Qiziqarli

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

1. Ulan-Bator shahri dunyodagi eng sovuq poytaxt shahar hisoblanadi. U dengiz sathidan 1300 metr yuqorida joylashgan. Yanvar oyida shahardagi harorat selsiy shkalasi boʻyicha - 40 gaham tushib ketadi va bu aholi vakillari uchun odatiy  holatga aylanib qolgan.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

2. Ulan-bator shahrining nomi “Qizil pahlavon” degan maʼnoni anglatadi. Ushbu nom shaharga 1924 yilda berilgan boʻlib, hududga 1639 yilda asos solingan, birinchi nomi esa Urga boʻlgan. Bu “Nufuzli inson saroyi” degan maʼnoni anglatar edi. 1911 yilda esa uning nomini Niyslel xuree deya oʻzgartirishgan. 

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

3.Mamlakatning umumiy maydoni 1 500000 kvadrat kilometrga teng, aholisi esa 3 million kishini tashkil qiladi. Bu yerdagi aholi zichligi koʻrsatkichi har bir kvadrat kilomentrga 2 tadan odamni tashkil qiladi. Bu boshq barcha mamlakatlar orasidagi eng past koʻrsatkichdir. Bugun boshli Mongoliyaning teng yarim aholisi poytaxtda yashaydi.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

4. Koʻpchilik insonlar osmondan yulduz  uchayotgan payti tilak aytsa, uning amalga oshishiga qattiq ishonadilar. Moʻgʻullar esa qulayotgan yulduzni tez orda sodir boʻlajak oʻlim timsoli deya koʻrishadi. Shu sababli tilak aytish oʻrniga pichirlab duo qiladilar. 

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

5. Moʻgʻullar juda ham irimchi halq boʻlib, agar birov boshqa bir insonning oyogʻini bosib olguday boʻlsa darhol uning qoʻlini ham siqib qoʻyishi kerak ekan.Yoʻqsa, ular bir-birlariga dushman boʻlib qolishar emish. Aytganday, ularning aytishlaricha, yopiq bino ichida chalingan hushtak orqali inson oʻziga xavf chaqirib olarkan.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar
Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

 

6. Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat sobiq SSSR boʻlsa, ikkinchisi Mongoliya boʻlgan

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

7. Mongoliyaning eng mashhur joylaridan biri - Chingizxonning ulkan haykalidir. Uning balandligi 40 metrga teng boʻlib, dunyodagi eng katta otliq haykal ham shu yerda, Mongoliya asoschisiga bagʻishlab oʻrnatilgan.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

8. Chingizxonning qabri qayerda ekanligini hech bir odam bilmaydi. Bu yerdagi afsonalardan birida aytilishicha, dafn marosimida qatnashgan bir necha minglab insonlarning barchasi oʻldirib yuborilgan. Keyin ularga guvoh boʻlgan janchilar oʻzlarini oʻldirganlar va shu tariqa bu sirni butun umrga tuproq ostiga koʻmganlar.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

9. Moʻgʻul oilalarida oʻgʻil dunyoga kelsa uning kuchli jangchi boʻlishi niyat qiladilar. Sumoning asl vatani Yaponiya boʻlsa ham, bu sport turida eng kuchli boʻlgan insonlar moʻgʻullar sanaladi.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar

10. Hudud katta tarixga ega boʻlish bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hamdir. Ayni paytda ushbu mamlakatning har toʻrtinchi fuqarosi internetdan faol ravishda foydalanadi.

Mongoliya haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar