Mayiz tushkunlikdan halos etadi

Yurak qon-tomir kasalliklari bilan ogʻriganlar uchun mayiz kaliy moddasini yetkazib beradi. Magniy, kalsiy, temir va fosfor moddalari esa quvvatsizlik, kamqonlik, suyak skeletining toʻgʻri rivojlanishida muhim roʻl oʻynaydi.

Kuchli stress, depressiya, asabiylik holatlari kuzatilganida, bir siqim mayiz isteʼmol qilish ayni muddaodir. Shuningdek, qora mayiz uyqusizlikda ham chora hisoblanadi. Ogʻiz boshligʻi infeksiyalari, hususan, stomatit va kariesning oldini olishda mayiz tanovuli muhim hisoblanadi. Boisi, uzum qoqisi antioksidantlarga boy boʻlib, bakteriyalar bilan kurashuvchi xususiyatga ega. Mayiz peshob haydovchi hususiyatga ega. Qoʻl- oyoq shishlarida mayiz isteʼmol qilinishi siydik ajralishini koʻpaytiradi. Tarkibida kletchatka mavjudligi uni oshqozon-ichak trakti uchun foydali yegulikka aylantiradi. Kunora yarim-bir siqimdan mayiz yeyishga odatlangan kishi, sogʻligʻi haqida qaygʻurmasa ham boʻladi.

- Organizm uchun foydali vitaminlar hamda antioksidantlarga boy;
- Nerv tizimi kasalliklarida foyda beradi;
- Immunitetni mustaxkamlaydi;
- Organizmga quvvat beradi;
- Bosh miya faolligini oshirib, fikrlash qobiliyati, diqqatni jamlashda koʻmak beradi;
- Organizmga kalsiy soʻrilishini taʼminlaydi;
- Farzand kutayotgan ayollar uchun kamqonlikni oldini olishda koʻmak beradi.

Ortiqcha vazndan halos boʻlishni istaganlar uchun mayiz asqatishi mumkin. Bunda mayiz asosiy vosita sifatida tanlanib, kun davomida boshqa yeguliklarga qaraganda koʻproq isteʼmol qilinadi.
Asab tizimini kuchli qoʻzgʻalishlarida mayiz har qanday tinchlantiruvchi preparatdan-da yaxshiroq taʼsir koʻrsatadi. Uning bu hususiyati mahsulot tarkibidagi nikotin kislotasi hamda B guruhi vitaminlari hisobiga amalga oshadi. Kun davomida aqliy mehnat faoliyati bilan band boʻlganlar uchun ham mayizning foydasi koʻp.

Mayizning foydali hususiyatlari haqida qanchalik koʻp gapirmaylik, ayrim hollarda uning isteʼmoli qatʼiy cheklanadi. Xususan:
- Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi;
- Ortiqcha vazn;
- Enterokolit;
- Ogʻiz boʻshligʻi yaralari;
- Qandli diabet;
- Silning faol turi.

Uzum qoqisiga qayta ishlov berish shart emas, ammo yengil hazm boʻlishi uchun suvda chayib olingani maʼqul. Teng miqdorda mayiz va yongʻoqni goʻsht qiymalagichdan oʻtkazib, asal bilan aralashtirib olinsa, quvvatsizlik va mavsumiy kasalliklar profilaktikasi oʻrnida foydalanish mumkin.

Mayiz harid qilayotganda uning koʻrinishiga ahamiyat bering. Yirik va chiroyli quritilgani hamisha ham foydali boʻlavermaydi. U oʻrtacha kattalikda bir-biriga yopishmagan, hidsiz boʻlishi kerak. Mabodo mayizning bir-biriga yopishganiga koʻzingiz tanlov qilmang. Nega deganda, bu uning notoʻgʻri saqlanganidan darak boʻlishi mumkin. Mayizni shisha bankada ushlash lozim. Yoki mahsus haltalardan foydalansa boʻladi. Agar mayiz koʻp miqdorda harid qilingan boʻlsa, plastik idishlarga joylab, muzlatkichga qoʻysa boʻladi. Biroq shunda ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



