Minglab oshiqlarni rom qilgan sohibjamollar

Ushbu ism har bir inson uchun yaxshi tanish boʻlsa kerak. Misr malikasi boʻlmish Kleopatraga sayyoramizning eng chiroyli ayoli sifatida taʼrif berganlar. Malika eramizdan avvalgi birinchi asrda yashab oʻtgan va aksariyat goʻzallar kabi injiq ekanligi bilan shuhrat qozongan. Uning mashhur oshiqlari Rim imperatori Sezar va nufuzli lashkarboshi Mark Antoniy edi. Ammo bu oshiqlar dengizidan bir tomchi holos. Malika oʻz goʻzalligi va yoshligini saqlab qolish maqsadida sutli vannalar qabul qilgan, eritilgan marvarid yordamida yuzlarini parvarishlagan. Ammo tarixiy faktlarning biri uning goʻzalligiga nisbatan shubha tugʻdiradi. Bu qadimgi misr tangasidir. Ushbu tanga Misr malikasining tashqi koʻrinishini aks ettirgan yagona haqiqiy buyum sanaladi. Undagi ayol tasviri esa biz tasavvur qilgan va tarixiy filmlar orqali namoyish qilingan Kleopatra koʻrinishidan butunlay oʻzgachadir. Qiziq, u haqiqatan ham tillarda doston boʻlguday husn sohibasi edimi? Balki bu husn faqat oʻsha davrlar uchun chiroyli sanalgandir?



Ushbu sohibjamol Xitoy hukmdori Min Xuanning rafiqasi sanalgan. Malika 8 asrda hayot kechirgan boʻlib, ayrim tarixiy kitoblarda uning eri boʻlmish imperator nomi Syun Jun tarzida beriladi. Uning taqdiri kutilmagan va qiziqarli edi.
Nochor oilada ulgʻaygan goʻzal imperatorning qalbidan shunchalar chuqur joy egallaydiki, u davlat ishlarining barchasini tashlab qoʻygancha bor vaqtini rafiqasining yonida oʻtkazishga harakat qiladi.Oradan vaqt oʻtib, bu holat natijasi koʻzga tashlana boshladi. Hokimiyatni imperatorning son-sanoqsiz qarindoshlari qoʻlga olishdi, oʻzi esa ayolining yonidan ketishni ham istamasdi.
Muhabbat oqibati esa davlat toʻntarishi va mamlakatni qamrab olgan fuqarolar urushiga olib keldi.


Anna Boleyn - Angliya qiroli Genrix 8 ning ayoli. U oʻz zamondoshlari hotirasida behad goʻzal inson qiyofasi bilan saqlanib qolgan. Tarixiy manbalarga koʻra, qirolichaning boʻyi oʻrtacha va sarvqomat boʻlgan. Jigarrang koʻzlari va qalin lablari qizgʻish sochlari-yu oppoq terisi bilan birga juda chiroyli koʻrinardi. Bundan tashqari ayol juda aqlli boʻlib, davlat masalalarini aʼlo darajada tushungan. Bu esa oʻsha paytdagi britan taxti vakillari orasidagi kamyob sifat edi.
Saroy amaldorlari qirolichaning oʻta chiroyli, jozibador va aqlli ekanligidan hayratga tushardilar. Ammo u mamlakatni uzoq vaqt boshqara olmagan. Ayolni oʻz erining buyrugʻiga koʻra qatl qilganlar. Bunga sabab esa uning mamlakatga va eriga hiyonat qilgani haqidagi gumon edi.


Barbara Radzivillarning nufuzli va kuchli oilasida tugʻilgan. Qiz 17 yoshga kirganda sarkarda Stanislavga turmushga chiqib, oʻgʻil farzandni dunyoga keltiradi va oradan 5 yil oʻtgach beva qoladi.
Ammo yolgʻizlik yillari uzoq davom etmadi. Oradan yana 5 yil oʻtgach malika Buyuk Knyaz Sigizmund bilan nikohdan oʻtdi. Bir yildan soʻng knyaz taxtga ega chiqdi, Barbara esa Polsha qirolichasiga aylandi. Aytish kerakki, ayol mamlakatning eng chiroyli insonlaridan biri boʻlgan. Unga atab sheʼrlar, ballada va poemalar yozilgan. Ammo Barbara faqatgina oʻz erini sevgan, umrining oxiriga qadar unga sodiq boʻlib oʻtgan. Biroq , ayolning hayoti uzoq davom etmadi. Rasmiy toj kiyish marosimidan 1 yil keyin Barbara birdagina oʻzini yomon his qila boshladi va tasodifan tushunarsiz sabab bilan olamdan oʻtdi. Insonlar uning zaharlangani haqida gapira boshladilar. Qirolicha bu paytda atigi 30 yoshga kirgan edi.

Qadimgi Misr malikasi Nefertitining ismi “sohibjamol keldi” tarzida tarjima qilinadi. Ushbu ayolning husni haqida turli haykallar, yozma maʼlumotlarga koʻra hulosa qilish mumkin. Ularning barchasida firʼavn Amenxotep rafiqasining samoviy goʻzalligi taʼriflab berilgan. Afsonalarga koʻra, bu kabi husnni misrliklar hech qachon koʻrishmagan. Shu sababli betakror Nefertitining timsoli barcha ibodatxonalarga tushirib chiqilgan. Oradan bir necha asrlar oʻtgan boʻlsa ham uning goʻzalligi hamon rassomlar va shoirlarni ilhomlantirib keladi. Haykaltaroshlar esa uning husniga rom boʻlgancha ijod qiladilar.


Gruzinlar malikasi Tamara nomi davlatning gullab-yashnagan davri ila bogʻlanadi. Tamaraga bagʻishlangan sheʼrlarda uning qomati tik daraxtga, yuzi esa kulib turgan quyoshga qiyoslangan. Shoirlar oʻz asarlarida uning qanchalar aqlli va adolatli boʻlganini ham yodga olib oʻtganlar. Qizigʻi shundaki, u nafaqat chiroyi, balki lashkarboshilik qobiliyati bilan ham nom qozongan. Tamara sobiq eri bilan jang qilib, uni Tbilisi yaqinida tor-mor keltiradi.
Malikaga Vizantiya podshohlari va sharqiy oʻlka hukmdorlari sovchi qoʻyadilar. Ammo u oʻzi uchun juftni yuragining soʻzi bilan tanlagan va butun umr sevgan yori bilan baxtli hayot kechirgan.


Simonetta Vespuchchi - uygʻonish davrining eng mashhur shaxslaridan biridir. Simonetta Florensiyaning birinchi raqamli goʻzali boʻlgan, aynan uning koʻmagi bilan italyan rassomi Sandro Botichelli oʻz shedevrlarini yaratgan. Malika oʻz davrining eng mashhur qizlaridan sanalgan, uning atrofidagi oshiqlarning son-sanogʻi koʻrinmas va barchasi qizning roziligidan umidvor edilar.
Qizigʻi, uning oshiqlari orasida oʻzaro raqobat boʻlmagan. Simonetta erkaklar tomonidan koʻrib koʻz toʻymaydigan sanʼat asari kabi edi. Hattoki ayollar ham oʻz raqibalari boʻlmish bu qizga hasad bilan nazar tashlamaganlar. Ular malikaning husnidan lol boʻlar, uning ahloqi va mehribonligi haqida toʻlqinlanib soʻzlashardi.


Saroy freylinasi va Fransiya qiroli Genrix 8 ning suygan ayoli Diana oʻzining qanchalar chiroyli va jozibador ekanlinini yaxshi bilar, bundan foydalanishni ham qoyillatardi. Uning bir marta yigʻlab bergani uchungina Qirol Diananing isyonda qatnashgan va eng oliy jazoga sazovor boʻlgan otasini kechirib yuborgan. Ammo bu hali hammasi emas. Mamlakatni rasmiy ravishda qirol Genrix boshqargan boʻlsa ham, asl hokimiyatni Diana oʻz qoʻliga olib boʻlgandi. Bundan tashqari u nafaqat qirolni boʻysundirib olgan, balki boshqa davlat hukmdorlarini ham oʻzi bilan hisoblashishga majbur qilgan.


Ushbu sohibjamolning asl ismi Margatira De Valua boʻlib, u Fransiya qiroli Genrix 8 va Yekaterina Medichining qizi edi.
Malikaning goʻzalligi va oshiqlarining soni haqida koʻp koʻplab afsonalar yurardi. Aytishlaricha, uning husniga oʻz qarindoshlari ham oshiq boʻlib qolgan ekanlar. Ammo qizni siyosiy maqsadlarda Qirol Genrix De Burbonga turmushga beradilar. Qiz uni mashhur Varfolom kechasida qutqarib qolgan va asir kabi saqlanayotgan Luvrdan qochib ketishi uchun imkon yaratib bergan. Ammo shunga qaramasdan Margaritaning qirol bilan boʻlgan nikohi uzoq davom etmadi. Ayol uzoq yillar davomida oshiqlar orzusi boʻlib yolgʻiz yashayverdi.

Mariya Sholandiyaning malikasi, qirol Yakov 5 ning yagona vorisi edi. Malika 16 yoshga toʻlgan paytida uni Fransiya qiroli Fransis 2 ga turmushga beradilar. Oradan yarim yil oʻtib u beva qoladi. Saroydagi makkorliklar va oʻyinlarga bardosh bera olmagan malika oʻz vataniga keladi. Ushbu sohibjamolning qalbini zabt etish koʻpchilikning orzusi edi, ammo buni faqatgina lord Dornli amalga oshira oldi holos. Oqibatda malika aynan unga turmushga chiqdi.

Buyuk Kiyev knyazi Donishmand Yaroslav oʻz paytida jahonning siyosiy maydonidagi eng nufuzli shaxslardan biri boʻlgan. Bunga qadar u Yevropaning kuchli sulolalari bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatish usulini olib borayotgan edi. Oqibatda uning qizlaridan biri ham Fransuz qiroli Genrix I ga turmushga chiqadi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Genrix ilk marta oʻz yori Annani koʻrganda uning oshiqi beqaroriga aylanib qolgan. Saroy ahli esa yangi qirolichani salkam ilohiylashtirib yuborganlar.
U tarixdagi eng chiroyli hukmdorlardan biri edi. Anna Genrix I ga 3 nafar oʻgʻil farzand tortiq etgan.


Ushbu ayol haqiqatan qiziqarli shaxs boʻlib, oʻz paytida goʻzallik timsoli sanalgan. Uning oshiqlari juda koʻp edi, ulardan 13 tasi malikadan rad javobini olgani uchun oʻz jonlariga qasd qilganlar. Anis al Dolyax turmushga chiqqan va 4 nafar farzand koʻrgan. Ammo ajrashib ketgan va oradan bir muddat oʻtib ikkinchi bor turmush qurgan. U ayollar erkinligi va huquqlari uchun kurashgan Erondagi ilk insonlardan biri boʻlgan. Bundan tashqari malika hamisha Yevropa uslubida kiyinishga harakat qilgan va bu orqali Eronliklarni hayratga solib ham turgan.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



