Kredit kartasidan qanday qilib toʻgʻri foydalanish mumkin?

Bu maqolada — kredit kartasi bilan “jaroxatlanmay” undan foyda olishga yordam beruvchi qoidalar jamlangan.

Kredit kartasi yordamidagi toʻlovni goʻyo oddiy debet kartasi yordamidagi toʻlovday amalga oshiring. Agar, aytaylik, siz har oyda 500 000 soʻm toʻlashga oʻrgangan boʻlsangiz, demak, atigi shunchagina toʻlang, kredit chekloviga eʼtibor bermang.

Abdulla oyiga 1 800 000 soʻm ishlaydi va har oyda atigi 450000 ajratishi mumkin. U 2 300 000 soʻmga yangi smartfonni harid qilishi stagida. Bu samarali harid emas: Abdulla 5 oy davomida bankka qarzni qaytaradi va toʻlashi mumkin boʻlganidan koʻprogʻini toʻlaydi.
Abdulla keyingi oyda onasiga palto olib bermoqchi,ammo hozir ular arzonlashtirish aksiyasi boʻyicha sotilayotganini eshitib qoldi. Rejalashtirilgan 1 400 000 soʻmning oʻziga u 950 000 soʻmni sarflab harid qilingan paltoga ega boʻlishi mumkin – bu samarali harid. Hozir Abdullada toʻliq summa yoʻq, ammo ikki haftadan keyin u aniq boʻladi. Lekin aksiya ikki hafta kutib oʻtirmaydi-da! Shuning uchun Abdulla kredit kartasi bilan toʻlaydi, oylik olgan kuni esa pulni kartaga qaytarib solib qoʻyadi.
Agar siz ortiqcha pul sarflab qoʻyishdan qoʻrqsangiz, cheklov oʻrnatib qoʻying — u bir oyda toʻlashga tayyor boʻlgan summangiz miqdorida boʻlsin. Buni yarim daqiqada mobil ilovada yoki internet-bankda amalga oshirish mumkin.
Masalan sizda limiti 3 000 000 soʻm boʻlgan biror bankning kredit kartasi bor, deylik. Agar siz har oyda eng koʻpi 500 000 soʻmni bemalol sarflashingiz mumkin boʻlsa shunday cheklovni oʻrnatib qoʻying. Bu cheklovdan oʻtib ketsangiz, kredit kartasi yordamida toʻlovni amalga oshira olmaysiz.

Deyarli har bir kartada imtiyozli davri boʻladi: biroy, ikki yoki xatto uch oy ham. Agar siz shu muddat ichida sarflangan pullarni qaytarsangiz,foizlar hisoblanmaydi — bu bankdan berilgan boʻlib toʻlashday gap. Kreditkartasi samarali boʻlishini xohlaysizmi? – qarzni vaqtida qaytaring va bankning pullaridan foizlarsiz foydalaning.
Agar qancha qarzingiz borligi esingizda boʻlmasa, qarz miqdori bilan toʻlov sanasini internet-bankda yoki mobil ilovada koʻring. Deyarlihar bir kredit kartasida foizsiz davrni hisobga olgan holdagi maxsus kalkulyatori boʻladi: foizlar qachon hisoblana boshlanishini darhol yaqqol koʻra olasiz.
Oddiy kreditta qarz toʻliq toʻlanib boʻlishi kerak boʻlgan sanasi belgilangan boʻladi. Mijoz grafik boʻyicha toʻlab boradi: maʼlum miqdordagi pulni maʼlum kunda toʻlaydi. Kredit kartasining egasida esa bunday grafik yoʻq, eng muhimi — eng kam toʻlovni kiritish. Bu boʻshashtiradi va qarzning toʻlanishi choʻzilib boraveradi.
Kredit kartasi boʻyicha qarzni tezroq toʻlab boʻlish uchun har oylik toʻlovni koʻpaytirib boring. Gap shundaki, qarz asosiy summa bilan foizlardan kelib chiqadi. Eng kam toʻlov foizlarni toʻliq toʻlashga yetadi, ammo asosiy qarzni toʻlash uchun summaning kichik bir qismi qoladi.
Shuning uchun ham kredit kartasiga iloj bor qadar koʻproqpul kiriting: shunda bank bilan hisob-kitob qilishdan ham tezroq qutulasiz, foizni ham kamroq toʻlaysiz.

Kredit kartasi undan naqd pul yechish uchun toʻgʻri kelmaydi. Sabadi oddiy: karta boʻyicha aylanma qancha koʻp boʻlsa, bank tranzaktsilarda shuncha koʻp pul ishlaydi. Sizni kredit kartasidan foydalanishga undash uchun bank cheklovlar oʻrnatadi. Birinchidan, naqd pul yechganligingiz uchun siz komissiya toʻlovini toʻlaysiz. Ikkinchidan, foizsiz davrdan yoki samarali kredit stavkasidan mahrum boʻlishingiz mumkin. Hamma shartlar shartnomada koʻrsatib qoʻyilgan, shuning uchun ham juda ehtiyot boʻling.
Huddi shunday hol pul mablagʻlarini boshqa kartaga oʻtkazilganida ham roʻy beradi. Bu harid emas, undan bankka zarracha foyda yoʻq. Shuning uchun ham put oʻtkazmalari uchun siz komissiya toʻlovini toʻlash bilan birga, foizlarni ham toʻlay boshlaysiz.
Masalan, Abdulla bankomatda kredit kartasidan 100 000 soʻm pul yechib oldi. Buning uchun u yechib olinayotgan summadan maʼlum foiz miqdoridagi komissiya toʻlovidan tashqari har bir bank alohida oʻzi belgilagan foizi miqdoridagi pulni toʻlaydi, bundan tashqari, birinchi naqd pul yechishi bilanoq uning kredit kartasidagi imtiyozli muddat tugaydi va foiz toʻlash davrining darvozalari lang ochiladi. Buning oʻrniga doʻkondan zarur boʻlgan n arsalarni harid qilib, oylik maoshdan qarz pulini shartta qaytarib bir soʻm ham ortiqcha toʻlamasligi mumkin edi-ku axir. Eh, Abdullajon, Abdullajon!

Agar kredit kartasidan debet kartasi bilan juftlikda foydalanilsa bankning harakatlaridan foyda qilish mumkin. Sizning oyligingiz debet kartasida qoldiq uchun foizi bilan saqlanib turibdi (bankka qoʻyilma kabi), doʻkonlarda esa siz kredit kartasi bilan toʻlayapsiz. Foizsiz muddat tugaganida siz kredit kartasi boʻyicha qarzdorlikni toʻlaysiz. Sizning foydangiz oylikdan foiz va kredit kartasi boʻyicha bonus. Qanaqa bonusligi hozir tushuntirib beramiz.
Agar sinab koʻrishni istasangiz, debet kartasi boʻyicha foizlar hisoblanishiga ishonch hosil qiling.
Mijozlarni jalb qilish uchun banklar sodiqlik dasturlaridan foydalanadilar. Masalan, haridlar uchun bonuslar hisoblanadi: millar, ballar, plyuslar, layklar. Turli kartalarning bonus dasturlari turlicha.
Masalan, shunday kredit kartalar borki, barcha haridlarning bir foizi ball koʻrinishida kartangizga qaytadi. Ular bilan restoranlarda yoki kafelardagi sarflarni qoplash mumkin. Ballarni yechib olib pullarni hisob raqamiga tushiring.
Xarajatlar roʻyxatida kafedagi haridni tanlang. Uni kredit kartangizda toʻplangan ballar bilan toʻlang: bonuslar yechib olinadi, pullar esa hisob raqamiga tushadi.
Ayrim kartalar boʻyicha qilingan haridlarda qiymatdan 30 foizgacha tejab qolish mumkin. Imtiyozli shartlarni banklarning hamkorlari taklif etadi: ommabop tarmoqli va internet-doʻkonlar, onlayn-xizmatlar va turoperatorlar. Kosmetika, kiyim-kechak va poyafzalni harid qiling, oʻquv kurslari uchun toʻlovlarni toʻlang, aviachiptalarni bron qiling — shunda harajatlarning bir qismi oʻz xisobingizga ballar koʻrinishida qaytib keladi.
Yaxshi kredit kartasi va undan oqilona foydalanish pul olib kelishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



