Nima uchun aslida yoʻq insonlarga oshiq boʻlamiz? Buning aniq javobi topildi!

Koʻp hollarda (ayniqcha qizlar va ayollar) hayolida qahramon kabi mardliklarga tayyor boʻlgan insonni uchratish orzusi yashaydi. Qani edi u hamisha sizni qattiq sevsa va buning uchun togʻlarni talqon qilsa! Uning sevgan yori sifatida oʻzingizni tasavvur qilar ekansiz, sevimli boʻlish va oʻsha qahramonliklarning asosiga aylanishni uddalaysiz (hayolda boʻlsa ham!) Bu esa qahramonni sevib qolishingizga sabab boʻlishi mumkin.

Ammo taqdir har doim ham sizga betakror uchrashuv, orzuingizdagi kabi yorni taqdim qilavermaydi. Shu tariqa oʻqigan kitobingiz yoki koʻrgan filmingizdagi maʼlum insonni sevganingiz sifatida qabul qilasiz.

Kitob oʻqish paytida miyaning real vaziyatlarni boshdan kechirish uchun maʼsul boʻlgan qismlari faollashadi, shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ong uchun oʻylab topilgan hikoyalar va real hayotning hech qanday farqi yoʻq. Hayoliy qahramonni oʻylash bilan azobga tushish va uni unuta olmaslik ham ehtimoldan xoli emas. Aslida yoʻq boʻlgan insonga koʻngil berish fenomeni aynan shu kabi izohga ega. Kitob oʻqiyotgan yoki film koʻrayotgan paytda uni yoʻq odam sifatida qabul qilmaysiz. Ustiga-ustak qahramonlar hamisha oʻzlarining yaxshi tomonlarini boʻrttirib koʻrsatadilar.
Biror qahramon haqida oʻqiyotgan paytingiz uni bor inson kabi tasavvur qilasiz. Miya ularning aslida yoʻq ekanliklarini qabul qilmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, "sovun", "qahva","lavanda" kabi soʻzlar oʻqib eshittirilganda miyaning hidlar uchun javob beradigan qismlari ishga tushib ketarkan. Shu kabi qahramonning harakatlari, tashqi koʻrinishi taʼriflangan paytda miya ham buni haqiqat deya qabul qiladi. Bir soʻz bilan aytganda maʼlum bir qahramonga boʻlgan munosabatimiz miya tomonidan asl muhabbat deya qabul qilinadi.

Qahramonning butun hayoti haqidagi maʼlumotlarni yahshi bilasiz. Uning kuchli va ojiz tomonlari ham, oʻy-hayollari ham sizga juda yaxshi maʼlum. Shu tariqa uni hiyonat, qoʻrquv, aldov, sotqinlik kabi tushunchalardan qoʻrqmagan tarzda sevib qolish mumkin.

Aslida maʼlum bir qahramonga ruhan bogʻlanib qolish yuqori darajadagi empaniyani aks ettiruvchi odatiy holat. Har qalay miya misolida koʻradigan boʻlsak, buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Ammo real hayotda kun kelib janob Darsi, Ache yoki Rochesterni uchratishingiz amri mahol. Bu esa hayotda oʻz muhabbatingizni topish uchun toʻsqinlik qilishi ham mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



