Mavjudligi haqida siz bilmagan va xatto tasavvur ham qilmagan 23 nafar antiqa jonivorlar

Amfibiyalarning gʻalati koʻrinishidan tortib ajoyib sut emizuvchilarigacha boʻlgan hayvonot olamining ulkan hilma-hilligi har qanday insonni hayratda qoldiradi! Yangi maʼlumotlarga ega boʻlishingiz uchun naqadar oʻziga hos jonivorlarni topganimizga bir nazar tashlang. Quyida siz bilmagan 23 nafar gʻaroyib hayvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplangan.

Albatta, bilasizki gavial timsohlar turkumining vakillaridan biri. Uni “mehribon” jonivor deb hisoblashadi – sababi u hech kimga hech qachon hamla qilmaydi, buning boisi tumshugʻining juda ingichka ekanligidadir balki .

Hatto 3962,4 metr chuqurlikda ham istiqomat qila oladigan ushbu kichkinagina jonivorni Dumbo sakkizoyogʻi deb ataydilar. Ushbu mittivoy okeanning tubidagi shilliqqurtlar va qurtlarni ovlab yuradi.

Bu antiqa qoʻngʻiz gʻayrioddiy uzun boʻyni tufayli oʻz nomiga ega boʻlgan. Jirafa-qoʻngʻiz — Madagaskar orolida istiqomat qiluvchi xasharotlardan biri. Uning tashqi koʻrishini juda gʻalati boʻlib koʻrinsa ham, bu noodatiy xususiyat mitti hasharotning xayotida juda katta axamiyat kasb etadi. Sababi hasharot erkaklari uchun boʻyinlari boshqa hasharotlar bilan kurashish uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Erkaklarining boʻyinlari urgʻochilarining boʻyinlaridan ikki barobar uzunroqdir.

Gerenukning eng koʻzga tashlanadigan tomoni – bu uning oʻta uzun boʻyni hisoblanadi. Bu kiyiklar oilasidagi eng boʻyni uzun vakildir. Gerenuk — juda tortinchoq hayvon, uni koʻrib qolishganida, odatda qochib ketadi yoki harakatsiz qotib qoladi.

Kal Uakari — Braziliya va Perudagi maymunlarning biр turi. U oʻzining yorqin qizil yuzi bilan juda mashhur. Bu turdagi maymunlar toʻdalarga boʻlinib, surunkali suv toshqinlari tufayli baland daraxtlarda chiqib yashaydilar. Ushbu suv toshqinlari oʻrmonlardagi kal uakari va boshqa bir necha antiqa xayvonlarning istiqomat muhitini asta sekinlik bilan yoʻq qilib boryapti.
Olimlarning taʼkidlashicha, maymunninng qizil yuzi – qon qizil tus bilan teri orqali boyitiladigan maxsus pigmentning borligidan darak beradi. Ammo ushbu sifat maymunning kamchiligi va uni sogʻ-omon qolishiga zarracha yordam bermaydi, chunki yirtqich hayvonlar bu maymunlarni juda oson topib oladilar.
Eng achinarlisi shundaki, maymunlar ovchilar tufayli ham qirilib borishyapti. Yuzining tusi ancha ochroq boʻlgan kal uakari malyariya kasalligiga nisbatan taʼsirchandir. Ular oʻzlarini boshqa maymunlardan ajratib yuradilar va koʻpaymaydilar. Bu maymunlarning eng gʻaroyib turlaridan bittasi.

Yaguarundi nomi bilan tanilgan bu Janubiy Amerikalik gʻalati mushuk latcha suvsarga oʻxshaydi, u sarvqomat tanasi va yassi boshi bilan sifatlanadi. YAguardan farqli oʻlaroq, uning badanida dogʻlari yoʻq, lekin bu hayvon oʻz turi doirasida tusning hilma-hilligi bilan bemalol maqtansa arziydi. Ular Janubiy Amerikalik deb tan olingan boʻlsada, aslida Shimoliy va Markaziy Amerikadan ham topilgan.

Atretochoana Eiselti ilonining boshqacha, ilmiy boʻlmagan nomlanishi ham bor. Odatda bu tasqara jonzotni ichak-chavoqqa oʻxshatishadi. Bu mavjudot ilonga oʻxshashi mumkin, lekin aslida u sudralib yuruvchi emas, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlardan biri.
Avvalo u suvda yashaydi, uning oʻpkasi yoʻq va terisi orqali nafas oladi. Tasqara ilon 2011 yilda Braziliyada topilguniga qadar dunyoda faqat ikki nusxada, 1998 yilga qadar esa bir nusxada namoyon boʻlgan.

Dastlab 1927 yilda topilgan muz baliq Antarktida qirgʻoqlarida va ularning atroflarida istiqomat qiluvchi gʻalati koʻrinishga ega boʻlgan mavjudotdir. Bu ekzotik baliq ajoyib xususiyatlarga ega, uning qoziq tishlari va shaffof tanasi koʻpchilikni hayratga soladi. Bunday shaffoflik uning qonida gemoglobinning yoʻqligi natijasidir.
Ushbu baliqlar gemoglobinsiz yashay olishining siri tadqiqotchilarni 60 yildan ortiqroq oʻyga soldi. Nihoyat, olimlar muz baliq kislorodni jabralari orqali emas, teri orqali oʻzlashtirishi toʻgʻrisida nazariyani ishlab chiqdilar. Xamma gap kislorodni qon aylanish tizimidan kislorodni olib oʻtuvchi moddada jamlangan.
Boshqa taxminga koʻra, muz baliqda qon vazifasini plazma bajarar emish. Plazmaning sargʻish rangi bu baliqning oʻta och sariq tusga ega ekanligiga ham sabab boʻlishi mumkin.

Oddiy yazikan - tasavvurga sigʻishi qiyin boʻlgan uygʻunlikning namoyandasi. Hasharot kolibri kabi gullar ustida gulshira terib parvoz qiladi, ammo koʻrinishi qirgʻiyga oʻxshaydi. Aslida esa bu hayvon emas, kuyadir.

Yangi Zellandiya va Avstraliya dengizlarida istiqomat qiladigan gilamli sakkizoyoq (uni Supermen-sakkizoyoq yoki Betmen sakkizoyoq ham deb atashadi) sayoz suv havzalarida yashaydi. Bu turning erkaklari bilan urgʻochilarini ajratish juda oson, chunki erkaklari deyarli 2 metrga uzunroq boʻlishadi. Uning "gilami" esa oʻljani zabt etish uchun ishlatiladi.

Eshak qurt va dengiz choʻchqasining aralashmasiga oʻxshash Pushti rang pari jonivori kurrai zamindagi eng gʻaroyib hayvonlardan biri. Uni hech qachon yovvoyi tabiatda uchratib boʻlmaydi, chunki ular uchun yer ustida yurgandan koʻra yoʻlni tuproqning ichida qazib oʻtkazish qulayroq.
Ular shu darajada kamyobki, olimlar bu hayvonni yoʻqolib ketish xavfi bor yoki yoʻqligini shu kunga qadar bilmaydilar.

Uzunligi 3,6 metrga, vazni 208,6 kilogrammgacha etadigan akula- ajina Yaponiya qirgʻoqlarining atrofidagi okean tubiga yaqin suvlarda yashaydi. Bu jonzotning eng gʻaroyib jihati shundan iboratki, u oʻlchani tutib olish maqsadida jagʻini tashqariga choʻzib chiqarish qobiliyatiga ega.

U oʻz nomiga ega boʻlgan payt - kolonizatsiya davri hisoblanadi. Koʻchmanchilarning tovuqlarini birma-bir boʻgʻizlab tashlagan bu hayvon - qopchiqli boʻlsa ham yirtqich jonivorlar sirasiga kiradi!

Uzun yoʻlli boʻrining baland oyoqlari — evolyutsiya jarayonining natijasidir. Bu oyoqlar unga Janubiy Amerika tekkisliklaridagi baland oʻt-oʻlanlarni yengib oʻtishda yordam beradi.

Jayraga oʻxshash ola-bula tenrekni faqat Madagaskar orolida uchratish mumkin. Ular orolning sharqiy tomonidagina istiqomat qiladi. Agar tenrek umumiy guruhdan uzoqlashsa, u boshqalar bilan aloqada boʻlishi va ayni paytdagi joyini bildirish maqsadida oʻziga hos tovushli tebranishlarni taratadi.

Bobiks Morini Xitoy ipak qurti deb ham atashadi. U chernikaga oid daraxtu butalarda tentrab yurishni yaxshi koʻradigan momiq kuyadir. Bobiks Mori juda yoqimtoy boʻlib koʻrinishiga qaramay, aslida yetarlicha jirkanch va yoqimsiz hayvonlardan biridir.

Atlantik glavkining nomi juda koʻp. Ular qatorida "moviy farishta", "moviy ajdar" va "moviy dengiz shilliqqurti" deganlarni ham uchratish mumkin. U dengizda va tashqarida yirtqichlardan oʻzini himoya qilishi uchun aqlli niqobni ishga soladi.
Bundan tashqari ular germafroditlar deb ham ataladi. Eng qizigʻi ularning erkaklari ham, urgʻochisi ham tuhum qoʻyadi.

Chamasi, bu baliq oʻz lablarini yorqin qizil rangli pomada bilan boʻyab olganiga oʻxshaydi. Qizil labli netopirni baliqdan koʻra koʻproq sudralib yuruvchi skat, desa boʻladi. U juda yomon suzuvchi va odatda oʻziga yemish qidirib okean tubida sudralib boradi.

Oʻsimlikning bargiga oʻxshagan bu gʻalati mavjudotning nomi Umboniya Spinoza yoki "tikanak qoʻngʻiz". U Floridadagi mevali daraxtlarda osilib turadi. Bu qoʻngʻiz oʻsimliklarni teshib olib ulardan sharbatini soʻrishi mumkin. Aslida, Floridadagi daraxtlarning ayrim tanalari shu darajada qoʻngʻizlar bilan tor-mor qilingan ediki, natijada bu oʻsimliklarning nobud boʻlishiga olib kelgan.

Beshiktervatar krevetka nafaqat chiroyli, balki ayrim juda qiziq oʻta kuchli xususiyatlarga ega mavjudot. bu chaqchaygan koʻzlarda spektrning inson koʻra oladigan ranglaridan oʻn baravar koʻproq ranglarni, shu jumladan ultrabinafsha yorugʻlikni ҳam qabul qila oladigan 16 nafar retseptorlari bor.
Bundan tashqari, bu mavjudotning koʻzlari bir biridan mustaqil ravishda xarakatlana oladi. U oʻz oʻlchasiga hamla qilayotgan paytida bu xususiyati uning orqasida nima roʻy berayotgani koʻrib, vaziyatni nazorat qilib turish imkonini beradi.

Aslida, panda-chumoli —panda ham, chumoli ham emas, u juda kuchli ogʻriq berib chaqadigan ari hisoblanadi. Uni yana "qotil chumoli", "sigir qotili" deb ham atashadi. Tabiatiga koʻra yolgʻiz yashovchi bu mavjudotlar Chili va Argentinada istiqomat qiladilar.

Doʻzaxiy qonxoʻr, yaʼni vampir (Vampyroteuthis infernalis) - bu sakkizoyoq ham, kalmar ham emas, aloxida bir tur — vampirlardir.
Doʻzaxiy vampir — 600-900 metr va undan qam koʻp chuqurlikda istiqomat qiladi. Okeanning bu hududida kislorod etishmaydi, chunki uning jipslashuvi haddan tashqari past. Shunga qaramay doʻzaxiy vampir bu hududda bemalol istiqomat qila oladi. U oʻzini sezdirmasligi uchun moviyrang yorugʻlik taratadi.
Shu yorugʻlik bu mavjudotnining shaklini yetarli darajada xiralashtirib tashlaydi. Doʻzaxiy vampirning koʻzlari eng nimjon yorugʻlikni ham seza oladi. Tahmin qilinishicha bosh qismidagi fotoretseptorlar jufti tepadagi harakatdan darak beradi.

Minoga baliq emas, dumaloq ogʻizlilar sinfidan boʻlgan baliqlarning oʻtmishdoshidir. U aslida baliqning paraziti hisoblanadi. Baliq goʻshti esa minoganing asosiy yemishlaridandir.
Minogalar suv tubida oʻlik yoki tirik baliqlarni topib oʻzlarining katta ogʻizlari bilan baliq tanasiga yopishib oladilar va koʻp sonli tishlari bilan baliqning terini teshib, shundan keyin esa uchida tishlari joylashgan tilini ishga soladi. Shu tarzda minoga oʻljasining tanasiga chuqur kirib oladi.
Keyin esa oʻljaning badaniga hazm qiluvchi shira kiritadi va bir qancha vaqt oʻtganidan soʻng qisman hazm boʻlgan yemishni soʻrib oʻzlashtiradi. Ushbu jonivorlar qirilib ketish xavfi ostida, chunki minoganing goʻshti juda ham mazali.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



