizumi Genichi yapon sakurasi eng ommabop navining asl vatani janubiy Koreyadagi Chejudo orolidir deya bayonot qilgan. Xitoy masalasiga kelsak, bu mamlakatdagi sakura ekilgan ikki eng mashxur istirohat bogʻlari Xitoy okkupatsiyasi yillarida aynan yaponlar tomonidan barpo etilgan.


Qadimiy hind afsonasi koʻra, qadim-qadim zamonlarda Arab dengiziningSokotra orolida fillarga xujum qilib ularni tor-mor keltiradigan qonxoʻr ajdar yashagan deya bayon qilinadi. Ammo bir kun keksa va kuchli fil ajdarga yiqilib uni ezib tashlagan emish. Ikki jonivor qoni birlashib atrofdagi yerga toʻqilibdi. Aynan shu joydan esa daraxtlar oʻsib chiqibdi va bu daraxtlarga “dratsena” deb nom qoʻyilibdi. “Dratsena” soʻzi oʻzbek tiliga tarjima qilinganda “ajdarning urgʻochisi” degan maʼnoni anglatadi.

Ajdar daraxti (Ajdar dratsena) Afrikaning tropik va subtropik mintaqalarida hamda janubi-sharqiy Osiyo orollarida oʻsadi. Sokotra –Hind okeanida Somali qirgʻogʻi yonidagi olti orollardan biridir. Bu ajoyib oʻsimlik aynan mana shu yerdan qoʻnim topgan.


Barcha rosyankalar — hasharotxoʻr oʻsimliklar hisoblanadi. Bu ajoyib oʻsimliklarning barglari ajratadigan yopishqoq suyuqlik hasharotlarga paralitik taʼsir koʻrsatuvchi alkaloid koniin va xazm qilish fermentlaridan tarkib topgan. Hasharot qoʻlga tushirilganidan soʻng bargning chekkalari uni toʻliq oʻrab oladi va berkitadi. Rosyankalarning ayrim tuрlarida bargning yopilish tezligi ancha yuqori deb aytiladi.

Oʻsimlikning bunday oziqlanish usuli qashshoqlashgan tuproqlar sharoitida hasharotdan natriy tuzi, kaliy, magniy, fosfor va azot kabi oʻsimlik uchun foydali boʻlgan moddalarni olish imkonini beradi. Hasharot hazm qilib boʻlganidan keyin barg yana ochiladi. Odatda bu jarayon bir necha kun davom etadi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



