Oshxona

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

Kolbasa bir necha ming yil avval paydo boʻlgan. Uni hamma joyda har hil, oʻsha joyning iqlimiga qarab tayyorlangan. Masalan Yevropaning sovuq oʻlkalarida uni xom holatda tayyorlashgan boʻlsalar, Osiyoda uni dudlash yoʻli bilan pishirishgan. Arxeologlarning taʼkidlashicha , pishloq eramizdan avval 5000 yilda paydo boʻlgan ekan. Demak, bu mahsulot yetti ming yillik tarihga ega. Mutaxassislar esa Yaqin Sharqni pishloqning vatani deyishadi.

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

Pishloq tanlayotganda uning rangiga alohida eʼtibor qaratish kerak. Oq tusga ega pishloqlar, pishloq yaxshi pishmaganidan va tez buzilishidan dalolat berib turadi. Uning mazasi huddi rezinkaga oʻxshab ketadi. Pishloqning teshikchalari qancha katta boʻlsa sifati shuncha yaxshi boʻladi.

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

Kolbasa mahsulotlarini tanlayotganda, uning tamgʻasi va ishlab chiqarilgan sanasiga alohida eʼtibor berish kerak. Kolbasa va boshqa goʻsht maxsulotlari 0 dan 6 darajali muzlatkichlarda saqlanishi lozim. Mahsulotning ustki qismi toza va quruq, xech qayeri teshilmagan , xech qayeriga shikast tegmaganiga ishonch hosil qilinishi shart.

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

Mol goʻshtidan tayyorlangan kolbasalar kamida 50 foiz goʻshtdan tashkil topishi lozim. Goʻshtning boshqa turlaridan tayyorlangan kolbasalarda esa 65 foizdan 80 foizgacha goʻsht boʻlishi lozim. Bu foizlar mahsulot yorigʻida koʻrsatilishi shart.

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…

1 Pishloqni boshqa oziq ovqatlardan alohida saqlang. Sababi, uning hidi boshqa mahsulotlarga tez urib qolishi mumkin.

2 Kesilgan kolbasa tez buzilib qolmasligi uchun , uning yoniga bir boʻlak limon yoki sabzi qoʻyish kerak.

3 Tuzli suvga botirib olingan kolbasa uzoq muddat buzilmaydi. Bu usul ayniqsa uyida muzlatkich boʻlmagan kishilar uchun juda qulay.

4 Pishloqni qaysi turi boʻlishidan qatiy nazar, mum surtilgan qogʻozga oʻrab qoʻying. Shu yoʻl bilan uni tez mogʻorlashdan asrab qolasiz.

5 Mogʻor bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan artib olishni tavsiya etamiz.

Kolbasa va pishloq haqida ikki ogʻiz…
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar