Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat

Koronavirusning birlamchi belgilaridan biri quruq yoʻtal hisoblanadi. Shamollagan insonda yoʻtal tumov, burun oqishi va aksirish bilan birga kechishi aniq. Ammo, qarshingizdagi inson faqat yoʻtalayotgan boʻlsa, boshqa barcha tomondan sogʻlom odamni yodga solsa, undan uzoqroq turishga harakat qiling. Oʻzingizda aynan shu kabi belgilar yuzaga kelgan holatda ham zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni unutmang.

Uxandan tarqalgan yangi turdagi koronavirus tahminlarga koʻra, 27 gradusdan balandroq haroratda yashay olmaydi. Shu sababli ham koʻproq issiq ichimliklar - choy, kompot va qahva ichishga harakat qiling. Quyosh nuri ostida sayr qilish ham juda foydali (karatin qoidalari bunga imkon bergan holatdagina). Jamoat joylaridan qancha uzoqroqda boʻlsangiz, oʻzingiz va oila aʼzolaringizni kasallikdan himoya qilsangiz, ayni muddao boʻladi.

Koʻrinmas virus oʻlchami yetarlicha katta boʻlib, tibbiy niqob uni inson organizmiga tushib qolishidan himoya qiladi. Ammo, faqatgina niqobning oʻziga ishonib qolmang. Koʻchaga kamroq chiqing, aksa urgan va yoʻtalgan insonlardan ehtiyot boʻling, antiseptik vositalardan muntazam ravishda foydalaning.

Har qanday yuza ustiga tegingandan soʻng qoʻllaringizni sovun bilan erinmay yuving. Virus metall yuza ustida 12 soatgacha yashashi mumkin. Koʻchadan uyingizga qaytib kirgan zahoti qoʻllaringizni sovun bilan yuvib olgancha antiseptik yordamida zararsizlantiring. Qoʻl yuvish jarayoni 3 daqiqadan kam boʻlmasligi kerak. Agar antiseptik vosita harid qilishga ulgurmay qolgan boʻlsangiz, uni mustaqil ravishda tayyorlashingiz ham mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu borada uch hil retseptni tavsiya qilmoqda:
1. 800 ml spirt+ 14,5 ml glitserin + 42 ml vodorod peroksidi + 20 ml distillangan suv
2. 750 ml izopropil spirti + 14,5 ml glitserin +42 ml vodorod peroksidi + 20 ml distillangan suv
3. 160 ml tibbiyot spirti + 80 g aloe vera geli

Virus matolar ustida ham 12 soatgacha yashab qolishi mumkin. Koʻchadan uyga kirgan vaqtingizda dush qabul qilib olgancha kiyimlaringizni almashtiring va yuvib, quriting. Virusni zararsizlantirish uchun unga kir yuvish kukuni kifoya qilar ekan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



