Qiziqarli

Koinotning eng yosh millionerlari

Koinotning eng yosh millionerlari

Jahondagi eng yosh tadbirkor – Kanadalik Rayan Rossoʻz biznesini uch yoshligidayoq boshlagan ekan! Uning aytishicha, u oʻzi yashayotgan hovlining oʻrtasida joylashgan tovuq fermasiga qarab, tuhum sotish haqidagi gʻoyani oʻylab topgan. Rayan bora- bora kuniga 60 dona tuxum sotishni boshlagan. Yosh tadbirkor 12 dona tuxumni 3 dollarga pullar, bu kuniga 15,oyiga 450 dollarga aylanardi.

Koinotning eng yosh millionerlari

Rayan ilk biznesidan ishlab topgan pulini ikkinchi biznes uchun bir necha yollanma ishchilarni jalb qildi. Maysalarni tekislash xizmati Rayanga kattagina daromat keltira boshladi. Yollanma ishchilar eng ogʻir ishlarni bajarardilar, buning evaziga foydaning ¾ qismiga ega boʻlishar, qolgan daromad esa Rayan “xazina”siga kelib tushardi. Keyinchalik yosh tadbirkor oʻzining uchinchi biznes gʻoyasi – maysalarni sugʻorishni amalga oshira boshladi va daromadning yarmiga egalik qilishga kelishib oldi. Rayan oʻzdaromadining deyarli barcha qismini oʻz kelajagi yoʻlida sarfladi, bu esa 8yoshli tadbirkorni 900000 dollar(!) sohibiga aylantirdi. Bugungi kunda Rayan Milliy liganing ikkita hokkey komandasiga egalik qilishni koʻzlab turibdi.

Koinotning eng yosh millionerlari

Shotlandiyada dunyoga kelgan 14 yoshli Freyzer Doerti buvisining retseptlari ustida turli tajribalar oʻtkazib koʻrardi. Freyzerning tajribalari natijasida sovutgichdagi bor masalliqlardan  tayyorlangan ilk jemlar kichik idishlarga solib, qoʻshnilarga sotilgan. Jemlar savdosi gullab-yashnay boshlagach, u oʻz biznesini kattalashtirishga bel bogʻladi. Freyzer ishlab chiqarish brendiga “Superjam” deb nom berdi. Bir muddat oʻtgach, u oʻz mahsulotlarini sotish boʻyicha “Waitrose” supermarketlar tarmogʻi bilan shartnoma imzoladi. Freyzer yil ohiriga kelib, 750000 dollar daromad olgan boʻlsa, bir yildan foyda hajmi million dollardan oshib ketdi.

Koinotning eng yosh millionerlari

10 yoshli Juliet Brindak bolalarcha rasm chizishni hush koʻrardi. Uning Miss “O” ismli personaji tasvirlagan rasmi koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Unga berilgan yuqori bahodan ilhomlangan Julietga oʻz rasmlarini internet tarmogʻiga joylash fikri keldi. U 8-12 yoshli qizlarni birlashtiruvchi internet jamiyatini tuzdi va bolalarcha rasmlarini oʻziga hos brendga aylantira oldi. Avvaliga uning dugonalari uchun tashkil etilgan saytga kuniga millionlab kishi  tashrif buyuradigan boʻldi. Ushbu sayt qizaloqlar uchun turli test, chat, oʻyin va boshqa koʻngilochar ilovalarni taklif etar, saytga tashrif buyurgan “mehmon” ga esa Juliet yaratgan Miss “O” yoʻlboshchilik qilardi.

Koinotning eng yosh millionerlari

Bugungi kunda Juliet Brindak Vashington universitetida oʻqish barobarida qizlar uchun moʻljallangan internet loyihalariga egalik qiladi. Mutaxassislar uning bu loyihalarini 15000000 dollarga baholashgan.

Koinotning eng yosh millionerlari

Amerikalik 15 yoshli Yan Purkayastxa oʻz ota-onasi, doʻstlari va atrofdagilarga keng fantaziya yordamida muvaffaqiyat va kattagina daromadga ega boʻlish mumkinligini isbotlab berdi.

Yan bolaligidan qoʻziqorinlarni  juda yaxshi koʻrardi. U boshlangʻich sinfda oʻqiyotgan paytlari otasi bilan oʻrmonga sayr qilish uchun boradi. Balki aynan shu sayr chogʻida Yanda qoʻziqorinlarga oid ajoyib biznes gʻoya paydo boʻlgandir.

Koinotning eng yosh millionerlari

U restoran va doʻkonlarga qoʻziqorin yetkazib berishni oʻylab qoʻydi. Qoʻziqorin yigʻish juda qiyin boʻlgani uchun uning raqobatchilari deyarli yoʻq edi. Biroq,tryufel qoʻziqorinlar tez buzilar va toʻrtta tekshirish bosqichidan oʻtardi.Yan bu muammoni uddabironlik bilan hal qildi va Arkanzasda shaxsiy koʻchatxona tashkil etdi. Mazkur koʻchatxona bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi tryufel qoʻziqorinlarini yetishtiruvchi eng yaxshi maskanlardan biriga aylanib boʻlib, u yosh millioner Yan Purkayastxaga yiliga 1000000 dollar sof daromad keltiradi.

Koinotning eng yosh millionerlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar