Nima uchun chivinlar ayrim odamlarni boshqalariga nisbatan koʻproq chaqishadi?

Ayrim insonlar chivinlarning chaqishiga sabab deb "Qoni shirin" iborasini qoʻllaydilar. Ammo ushbu fenomen borasidagi tadqiqotlarning koʻrsatishicha, chivinlarning maʼlum bir odamlarga nisbatan koʻproq yopishishi shunchaki uydirma emas, balki haqiqatan ham mavjud tushunchadir.

Aniqlanishicha, hasharotlar "modaning ashaddiy ishqibozlari " boʻlishadi va maʼlum bir rangdagi libosni koʻrgan paytda uning yoniga oʻqday uchib borishadi. Albatta,bu hazil. Ammo chivinlar koʻproq toʻq rangli libos kiygan insonlarning yoniga borishi rost.

Faol harakatda boʻlgan va chivinlarni qoʻllari bilan haydashga urinayotgan insonlar ularni koʻproq jalb qilar ekanlar.

Ayrim hasharotlar insonga uning tana haroratiga qarab yaqinlashishadi. Hasharotlarning taʼsirchan tana aʼzolari inson tanasi haroratining kichik oʻzgarishlarini ham darrov payqaydi va issiqroq insonlarning yoniga uchib boradi. Shuning uchun ham homilador ayollar bu borada ehtiyotkor boʻlishlari kerak, sababi ularning tana haroratlari meʼyordan yuqori boʻladi.

Chivinlar maʼlum aʼzolari bilan 50 metrli masofadan turib kanbonad angidrid gazini ajrata oladi. Insonlar nafas chiqarish paytida aynan mana shu gaz bilan chivinlarni jalb qilishadi. Odamlar orasida tez va sekin nafas oladiganlari son mingta. Misol uchun homilador ayolning nafas chiqarishida boshqa insonlarga nisbatan 21% koʻproq kanbonad angidrid gazi boʻladi. Bolalar nafasi gaz miqdori kamroq boʻlgani bois chivinlar ularning yonlariga kamdan kam holatlarda kelishadi.
Chivinlarning xira pashsha kabi yopishishiga 85% holatlarda teri sifatlari sabab boʻladi. Hamisha oq libosda yursangiz ham, sekin nafas olsangiz ham teringizdagi bezlardan sut va peshob kislotasi koʻproq ajralib chiqsa, hasharotlar hujumiga tayyorlanavering.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



