Nagapanchami - hindilarning bayrami: unda hamma ishlash oʻrniga ilonlarni rishvalaydilar

Sharvan muqaddas oyining beshinchi kunida hindilar ilonlarga sajda qiladilar, ularni yerdagi nag ning timsoli deb hisoblaydilar. Nag lar - bu odam boshi va gavdasili ilon sifat afsonaviy mavjudotlardir. Shravan oyi boshlanishi bilan mussonlar mavsumi kiradi va ilonlar oʻzlarining suv bosgan uyalaridan chiqishga majbur boʻladilar. Yuqorida ularni keng quloch yozib odamlar kutib oladilar.

Nagapanchami kunida xech kim ishlamaydi. Tantana sababchilarini oʻrmondan olib kelib, shahar koʻchalari va xovlilarga qoʻyib yuboradilar. Odamlar oʻzlarini ilonlar oldida qarzdor deb hisoblaydilar. Chunki, ular hosilni yoʻq qiluvchi kemiruvchilarni yeydilar. Shuning uchun ilonlarni iliq kutib oladilar. Ularni ustidan gul changini sepadilar, sut, asal va qovurilgan guruch bilan mehmon qiladilar. Ilon inlari oldiga oleandr, jasmin va qizil lotos gullarini qoʻyadilar.



Yoʻlida ilonni uchratish katta omad belgisi hisoblanadi, ayniqsa, turmushga chiqmagan qizlar uchun - bu yaqin orada oʻz baxtini topish belgisidir.

Ayniqsa dabdabali tantanalarga eng havfli ilonlardan biri - kobra muyassar boʻladi. U bilan chiroyli hindi afsonasi bogʻliq. Kunlardan bir kun bir braxman Napanchami kuni haqiqatda qadimiy udumni esidan chiqarib, oʻz dalasiga yoʻl olgan. Egatni qila turib, behosdan ilon bolalarini ezib ketdi. Ona-ilon qasd olishga qaror qiladi. U kechasi braxmanning uyiga oʻrmalab kirib, hamma uxlab yotganlarni oʻldiradi. Keyin braxmannig qizlaridan biri turmushga chiqqani va qoʻshni qishloqda yashashi esiga tushib qoladi. Kobra oʻsha yerga boradi, lekin yosh ayol Nagapanchami bayramiga barcha tayyorgarchiliklarni koʻrganini, ilonlar uchun noz-neʼmatlarni eshik oldiga olib chiqib qoʻyganini koʻradi.

Kobra yaxshi niyatli qizning eʼtiboridan mamnun boʻladi va jaxlidan tushadi. Beka ilonga yoqqanini koʻrib, otasi va qolgan qarindoshlarini qayta tiriltirishini iltimos qiladi. Kobra buni ijobat qiladi. Shuning uchun, koʻpgina hind shtatlariga ayollar ona-kobraning tosh haykaliga ibodat qilib, ilohlar ularga farzand ato etishini soʻraydilar.

Nagapanchami bayrami uzot tungacha davom etadi. Ilon oʻrgatuvchilari bu kunda katta xurmatga ega boʻladi va oʻz maxoratlarini hammaga namoyish etadilar: ular zaxarli ilonlarni qoʻllariga olib, boʻynilariga tashlab oladilar. Mard tomoshabinlar ulardan namuna olib, ular kabi ilonlarni qoʻlga olishga harakat qiladilar.


Ilonlar chaqish hollari juda ham kam. Balki ular bu ularning bayrami ekanini bilsalar kerak va bayramda xech kimni koʻnglini ogʻritgisi kelmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



