Marvaridlar haqida 20 qiziqarli maʼlumot

1. Marvarid hech qanday qayta ishlovni talab etmaydigan yakkayu yagona qimmatbaho tosh xisoblanadi.

2. Estetik mukammalik va amaliy foyda ushbu materialning ajdodlarimiz tomonidan faol ishlatila boshlashning sababchisi boʻlib qoldi. Arxeologlar ushbu toshning nafaqat yuqori ommabopligi, uning qimmatligi toʻgʻrisidagi koʻplab maʼlumotlarni topdilar. Bu tabiat tuhfasini olish oson ishlardan emas edi.

3. Mazkur qimmatbaho toshni faol ishlata boshlagan odamlar xitoyliklar boʻlishadi. Ular tahminan 42 asr avval marvaridni keng qoʻllay boshladilar. Darvoqe, dastlabda material zebi-ziynat sifatida ishlatilmagan, balki pul vazifasini bajargan. Shunday guvohliklar saqlanib qolganki, ularda koʻrsatilishicha eramizdan avval 2206 yilda xitoy imperatori Yu mamlakat axolisiga marvarid soligʻini joriy etilgan.
Qadimiy xitoyliklar uchun marvarid yirik pul birliklarining ekvivalenti xisoblangan va shuningdek ijtimoiy holatdan darak bergan. Masalan, mamlakatning barcha yirik saroy amaldorlari oʻzlarining bosh kiyimlarida shu qimmatbaho toshlarni olib yurganlar va bu yuqori ijtimoiy maqom, shuningdek holatdan darak beruvchi belgi boʻlib xizmat qilgan.

4. Afsonalarda aytilishicha, Qirolicha Semiramida marvaridni juda yaxshi koʻrgan va bayramlarda oʻzini hamda saroy xizmatchilarini yorqin-pushti marvariddan tayyorlangan zebi-ziynat bilan xursand qilgan. Kleopatra esa marvaridni vino bokalining ichida eritib yuborishga erishgan va shu vinoni Mark Antoniyning koʻzi oldida ichgan ekan. Xamma gap bahsda edi: u oʻzi tomonidan tayyorlangan kechki ovqat eng qimmati boʻlishini aytgan. Va pand yemagan!

5. Tabiat marvaridning 8 nafar koʻrinishini yaratgan: notoʻgʻri shakl, tugmacha, sfera, oval, yarimdumaloq, noksimon va dumaloq.

6. Mashxur sarkarda istʼedodli lashkarboshi va dovyurak jangchi Aleksandr Makedonskiy oʻzining Hindistonga qilgan yurishidan avval Sokotra orolini bosib olgan edi. Bu orol oʻzining qora marvaridi bilan mashxur boʻlgan. Mazkur oroldagi qora marvaridlar Aleksandrni shunchalar ilhomlantirdiki, u bu goʻzallikni oppoq marvaridlar bilan birga oʻz vatani – Yunonistonga joʻnatib yuborgan.

Shundan keyin qimmatbaho tosh bilan nafaqat zodagonlar, balki oddiy fuqarolar qiziqa boshlashgan.
7. Mariya Medichi oʻz oʻgʻli Lyudovik XIII ning choʻqintirilish marosimiga umumiy soni 30 mingdan iborat marvarid donalari tikilgan koʻylak kiygan.

8. Bugungi kunda taniqli Margarita ismi grek tilidan tarjima qilinganida “marvarid” maʼnosini anglatadi. Qadimgi greklar ushbu tosh janjallarning oldini olib, oilaviy baxtga xamroh boʻlishiga ishonganlar.

8. Bugungi kunda taniqli Margarita ismi grek tilidan tarjima qilinganida “marvarid” maʼnosini anglatadi. Qadimgi greklar ushbu tosh janjallarning oldini olib, oilaviy baxtga xamroh boʻlishiga ishonganlar.

10. Yelizaveta I – xitoy marvaridining ashaddiy ishqibozi boʻlgan. Marvarid marjon uning boʻynini xar kuni bezab turardi.

11. Ispaniya qiroli Filipp II oʻz vaqtida “Perigrina” nomli notabiiy noksimon marvaridning egasi boʻlgan. Bu ziynat buyumi oʻzining mavjudligi davrida bir necha egalarini almashtirdi: u Mariya Tyudorga ham tegishli boʻlgan, keyin Napoleon III ning qoʻliga oʻtgan.
Keyinchalik bu ziynat buyumi Elizabet Teylorning tuhfa etildi. “Perigrina” oʻzining oxirgi egasi tufayli brilliantlar ishtirokidagi marvarid marjonning eng muhim ziynati boʻlib qoldi.

12. Rus oʻlkasi hududidagi150 nafar marvarid hosil qiluvchi daryolar ushbu toshni ovlash kasbining keng tarqalishiga sababchi boʻlgan. Bu hunar Rossiyaning shimoliy-gʻarbiy qismida keng tarqaldi. Kiev Rusida ham marvarid ovlangan paytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga duch kelish mumkin.

13. Marvarid rus tilidagi tarchimasi, yaʼni “jemchug” soʻzi Rossiyaga Xitoydan kirib kelgan. U xitoycha “chjen-chju” soʻzidan tashkil topgan, keyin esa ruscha “zenjug”ga moslashgan. Soʻz oʻrnida, Rusiyada marvariddan milliy kiyimlarga kashta solish sanʼati namunalari serob boʻlgan. Shu bilan birga, bunday kashtadoʻzlik faqatgina ayollarning liboslarida emas, erkaklar liboslarida ham uchrab turgan.

14. Marvaridlar hech qachon birlashib oʻsib ketmaydilar. “Katta Janubiy Krest” toshi bu boradagi istisno boʻlib qoldi. Usta chigʻanoqni ochib koʻrganida katta krest koʻrinishida 9 nafar marvarid birlashib ketganini koʻrgan edi.

15. Zardoʻz mutaxassislar tomonidan ishlov berish uchun yaroqli tabiiy marvarid bugungi kunda juda kamdan kam uchraydi. Bunga sabab chigʻanoqlarning vahshiyona qirilib ketishidir: XIX asrda sanoatchilar va qoʻli egri ishbilarmonlar bir dona tosh uchun yuz minglab tabiiy “ishlab chiqaruvchilar”ni ochib tashlashga tayyor edilar.
Boylik orttirish maqsadidagi bunday intilishlari bilan ishbilarmonlar marvaridlarni dunyoga keltiruvchi chigʻanoq-molyusklarni yoʻqolib ketish xavfi chegarasiga olib kelib qoʻydilar.1952 yildan buyon marvarid chigʻanoqlarini ovlash dunyo miqyosida taqiqlangan.

16. Marvaridlarni yetishtirish texnologiyasi tarixi bilan Xitoyga borib taqaladi: u paytda ustalar chigʻanoqlar ichiga Buddaning qoʻrgʻoshin xaykalchalarini kiritar edilar. Qimmatbaxo toshni yetishtirish sohasidagi tadqiqotlar 1767 yilda Shvetsiyada, shuningdek 1915 yilda Yaponiyada davom ettirildi. Marvarid yetishtirish masalalari bilan rossiyalik olimlar ham shugʻullanganlar, bu borada ayniqsa yaponiyalik K. Mikimotoning tadqiqotlarini tilga olish joiz.
U chigʻanoq ichiga sadaf rangli sharcha kiritishni taklif qilgan. Bu sharcha donor ustritsasining qobiq burmasi bilan oʻralishini taxmin qilgan. Lekin, tajriba uchun olingan toʻrt ustritsalarning bittaginasidagina marvarid paydo boʻlgan. Shu bilan birga toʻrtta ustritsaning faqat bittasida marvaridning sifati 0,4 mm qalinlikdagi oʻstirilgan qatlami bilan talab darajasiga yetar edi.

U chigʻanoq ichiga sadaf rangli sharcha kiritishni taklif qilgan. Bu sharcha donor ustritsasining qobiq burmasi bilan oʻralishini taxmin qilgan. Lekin, tajriba uchun olingan toʻrt ustritsalarning bittaginasidagina marvarid paydo boʻlgan. Shu bilan birga toʻrtta ustritsaning faqat bittasida marvaridning sifati 0,4 mm qalinlikdagi oʻstirilgan qatlami bilan talab darajasiga yetar edi.

18. “Regent” marvaridi eng qimmat marvarid unvonining egasi boʻlib qoldi. Uning yana boshqa nomi ham bor – “Bonapart oilasining durdonasi”. Buyuk imperator Napoleon bu ziynatni 1811 yilda oʻzining boʻlajak xotini Mariya Luiza uchun sotib olgan edi. Shundan keyin bu tosh Faberjenging qoʻliga oʻtgan. 2005 yilda marvarid kimoshdi savdosida rekord summa – 2,5 million AQSH dollariga evaziga sotilgan.

19. Koko Shanel ham marvaridni yuqori baholardi va xurmat qilar edi. Bu ziynat xar qanday ayolga mos kelishi va xar qaysi libosga chiroyli toʻldiruvchi sifatida xizmat qilajagini nazarda tutib “Dur doimo xaq!” iborasini aynan u aytgan. Oq marvaridning qora sviter, qora koʻylak va toʻq elegant jaket bilan klassik uygʻunligi esa katta ommaboplikni qoʻlga kiritgan.

20. Dunyoning eng katta marvaridi Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning nomlanishi esa “Alloh durdonasi”. Marvaridning vazni 6,35 kilogramm, diametri 238 millimetr va u 32 000 karat.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



