Marsning ilk odamlari bolalar va naslni davom ettirishdan voz kechishga majbur boʻladi

"Tabiiyki, Marsda avtonom koloniyalarning mavjudligi naslni davom ettirish boʻlmaganda imkoni boʻlmaydi. Boshqa tomondan, bu harakatni amalga oshirish uchun bir urinish bir qator deyarli hal qilib boʻlmaydigan muammolarga olib keladi", - deb yozadi Kampinasdagi (Braziliya) binoanlar Milliy laboratoriyasining mutaxassisi Rafael Markes (Rafael Marques) va uning hamkasblari.

2016 yilning sentyabr oyida SpaceX korporatsiyasining rahbari Ilon Mask Marsni kolonizatsiya qilishi boʻyicha keng koʻlamli rejalari toʻgʻrisida Ushbu rejalar doirasida u oʻta ogʻir raketa va asrning oxiriga borib chamasi bir million kishini Marsga yetkazib qoʻyadigan koʻp marta ishlatiluvchi sayyoralararo kosmik kemalar flotining yaratilishi toʻgʻrisida dunyoni xabardor qilgan edi.

Maskning taʼrifiga koʻra bu jarayonning asosiy maqsadi - hayot uchun zarur boʻlgan har bir narsa bilan oʻzini oʻzi bemalol taʼminlay oladigan, Yer sayyorasidagi insonlar hamjamiyatidan qolishmaydigan toʻla quvvatli jamiyat boʻla oladigan Mars sayyorasidagi toʻlaligicha mustaqil "millionchi" shaharni yaratishdir.

Ilon Mask va uning hamkasblari Mars kolonizatsiyasi uchun nafaqat vujudga kelishi mumkin boʻlgan texnologik toʻsiqlarni, balki oʻzga sayyoradagi hayotning biologik oqibatlarini ham hisobga olgan holda bugungi voqeliklar sharoitida buni amalga oshirishning qanchalik imkoni borligi toʻgʻrisida oʻylanib qoldilar.

Misol uchun, yuqori darajadagi radiatsiya Marsga qilingan ekspeditsiyalarning asosiy toʻsiqlaridan biri hisoblanadi. Bundan besh yil avval, Curiosity marsoxodining bortida RAD moslamasidan qizil sayyoraga parvoz davomida toʻplanib olingan maʼlumotlar, shuni koʻrsatdiki, safar davomida odam halokatli darajadagi radiatsiya dozasini olishi mumkin, deb koʻrsatgan. Keyinchalik, Mars yuzasining nurlanish darajasi koinotdagi bilan deyarli bir xil ekanligini aniqlangan edi.

Maqola mualliflarining hisoblashlaricha, radiatsiya birinchi Mars mustamlakachilarining asosiy "dushmani" boʻladi. Ionli nurlanishlardan koloniyalarni himoya qilinganligiga qaramay, u Marsning birinchi aholisiga tabiy resurslardan foydalanish, sayyorani tadqiq qilish va deyarli har qanday harakatlarni amalga oshirishga doimiy ravishda halaqit beradi.

Ayniqsa kuchli radiatsiya va Marsda "normal" ogʻirlik kuchi yoʻqligi homiladorlik paytida shunday ham immun tizimi zaiflashgan homilador ayollarning hayotiga taʼsir qiladi. Bu xavfli kombinatsiya bir vaqtning oʻzida bolaning rivojlanishida nuqsonlari paydo boʻlishiga sabab boʻlishi bilan birga saraton kasalligini orttirib olish yoki onaning infeksiyalari tufayli vafot etish ehtimolini oshirib yuborishi mumkin.

Bu muammolar esa, oʻz navbatida, qizil sayyoradagi hayotning boshqa bir muhim tomoniga yuklanadi – zahiralar chegaralanganlikning oʻta yuqorilashadi. Yerdan farqli oʻlaroq, bunday koloniya aholisida oʻzlariga nisbatan shunchaki insonparvar boʻlishga, umidsiz kasal odamlar yoki nuqsonlar bilan tugʻilgan bolalarning hayoti uchun kurashishga imkonlari boʻlmaydi.
Insonning hayoti eng yuqori qiymat boʻlgan insonparvarlik gʻoyasi Marsda ishlamaydi. Hayotning noqulay sharoitlari va mustamlakachilar aholisining kichik hajmi jamoaning manfaatlarini alohida har bir insonning farovonligi yoki hayotidan koʻra afzalroq qilib qoʻyadi.

Bundan tashqari, Marsdagi hayot shu kabi kolonyalarning hukumatini maʼlum juftliklar qay darajada sogʻlom zurriyot berishi mumkinligini baholay oladigan majburiy irsiy test tizimini joriy etishga majbur qilib qoʻyishi mumkin. Baʼzi hollarda "jamoa" oʻta noqulay mutatsiyalarning tashuvchilariga oʻz naslini davom ettirishni yoki qarama-qarshi jinsdagilar bilan butunlay aloqa qilishi taqiqlab qoʻyishi ham mumkin.
Mask va uning hamkasblari hisoblashicha, bu muammo faqat inson toʻligʻicha nurlanishdan yetarlicha himoyalangan vaqt kelganidan keyin hal qilinishi mumkin. Bunga butun sayyorani "radiatsion qalqon" bilan oʻrab chiqqan holda texnologik yoʻl bilan birga mustamlakachilarning DNKlarini oʻzgartirib, ularni yuqori quvvat fotonlari va koinot nurlarining taʼsiriga chidamligini yetarli darajada oshirish yoʻli bilan ham erishish mumkin. Insoniyat bu muammolarni hal qilgandan keyingina u Ilon Mask va marhum Stiven Xoking orzu qilganlaridek toʻlaligicha “koinot turidagi mavjudot” boʻla olishi mumkin, - deb yakun yasaydilar maqola mualliflari.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



