Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?


Shanel brendining asoschisi Koko Shanel xonim parfyumer texnologi Ernest Bo tomonidan tayyorlangan iforlarning 5-sini afzal bilib, uni tanlagan. Atirlarning rasmiy chiqarilish sanasi ham 05.05.1921 yilga toʻgʻri kelgan.

Hayns kompaniyasi mingdan ortiq turli mahsulotlar chiqarishiga qaramay “57 xil” nomi bilan ataladi. Nima uchun? Gap shundaki, kunlarning birida Genri Hayns kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni birma-bir sanab chiqayotgan edi. Mahsulotlar soni 60 tadan oshganiga qaramay, 57 sonini juda yoqtirib qoldi. Uning nazarida bu son moʻjizaviy xususiyatga ega edi, ayniqsa 7 raqami noyob ruhiy joziba bahsh etar edi.

Porshe 911 dunyodagi eng muhim avtomobillardan biri hisoblanadi. Nima uchun aynan 911 sonlari bilan ataladi?
Dastlab avtomobil Porshe 901, deb nomlanishi kerak edi, biroq Peugeot kompaniyasi oʻrtasida 0 boʻlgan uch xonali raqamning mualliflik huquqiga ega ekanligini maʼlum qilib, bu nomni almashtirishga majbur qildi. Shuning uchun 0 ni 1 almashtirishgan.

Ichimlikning bunday atalishiga sabab nima? 7UP ning Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi distribyutori boʻlmish Britvic kompaniyasining taʼkidlashicha, ushbu brend ichimlikning 7 ta asosiy tarkibiy qismlari sharafiga shunday atalgan. Ushbu ichimlik 1929 yilda chiqarila boshlagan, uning dastlabki nomi – “Bib-label Lithiated Lemon Lime Soda”. Bu uzun nomning aytilishi juda qiyin boʻlgan, shuning uchun uni soddalashtirishga qaror qilingan.

Nima uchun bu samolyotga 747 raqami berilgan? Ikkinchi jahon urushidan keyin samolyotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya oʻz muhandislik departamentlarini turli xil raqamlangan boʻlimlarga boʻlib tashlagan: 300 va 400 chilari – samolyotlar uchun, 500 chi – gaz turbinali dvigatellar uchun, 600 chi – raketalar uchun, 700 chi – reaktiv yoʻlovchi samolyotlar uchun.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



