Qiziqarli

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kubik rubik- oʻyinchoqlar savdosi borasida yetakchillikka erishgan. Bugungi kunga qadar 350 million kubik rubik sotilgan.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

1980 va 1981-yillarda kubik rubik yil oʻyinchogʻi deya tan olingan.

Uni juda koʻpchilik Kub boshqotirmasi deb ham ataydi. Bu albatta notogʻri. Uning haqiqiy atalishi - Kubik Rubikdir.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kubik Rubikning har qanday kombinatsiyasini 20 yoki undan kam boʻlgan harakat bilan yechish mumkin.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Qizigʻi shundaki, Oskar Van Deventer standart 3x3x3 boʻlgan kubik rubikdan farqli oʻlaroq, 17x17x17 boʻlgan kubik rubikni yaratdi.

Kubik Rubikni minimal harakatga keltiradigan algoritm "Xudo algoritmi" deb nomlanadi. Kompyuterda katta hajmli hisob-kitoblar yordamida matematik Tomas Rokitki kubik rubikni qurish uchun 22 ta harakatning etarli ekanligini isbotladi.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Los-Anjelesdan kelgan 16 yoshli talaba 1982 yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan birinchi jahon chempionatida kubik rubikni 22,95 soniyada toʻgʻirlab, gʻolib boʻlgan. Mutaxassislar jumboqni 24-28 yechishlari mumkin edi.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Fakt oʻrnida shuni aytish kerakki, Finlandiyalik Anssi Vanxala 36,72 soniyada oyoqlari bilan kubik rubik boshqotirmasini yechib ulgurgan.

Kubik Rubikni yuqori tezlikda yigʻishni yaxshi koʻradigan odamlar spidkuberlar deb ataladi.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Kubik Rubik boshqotirmasini yechish boʻyicha joriy rekord Gollandiyalik Mats Valkga tegishli. U jumboqni 5.55 sekund ichida yechishga ulgurgan.

Balandligi 3 metr va ogʻirligi 500 kg boʻlgan eng katta kubik rubik Tennessi shtatining Noksvill shahrida (AQSh) joylashgan.

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar

Yuzasi 10 mm boʻlgan eng kichik kubik rubikni rossiyalik dasturchi Evgeniy Grigoryev yasagan.

Eng qimmat kubik 1995 yilda Diamond Cutters International tomonidan yaratilgan "Maste rpiece Cube" edi. Kubik rubik 22,5 karatli ametist, 34 karat yoqut, 34 karat zumrad va 18 karatli oltindan yasalgan va 1,5 million dollarga baholangan. 

Kubik rubik haqida qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar