Foydali

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Xonanda, aktrisa, televideniya va radio boshlovchisi, "VIA Gra" guruhining sobiq aʼzosi, OIV / OITS boʻyicha BMTning xayrixoh elchisi boʻlgan Vera Brejneva oʻz taronalari bilan koʻpchilikning qalbidan joy egallashga ulgurgan.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Opa-singil Bella va Jiji Xadidlar deyarli bir vaqtning oʻzida dunyodagi barcha dizaynerlar va barcha podiumlar eʼtiborini jalb qilishdi. Moda olamida aql bovar qilmas mashhurligi hamda beixtiyor raqobatchiligiga qaramay, ular oʻzaro juda mehribon va mukammal ravishda bir-birlarini toʻldirib turishadi.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Irina Sheyk- jahon miqyosidagi rus supermodelidir. Yashil koʻzli bu goʻzal oʻzining mehnatsevarligi va taniqli kishilar bilan ishqiy munosabatlari tufayli tugʻilgan mamlakatidan tashqarida ham yaxshigina tanilgan. Sheyk zamonamizning eng taniqli supermodellaridan biridir.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Ajoyib koʻrinishga ega bu bugʻdoyrang sohibjamolning nomini bilmaydigan inson boʻlmasa kerak. U ijodiy faoliyatini raqqosa sifatida boshladi, keyin filmlarda rol oʻynay boshladi. Biroz vaqt oʻtgach, Jenifer oʻzini vokal sanʼatida sinab koʻrdi. Unga dunyo miqyosidagi shuhrat va mashhurlikni keltirgan narsa ham aynan qoʻshiq edi. Oʻzining uzoq ijodiy biografiyasi davomida Lopez bir nechta albomlarini yozdi, bir qator mashhur filmlarda suratga tushdi. Ushbu aktrisa "Oltin globus" mukofotiga sazovor boʻlgan va muvaffaqiyatli ishbilarmon ayolga aylangan.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Julia Roberts taniqli aktrisa, Gollivudning romantik komediyalari va melodramalari yulduzidir. Uning yoshligidagi suratiga nazar tashlang:

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Kolumbiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, raqqosa, musiqiy prodyuser, xoreograf va modellik faoliyatlari bilan shugʻullanuvchi maftunkor Shakira ham bolalak chogʻida juda yoqimtoy boʻlgan ekan.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Braziliyalik supermodel va aktrisa. 2004 yildan 2013 yilgacha u dunyodagi eng koʻp maosh oladigan model boʻlgan. 

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Kembrij gersogi Uilyamning rafiqasi. Keyt  Midltonning yoshligidagi suratiga nazar tashlab gersoginya tugʻma maftunkor ekanligiga guvoh boʻlish mumkin.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Amerikalik supermodel, MTV boshlovchisi va taniqli aktrisa.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Shou-biznes va reklama dunyosida har kuni yangi yulduzlar porlaydi, ammo ularning ichida atigi bir nechtasi Klaudiya Shiffer singari omma yodida uzoq qola oladi. Uning bolalik suratiga boqib omad qurshovidagi koʻzlari porlab turgan qizaloqni koʻrish mumkin.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Rossiyalik mashhur qoʻshiqchi, teleboshlovchi va aktrisa Alsuning ijodi deyarli barchaga birdek sevimli. 

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Beyonse yoki shunchaki Qirolicha B 9 yoshida katta sahnaga chiqib, mashhur pop triosining tarkibida shon-sharafga qarab yoʻl olgan va keyinchalik yakkaxon tarzda oʻz muvaffaqiyatini takrorlagan. Endilikda u eri, reper Jey-Zi bilan birgalikda  "Carters"ning aʼzosi.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari

Maftunkorlikda koʻpchilikni ortda qoldiruvchi goʻzal aktrisa Anjelina Jolining yoshlik chogʻidagi suratiga boqib, u bunday jozibador qiyofa uchun ota-onasidan qanchalar qarzdor ekanini faxmlash mumkin.

Mashhurlikka erishgan goʻzallarning bolalikdagi qiyofalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar