Foydali

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Ushbu maqolada Koʻsem sulton aslida qanaqa ayol boʻlganligi haqida maʼlumot berishga harakat qilamiz.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Koʻsem sulton Usmoniylar imperiyasining navbatdagi vakilasi boʻlib, uning taqdiri hammamizga yaxshi tanish boʻlgan Xurram sultonnikiga oʻxshab ketadi. Birinchidan, bu ikkala ayol ham hayot yoʻllarini kanizaklikdan boshlab, imperiyani boshqara olish darajasigacha koʻtarila oldialr. Bu yoʻlda koʻp qiyinchiliklar, fitna va makr-hiylalarni boshlaridan kechirdilar. Ikkinchidan esa ularni qarindoshlik rishtalari bogʻlab turadi. Koʻsem sulton Sulaymon va Xurramning chevarasi boʻlmish sulton Ahmad I ning xotini boʻlgan. 

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Koʻsem sulton xonimning bolaligi haqida maʼlumotlar juda kam, ularning koʻpi taxminlarga asoslangan. Shunisi maʼlumki, u 1589 yilda yunon yoki bosniyalik ruhoniy oilasida dunyoga keldi va unga Anastasiya, deb ism qoʻyildi (huddi Xurram hayoti kabi). 14 yoshida qul savdogarlariga asirga tushib, bozorda saroy ayonlari tomonidan sotib olinadi hamda 13 yoshli sulton Ahmadga tortiq qilinadi. Shu zayl qiz saroy haramiga kelib qoladi. Sulton Ahmad esa 1603 yilda otasi sulton Mahmud III ning oʻlimidan keyin taxtga oʻtiradi.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Haramda u “Mohipaykar” ismini oldi. Haramda boshqa kanizaklar ham koʻp boʻlib, Mohipaykar ularning orasida uncha ajralib turmas edi, shuning uchun yosh sulton ham unga darrov eʼtibor bermadi. Biroq yosh kanizak taqdirga tan berishni istamadi va oʻz ustida ishlashni boshladi. U uydagilarini eslab koʻz yosh toʻkishdan oʻzini tiydi, haramda yuqori martabaga erishishni hamda sultonning koʻnglidan joy olishni oldiga qatʼiy maqsad qilib qoʻydi. Kanizak boʻla turib u turk va boshqa tillarni oʻrgandi, saroy etiketi va oʻzini tutish qonun-qoidasini egalladi, raqs hamda musiqa asboblarini chalishni oʻzlashtirdi. Qiz sulton huzuriga birinchi kirishidayoq, sulton uning nafaqat goʻzalligi va maftunkorligi, balki oʻtkir zehni, shirin suhbati va fahm-farosatiga tan berdi.

Ahmad sulton kanizakning ismini oʻzgartirib, uni Koʻsem, yaʼni “eng suyukli” deb atadi. Ahmad sulton ham ajdodi boʻlmish sulton Sulaymon kabi Baxti taxallusi bilan sheʼrlar yozar, goʻzal Koʻsem esa unga ilhom baxsh etib turar edi. Bu juftlik bir-biri bilan xatlar yozishib turar, bu nomalarda ularning ishqiy munosabatlari, sof tuygʻulari aks etgan edi.

Ahmad I ning hukmdorlik davrida Koʻsem faqatgina erining itoatida boʻlgan va siyosat ishlariga hech qanday qiziqish bildirmagan. Ular rasman nikohdan oʻtmagan boʻlsalar ham, sulton xonim “xaseki” unvoniga ega edi. Bu hukumdor eng suyukli xotini yoki kanizagiga beriladigan unvon boʻlib, haramda sulton onasining unvoni – volida sultondan keyin ikkinchi oʻrinda turar edi. Bunday unvonni birinchi boʻlib, 1521 yilda sulton Sulaymon xohishiga binoan Xurram sulton ega boʻlgan, buni biz “Muhtasham yuz yil” seriali orqali bilamiz. 

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Xaseki unvoniga ega boʻlgan Koʻsem Ahmad sultonga deyarli har yili merosxoʻrlarni  - shaxzoda va malikalarni tugʻib berar va buning uchun uning qalbidan chuqur joy egallagan edi. Biroq u taxt vorisi, yaʼni sultonning eng birinchi oʻgʻlining onasi emas edi. Tarixchilarning aytishicha, sulton bilan 14 yil turmushlari davomida Koʻsem 13 nafar farzandni dunyoga keltigan, ularning besh nafari bolalik davirda vafot etgan. Ikki shaxzoda Murod  va Ibrohim esa keyinchalik Usmoniylar imperiyasining hukmdorlari boʻldilar. Tadqiqodchilarning taʼkidlashlaricha, Koʻsemning shaxzoda Qosim va shaxzoda Sulaymon ismli oʻgʻillari ham boʻlgan. Qizlarining soni esa oʻgʻillarinikiga qaraganda koʻproq boʻlgan,  saroydagi oʻz mavqeining mustahkamligini saqlab qolish uchun ularni nufuzi baland, obroʻ-eʼtiborli insonlarga, vazirlarga turmushga bergan.

Chet eldan kelgan elchilar Koʻsem haqida fikrlarini bildirib, quyidagilarni yozishgan: “U juda lobar, zukko, aqlli, mahoratli va shu bilan birga chiroyli qoʻshiq kuylar ekan. Sulton uni juda sevadi, ardoqlaydi va hamisha yonida boʻlishini xohlaydi. Bu ayol juda oqila boʻlishiga qaramasdan, eri bilan muloqotda siyosiy mavzulardan ogʻiz ochmaydi”

Venetsiya elchisi Kontarini, 1612 yil

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

“U qirolning qalbidan chuqur joy egallagan, u nimani istasa qirol bajarishga tayyor. Aytgani aytgan, degani degan”. 

Fransuz elchisi Kristofer Valyer, 1616 yil

1617 yilda sulton Ahmad I 28 yoshligida kasalga chalinib, vafot etadi. Koʻsem beva boʻlib qoladi, aynan ana shu davrdan boshlab uning hokimiyat uchun murakkab va shu bilan birga gʻolibona hayot yoʻli boshlanadi. Undan keyin bu ishni hech bir sulton xonim qila olmagan. Avvaliga Koʻsem sultonning qalbidan joy olish uchun tirishgan boʻlsa, endilikda u shaxzodalarining taqdiri uchun kurashar edi. Qoida boʻyicha, Ahmadning boshqa xotinidan tugʻilgan eng birinchi oʻgʻli – Usmon yangi sulton etib tayinlanishi kerak edi. Biroq Koʻsem saroy devoni bu nomzodni yoshi kichikligini bahona qilib, rad etishiga erishdi. Usmon bu davrda 13 yosh edi, biroq uning otasi Ahmad I ham aynan ana shu yoshda taxtga oʻtirgan edi.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Saltanat hukmdorligi Ahmadning ukasi Mustafo I ga ishonib topshirildi. Mustafoning hukmdorligi  faqatgina rasman edi, aslida u saltanatni boshqara olmas edi, chunki  ruhiy xasta edi. 

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Koʻp oʻtmay yosh shaxzoda Usmonning tarafdorlari Mustafoni taxtdan tushirishga muvaffaq boʻldilar. Taxtga oʻtirgan sultonning barcha erkak qarindoshlari qatl qilinishi kerak edi, biroq Mustafoning kasalligi uni dordan saqlab qoldi. Koʻsem esa bolalari bilan eski saroyga quvgʻin qilindi. U yerdan turib Koʻsem Konstantinopolga (hozirgi Istambul) qaytib, taxt uchun kurashga zamin yarata boshladi.   

Shaxzoda Usmon taxtda 1618-1622 yillar davomida oʻtirdi. Soʻngra u ham yanicharlar tomonidan uyushtirilgan isyonning qurboniga aylandi. Rad etishiga qaramasdan taxtni boshqarish yana Mustafoga torshirildi. Biroq Mustafo taxtda uzoq oʻtirmadi. 1623 yilda Koʻsem navbatdagi davlat toʻntarishini uyushtirdi hamda 11 yoshli oʻgʻli shaxzoda Murodning sulton etib tayinlanishiga erishdi. Koʻsem tabiiyki, volida sulton maqomiga ega boʻlib, 1623 yilgacha rasman shaxzodaning regenti (saltanatni vaqtinchalik boshqarib turuvchining unvoni) boʻldi. Chet ellik elchilarning yozib qoldirgan qaydlarida aytilishicha, Koʻsem majlis oʻtkazilayotgan xonada parda ortidan turib, oʻgʻliga nimalar deyish, u yoki bu savolga qanday javob qaytarish hamda qanday qarorlar qabul qilish kerakligini aytib turgan.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Murod IV ulgʻayib, onasining yordamidan voz kechdi. U jahldor va ahloqsiz feʼl-atvorga ega edi. Sharob ichishga mukkasidan ketishi uni halok etdi: 28 yoshida jigar sirrozidan vafot etdi. U oʻzidan erkak merosxoʻrlar qoldirmagani uchun 1640 yilda taxtni uning ukasi shaxzoda Ibrohim egalladi, va Koʻsem yana regent boʻldi. Sulton Ibrohim I ham 21 yoshga toʻlgandan keyin onasining hokimiyatni boshqarish borasidagi yordamidan voz kechdi va hattoki onasini saroydan quvgʻin ham qildi. Bu narsa Koʻsemga ogʻir botdi va u bu narsa uchun oʻgʻlini kechirmadi. Ibrohim I irodasi boʻsh hamda amakisi Mustafo singari ruhan nosogʻlom edi – manfaatparast va gʻaraz niyatli kanizaklarni onasidan ustun qoʻydi.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

1648 yilda navbatdagi davlat toʻntarishi sodir boʻldi, Ibrohim I taxtdan agʻdarilib, qatl qilindi. Uning oʻrnini oʻgʻli, Koʻsemning nabirasi 7 yoshli Mahmud egalladi. Yosh sultonning onasi – Turxon sulton uning regenti boʻlishi kerak edi, biroq Koʻsem undan bu huquqni olib qoʻyib, nabirasiga oʻzi regentlik qila boshladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, volida sulton onalik mehri tufayli oʻgʻillarining kamchiligiga koʻz yumib keta olmas edi, u aksincha juda qattiqoʻl va talabchan edi. U saroy ayonlaridan oʻgʻillariga saltanatni boshqarish sir-asrorlarini, ish yuritishlarni, hijjatlar bilan ishlashni oʻrgatishlarini topshirgan edi. U aktiv va ochiq tarzda tashqi siyosat yuritish tarafdori edi, tamaki chekish va sharob ichishga qarshi chiqar va ortiqcha dabdabani yoqtirmas edi. Ammo bu harakatlarining koʻpi zoye ketar edi, huddi Xurram sulton hayotidagi kabi. Xurram ham ichkilikka ruju qoʻygan oʻgʻli Salimni otasi sulton Sulaymonning vorisi boʻlishini istamagan edi.  

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Usmoniylar saltanatining aʼzolari hamda saroy ayonlari uchun Koʻsem sulton hukmdor va qattiqqoʻl ayol edi. Biroq oddiy xalq uchun u ardoqli edi: u xayriya ishlari bilan koʻp shugʻullanar, qamoqxona, kasalxona va yetimxonalardan tez-tez xabar olib turar edi. Koʻsem shuningdek, qambagʻallarning qarzini toʻlashlariga koʻmaklashar, yetim qolgan qizlarning turmushga chiqishlariga yordam berar va ularga sep ham qilib berar edi, ommaviy yemakxonalarni otaliqqa olgan edi: bu yerda har kuni bir necha yuzlab odamlar bepul ovqatlanar edilar. Istambul arxividagi qogʻozlarda yozilishicha, Koʻsemning oʻlimidan keyin shaharda 10 000 nafar odam och qoldi. Hozirgi Istambul shahrining Uskyudar tumanida 1640 yilda Koʻsem buyrugʻi bilan Chinili masjidi qurildi. U hozirgi kunda ham qoʻr toʻkib turibdi.

Koʻsem sulton tarixi: asl ismi, kelib chiqishi hamda kanizaklikdan boshlab saltanat hukmdori darajasigacha koʻtarilishi

Mahmud  IV taxtga oʻtirgandan soʻng uning onasi Turxon sulton oʻgʻliga oʻzi regentlik qilmoqchi boʻldi, biroq Koʻsem oʻz joyini keliniga boʻshatib berishni istamadi va buning natijasida ayollar oʻrtasida kurash avj oldi. Usmoniylar saltanatidagi bu ikki sulton xonimlar orasidagi sovuq urush uch yil davom ettdi va Koʻsem sultonning magʻlubiyati bilan yakunlandi: 1651 yil 3 sentyabr kuni Turxon sulton tomonidan yollangan saroy xodimlari oʻz xonasida uxlab yotgan Koʻsemni boʻgʻib oʻldirdilar. Buyuk volida unvonidagi bu ayolning yoshi 62 da edi. 

Koʻsem Usmoniylar imperiyasi tarixida ikkala oʻgʻli va nabirasi sulton boʻlgan hamda uch marotaba regentlik huquqini qoʻlga kirintagan yagona ayol boʻlgan. U rasman regent boʻlgan boʻlsa-da, aslida esa erining oʻlimidan keyin to oʻzining soʻnggi kunlarigacha butun saltanatni boshqargan. Tarixchilar bu davrni Usmoniylar imperiyasining eng yaxshi davrlaridan biri deb hisoblaydilar. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar