Qiziqarli

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Aslini olganda sirli koʻrinishga ega boʻlgan maʼlumotlar oʻsha inson haqida koʻproq oʻrganish va izlanishga majbur qiladi. Bu esa bilimga chanqoq insonlar uchunayni muddaodir. Umid qilamizki, ushbu maqolani mutolaa qilgach, yana bir necha kitobni oʻqish uchun sizda istak paydo boʻladi. 

Napoleon Korsika orolining Ayachcho hududida tugʻilgan boʻlib, uning barcha ajdodlari florensiyaliklar boʻlishgan. Shu sababni uni fransuz emas, italiyalik, aniqrogʻi korsikalik deb atash mumkin. Napaleon yoshlik paytlarida maktabda italyan tilini oʻrgangan, fransuz tilini esa 10 yoshga kiribgina oʻrgana boshlagan.

Bonapart Fransiya va Italiya imperatori sanalgan. Shu sababli Italiyaning bayrogʻi ishlab chiqilayotgan paytda ish boshida turgan, asos sifatida esa Fransiya bayrogʻidan foydalanganlar. Bu oʻrindagi yagona oʻzgarish moviy rangning yashilga almashtirilishi boʻlgan. 

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Avraam Linkoln Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng mashhur prezidentlaridan biri edi. U yoshlik paytlarida tajribali kurashchi boʻlgan. U koʻp hollarda olomonga qarata ularni kurashishga chaqirgan, istalgan odam bilan kuch sinashishi mumkinligini aytgan. Aynan shu kabi harakatlari sababli unga "Kurashchilar shuhrati" milliy zalidan joy ajratganlar. Uning kurashchi sifatidagi laqabi "Haqqoniy Eyb" boʻlib, hamisha oʻz qarzlarini toʻligʻicha qaytarish odatini sababli ham mazkur nomga munosib koʻrilgan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

JannadʼArk yashagan zamonlarda sochlari qirqilgan qizlarni uchratish deyarli imkonsiz edi. Maʼlumotlarga koʻra, Janna allaqanday turtki sabab bu ishni birinchilardan boʻlib sinab koʻrgan. Oradan 500 yil vaqt oʻtib fransuz qahramoni haqidagi ushbu fakt polshalik sartaroshlardan birini ilhomlantirib yuborgan va buning oqibatida sartarosh mashhur "Bob" turmagini yaratgan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Buyuk fizik 1955 yilda yorugʻ olamni tark etgan. Uning oʻlim sababi aorta tomirining yorilishi boʻlib, ushbu natija patologoanatom Tomas Xarvi tomonidan maʼlum qilingan. Ammo Xarvi fizikning oʻlim sababini topish bilan cheklanmagan ekan. U olimning miya qismini oʻrganib, uni bosh suyagidan ajratib olgan va boʻsh qolgan sohani balzam bilan toʻldirgan. Eng qizigʻi, oddiy odamlarning miyasi ogʻirligi 1400 grammga teng boʻlsa, Eynshteynda bu koʻrsatkich 1230 grammni tashkil qilgan.

 

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Tarixningeng goʻzal va omadli aktrisalaridan biri boʻlmish Merilin Monroning taqdiri juda ogʻir hamda baxtsiz edi. Uning onasi uzoq vaqt davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan, shu sababli qiz yetimxonada ulgʻaygan. Uni 11 marta turli oilalar asrab olmoqchi boʻlishgan, ammo har safar yetimxonaga qaytarib olib kelaverganlar.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Koʻpchilik uchun tanish boʻlgan "Qirol oʻldi, yashasin qirol!" jumlasi ilk marta Karl VII ning toj kiydirish marosimida aytilgan. Bu hodisa 1422 yilda sodir boʻlgan edi. Mashhur jumlani avvalgi qirolni dafn etayotgan paytda aytishgan. Uning maʼnosi esa qirollikning bir odamdan ikkinchisi qoʻlida oʻtishini anglatgan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Bizuchun mahur nazariya orqali tanish boʻlgan olim aslida biologiya sohasida maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan. Maktabni bitirgan Darvin oilaviy anʼanani davom ettirish uchun tibbiyot sohasiga, Edinburg universitetiga oʻqishga kiradi.

Ammo tez orada tibbiyotni sohasini ham tashlab ketadi. Boisi olim qondan haddan tashqari qoʻrqar edi.

Balki bu siz uchun yangilik boʻlar, ammo Charlz Darvin hech qachon odamning maymundan tarqalganini tasdiqlamagan. U shunchaki odamlar va odamsimon maymunlarning umumiy ajdodi boʻlishi mumkinligi haqida tahmin qilgan, bu esa bir-biridan butunlay farqli tushuncha. 

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Yuliy Sezar hamisha va har yerda lavr yaproqlaridan tayyorlangan gulchambar taqib yurgan. Hukmdor bu orqali sochlarining toʻkilayotganini berkitmoqchi boʻlgan ekan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Qirol Alfonso XIII saroyidagi maxsus lavozimda - madhiyachi faoliyat olib borgan.Alfonso XIII musiqiy qobiliyatga ega boʻlmagan, shu sababli ham madhiyani boshqa kuylardan ajrata olmasdi. Madhiyachining vazifasi esa qirolga milliy madhiyaning yangray boshlagani haqida avvaldan xabar qilib qoʻyish sanalardi. 

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Mashhur tadbirkor Genri Fordning kompaniyasiga xodimlarni ularning salomatligidan qatʼiy nazar qabul qilishardi. Misol uchun 1917 yilda kompaniyada 6000ta nogiron mehnat qilgan. Shu tariqa bu kompaniyaning oʻzgarmas anʼanasiga aylanib qoldi.

Bundan tashqari tadbirkor barcha xodimlarga bir hil maosh berishni ham muhim deb bilgan. Fordning aytishicha, jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar bir hil turdagi ishlarni bajarish uchun boshqalarga nisbatan qobiliyatliroq boʻlganlar.  

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

Afsonalar orasida Kolumbga hasad qilgan insonlar va dengizchining ularga nisbatan javobi haqidagi hikoya ham bor. Ushbu gʻiybatchi insonlar Kolumbga hamisha Amerikani ochish unchalik qiyin boʻlmaganini  takror aytishardi. Tabiiyki, ispan dengizchisi bundan gʻazablanardi. Kolumb ularga nisbatan quyidagicha chora koʻrishga qaror qildi: dengizchi raqobatchilarining barchasiga bittadan tuxum olib, uni tik holatda qoʻyish kerakligini aytadi. Ular qanchalik harakat qilmasinlar, buning uddasidan chiqa olishmaydi.

Shunda tuxumlardan birini qoʻlga olgan dengizchi uni tezkor ravishda aylantiradi va shu holatda stol ustiga qoʻyadi. Keyin esa qolganlarga qarata "Amerikani kashf qilish mana shunday " oson" boʻldi" degan ekan.

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....

 

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Volter qahva ichishni juda ham yaxshi koʻrgan. U kuniga 50 finjon qahvani paqqos tushirardi. Toʻgʻri, bu biz uchun odatiy qahva emas, shokolad va qahvali qorishma boʻlgan. Bu kabi tetiklashtiruvchi ichimlikka roʻju qoʻygan faylasufga qarata atrofdagilar uning tez orada oʻlishini bashorat qilganlar. Ammo Volter 83 yil umr koʻrib ularni hayratga qoldirgan. 

Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....
Mashhur insonlar haqidagi ushbu faktlarni sizga hech kim aytmagan. Buning sababi....
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar