Kundalik hayotda qoʻl keladigan "ayyorona" usullar


Lekin hayot kutilmagan hodisalarga toʻla: kiyimga gohida ichimlik toʻkib tashlaysan,gohida qandaydir dogʻni qayerdandir orttirib olasan! Biroq ushbu holatga uchrasangiz kiyimingizni tashlab yuborish yoki boʻlmasa pol lattaga aylantirishga shoshilmang.
Sizning eʼtiboringizga kiyimlaringiz va poyafzallaringizning umrini uzaytiradigan bir nechta "hiylali" maslahatlarni keltirib oʻtamiz.

1.Kiyimda qoʻltiq ostida qolgan dogʻni ketkazish uchun limon sharbati yoki boʻlmasa choy sodasini ishlating.
2.Sevimli jemperingiz choʻzilib ketmasligi uchun, havo oʻtkazmaydigan paketga joylab 3-4 soatga muzlatgichga qoʻying. Shu jarayondan keyin u keyingi mavsumgacha oʻz holatini saqlab qoladi.

3.Kiyimlarni statik elektrlanishini hohlamasangiz, kiyishdan oldin teskari tomonini quruq salfetka bilan artib qoʻying.
4. Kiyimlardagi kichik gʻijimlanishdan soch uchun moʻljallangan dazmol orqali xalos boʻlishingiz mumkin.

5. Yorqin rangli kiyimlarda kosmetik vositalardan qoʻlgan dogʻni soqol olishda ishlatiladigan koʻpik yordamida ketkazishingiz mumkin.
6. Poyabzalingiz oʻzingizga tordek tuyilayabdimi? Xechqisi yoq! Paketga suv toʻldiring va uni poyabzalingizi chiga soling. Soʻngra oyoq kiyimingizni 1 kechaga muzxonada qoldiring.

7. Qizil sharobdan qolgan dogʻni oq sharob quyish orqali ketkazish mumkin. Ustidan oshxona sodasini seping va 2-3 soatdan soʻng yuvib tashlang.
8. Etiklarni shaklini saqlab qolish uchun ichiga gʻijimlangan jurnal varoqlarini soling.

9. Qizil rangli lab boʻyogʻi izini kiyimlardan ketkazish uchun soch turmagida ishlatiladigan lakdan foydalaning.
10.Toʻq rangli jinsilar oʻz tusini yoʻqotmasligi uchun yuvish jarayonida kir mashinasiga yarim stakan distillangan sirka qoʻshing.

Umid qilamizki, ushbu maslaxatlarimiz siz yoki yaqiningizga qoʻl keladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



