Muvaffaqiyatlar daftarini yuritish uchun asosli 6 sabab

Aslida ushbu ishni amalga oshirish juda oson. Istalgan turdagi daftarni olib, har kuni oʻzingiz bilan sodir boʻlgan yoqimli hodisalar, gʻururlanish va quvonishga arziydigan sabablarni yozib chiqasiz. Barchasi juda oddiy, ammo ichingizda ”Bu nima uchun kerak?”degan savol paydo boʻlishi ham mumkin. Axir daftar toʻldirish uchun ham qimmatbaho vaqtingizni sarf qilish kerak. Bu vaqt ichida ishlashingiz yoki dam olishingiz mumkin-ku? Ammo bizga ishoning, bu vaqtingizni sarf etish uchun arziydi. Zero, bu oʻz kelajagingiz uchun tikilgan kuchdir.

1. Bu oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshiradi, kuchli va qobiliyatli ekanligingizni har kuni oʻqib, bunga chin dildan ishonib borasiz.

2. Butun olam tortishish qonuni inson hayotiga nisbatan ham ishlaydi: oʻz muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringiz haqida qanchalik koʻproq oʻylasangiz, hayotingizga shunchalik koʻp yaxshilikni tortasiz.

3. Tushkunlikka tushganda, qiyin vaziyat va kunlarda oʻz daftaringizni oʻqib, kayfiyatingiz koʻtariladi.

4. Yutuqlar daftari tushkunlikdan xalos boʻlish va xavotirni bartaraf etishda qoʻl keladi.

5. Erishgan yutuqlaringizni tahlil qila turib, oʻz kuch va mehnatingizni qaysi soha tomon yoʻnaltirish haqida aniq biladigan boʻlasiz.

6. Bu hamisha faol harakatda boʻlish va oʻzingizdan gʻururlanish uchun koʻmak beradi.
Albatta, ish boshida har bir erishgan muvaffaqiyatingizni yozib chiqish nokamtarlik kabi koʻrinadi. Ammo ushbu usulni bir bor sinab koʻrgach, hayotingizning har bir kuni kechagidan yaxshiroq ekanligini his qila boshlaysiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



