Qiziqarli

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

1. Kuldiga shahridagi Ventas Rumba -Yevropadagi eng keng sharsharadir. Bahorda, urugʻlanish joylariga boradigan baliqning toʻsiq ustidan sakrab oʻtishini koʻrishingiz mumkin.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

2. Latviyada dunyodagi eng tez Internet.

Latviya simsiz jannat. U Internetga ulanish tezligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi va Rigada bepul Wi-Fi-dan foydalanishingiz mumkin boʻlgan 800 dan ortiq punkt mavjud. Latviya, shuningdek 2012 yilda telefon suhbati davomiyligi  boʻyicha dunyo rekordini oʻrnatdi - marafon 54 soat 4 daqiqa davom etdi.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

3. Latviya bayrogʻi dunyodagi eng qadimiy bayroqlardan biridir.

Birinchi marta zamonaviy shaklda Latviya bayrogʻi 1280 yilda ishlatilgan. Undan faqat Daniya bayrogʻi katta.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

4. Latviya oʻzta biatiga gʻamxoʻrlik qiladi

Latviya hududining taxminan 20 foizi qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar bilan qoplangan.Mamlakatda 4 ta milliy bogʻlar (Gauja, Kemeri, Splitere, Razna), 42 ta tabiat bogʻlari, 260 ta qoʻriqxonalar, 255 ta tabiat yodgorliklari, 7 ta qoʻriqlanadigan dengiz hududlari va Shimoliy Vidzeme biosfera qoʻriqxonasi mavjud.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

5. Latviya alkogollari shamollashni davolaydi.

Riga Black Balsam - bu Latviyaning tashrif qogʻozidir. Uning taʼmi turli xil tabiiy qoʻshimchalar, jumladan joʻka gullari, qayin kurtaklari, malina, zanjabil ildizi bilan ajralib turadi. Riga qora balzami Yevropada allaqachon 1752 yilda maʼlum boʻlgan. Balzamni kofe yoki kokteylga qoʻshimcha sifatida yoki asl maqsadida - dori sifatida ishlatish mumkin.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

6. Latviya hududining yarmini oʻrmonlar egallaydi.

Latviya hududining qariyb 54 foizini oʻrmonlar egallaydi, bu esa uni Yevropaning eng yashil 5 mamlakatidan biriga aylantiradi. Bu yerda qora laylaklar, qunduzlar,silovsinlar va boʻrilar, shuningdek, koʻplab kiyik, yovvoyi choʻchqalar,ilonlar va qizil tulkilar yashaydi.

7. Latviya Afrika va Karib dengizida mustamlakalariga ega edi. 

17-asrda Gʻarbiy Latviya hududini egallagan mustaqil Kurzeme gersogligi Afrikadagi Gambiyayaning bir qismi va Karib dengizidagi Tobago orolini boshqargan.

8. Latviyada qadimiy anʼanalarni hurmat qilishadi.

Latviyada pivo tayyorlashning azaliy anʼanasi mavjud. Cesis Pivo zavodi Shimoliy Evropada eng qadimgi hisoblanadi. Birinchi yozuvlar 1590-yillarga toʻgʻri keladi.

Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt

9. Latviya valyutasi Evropada eng qimmatli edi.

 Latviya pul birligi 2012 yilda Yevropadagi eng qimmat valyuta deb tan olingan edi. 2013 yil uchun 1 Lat 64 rubl edi, oʻsha paytda 1 evro 45 rubl boʻlgan. Afsuski,2014 yilda Latviya yevroga oʻtdi va Evropadagi eng qimmat valyuta unvonidan mahrum boʻldi.

10.Latviya juda qoʻshiq sevar mamlakat

Latviya folklorida milliondan ortiq qoʻshiqlar mavjud - ular daynalar deb nomlanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar