Foydali

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Baʼzida vahima qilish butunlay behuda, soch toʻkilishi, bu normal holat hisoblanadi. Har kuni boshni 100 dona qurigan soch tolasi tark etib, yangi soch tolasi uchun joy boʻshatib beradi. Qoʻlingiz bilan soch tolasini yengilgina tortib koʻring – agar bu holatda beshtadan ortiq soch tolasi qoʻlingizda boʻlsa, demak bu muammo bilan jiddiy shugʻullanish kerak.

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Birinchi navbatda soch toʻkilishini davolash sabablarini oʻylash lozim. Sochning bosh terisida yuzaki, nozik oʻrnashishining juda koʻp sabablari bor. Agar toʻkilayotgan sochning uchi toʻq xaltacha bilan tugasa, bu holat jiddiy va shoshilinch davo chorasini koʻrishni talab qiladi.

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Mavsumiy toʻkilish

Uy hayvonlari saqlaganlar bilishadi, kuz va bahor fasllarida hayvonlarning tuklari kuchli toʻkilishni boshlaydi. Inson hayoti davomida ham davr almashinishi kuzatiladi. Shuning uchun kam miqdorda soch toʻkilishini meʼyoriy holat deb hisoblash mumkin. Bu davrda sochlarni qichitqi va qariqiz oʻsimligi qaynatmalari, qatiq, chakamugʻ yogʻi, tuhum, asal, xantal va aloe niqoblari bilan oziqlantirish ortiqcha boʻlmaydi.

Soch ildizining yomon oziqlanishi

Boshdagi qon aylanishining yetishmasligi shunga olib keladiki, soch ildizi sochning sogʻlom oʻsishi uchun zarur boʻlgan oziqlantiruvchi elementni ololmaydi. Bu holatda tez-tez bosh terisining quruqligi, xiralik, nursizlik kuzatiladi.

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Stress

Ogʻir  ruhiy iztirob va kuchli ruhiy zarba holatlari ham koʻp xollarda soch toʻkilishiga sabab boʻladi. Qisqa muddatli stressdan keyin organizm mustaqil ravishda normal holatga kela boshlaydi. Bunday holatda oʻzingizga tinchlantiruvchi, tetiklashtiruvchi vanna qabul qilish, aromaterapiya ilan yordam berishingiz mumkin.

Tartibsiz ovqatlanish

Koʻpincha soch toʻkilishi ayollarning ortiqcha vazndan halos boʻlish istagi natijasida yuzaga keladi. Normal hayot uchun kerak boʻlgan vitamin, mineral va yogʻlarning yetishmasligi ayol sogʻligʻi uchun izsiz kechmaydi. Koʻpincha soch toʻkilishi  E vitamini, temir va yod yetishmasligidan aziyat chekadigan ayollarda uchraydi.

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?

Chiroyli zulflar tartibli ovqatlanishni talab qiladi. Nafaqat meva va sabzavotlar, balki yogʻsiz goʻsht, baliq, ayniqsa sutli mahsulotlar, oʻsimlik, yongʻoq, tuxum kabi mahsulotlar ham sochlarning mustaxkam boʻlishida muhim ahamiyatga ega.

Nega ayollarda soch toʻkilishi koʻp kuzatiladi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar