Qiziqarli

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Bu maqolada biz uy yigʻishtirish borasida foydadan koʻra koʻproq zarar keltiradigan 12 usulni yigʻib sizlarga taqdim etmoqchimiz.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Avvalgi zamonlardan buyon, qorli ob-havoda odamlar gilamlarni uydan tashqariga olib chiqib, unga qor toʻkib, rosa ishqalab, keyin qor qoldiqlarini supurgi bilan supurib tashlar edilar. Bu tarzdagi gilam tozalash jarayoni oʻziga xos oilaviy anʼanaga aylanib qolgan edi. Biroq, shuni taʼkidlash kerakki, bunday usul bilan gilamni toʻlaligicha tozalab tashlab, aʼlo darajadagi pokizalikka erishib boʻlmaydi.

Buning ustiga, gilam tukchalari orasida qolib ketgan qor xonadonning ichida erib gilamga yanada kuchliroq singib ketadi. Shuning uchun ham, qor yogʻishini kutishning oʻrniga sodani ishlating. Uni gilamning ustiga sochib tashlab, tahminan 15-20 daqiqaga qoldiring, keyin esa supurgi bilan supurib tashlang, yoki chang yutgich yordamida gilamdan sodani tozalab oling.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Nimagadir koʻpchilikda soch uchun moʻljallangan lak oʻzida pardalar va boshqa uy matolaridagi statik elektr quvvatini yoʻqotish qobiliyatini saqlaydi, degan fikr oʻrnashib qolgan. Biroq, bu juda ham katta yanglishilmovchilik. Soch uchun moʻljallangan lak sizning pardalaringizni yopishqoq va moʻrt qilib qoʻyadi.

Hamma gap shundaki, lakning tarkibi matolar uchun umuman toʻgʻri kelmaydi. Undan koʻra, yaxshisi arzonroq statik sotib oling. U siz uchun ortiqcha tashvish tugʻdiradigan statik elektr quvvati bilan boʻlgan muammodan xalos qiladi va tekstil matolaringizga ham zarracha zarar yetkazmaydi.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Koʻpchilik bekajonlar uchun melamin gubkasi allaqachon xaqiqiy qutqaruvchi najot vositasiga aylanib qolgani hech kimga sir emas, albatta.U oʻchirgich kabi xatto eskirib unutilib keta boshlangan ifloslanishlarni ham bartaraf qilib, tozalikka erishtira oladi. Uning yana bir fazilati shundaki, u hech bir yuvish vositalarisiz tozalash xususiyatiga ega. Biroq, bu sehrli anjomning katta bir kamchiligi bor.

Gap shundaki, melamin, toksik modda va bexosdan organizmga kirib qolgan taqdirda jiddiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ishlatilish jarayonida gubka shiddat bilan burdalanadi, paraxa polga tushadi, u yerdan esa tasodifan bolalarning yoki uy hayvonlarining ogʻiz boʻshligʻiga kirib qolishi mumkin.

Shuning uchun ham idish-tovoqlarni melamin gubkasi bilan yuvmang, agar boshqa ilojisi boʻlmagan taqdirda, albatta oʻz atrofingizdagi paraxani yigʻishtirib tashlashni unutmang.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Avvallari xlorli ohakni suv bilan aralashtirib nimani boʻlsa ham yuvish uchun ishlatilaverilar edi. Bu dezinfektsiya qilish uchun eng yaxshi vosita, ammo u bilan juda ham ehtiyot boʻlish kerak. Shuni taʼkidlash kerakki, hamma materiallarni ham xlorka bilan yuvish mumkin emas. Bunday yigʻishtirishdan keyin mebel va pol oʻz rangini oʻzgartirib yuborishi mumkin.

Shu bilan birga, oʻz salomatligingizga ham etiborsiz boʻlmang – xlorning yuqori kontsentratsiyasi shilliq pardaning kuyishiga, nafas olishning qiyinlashuviga va boshqa oʻta jddiy koʻngilsizliklarga olib kelishi mumkin.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Maishiy kimyoga qarshi chiquvchilar sirka yordamida istalgan narsani yuvib tashlasa boʻladi, deb doimo ishontiradilar. Bu fikrda qisman xaqiqat bor, sirka haqiqatdan ham bakteriyalardan xalos qila oladi, sardak va qasmoq qatlamini yoʻqotishga yordam bera oladi. Biroq hech qanday holatda ham bu vositani yogʻoch yuzalarni va charm bumlarni yuvish uchun ishlata koʻrmang. Aks holda bu materiallar oʻz rangini oʻzgartirishi yoki umuman yoʻqotishi ham mumkin.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Bizning buvijonlarimiz oyna yuvish uchun gazetalarni ishlatishlarining sababi shundaki, ularning oʻrniga boshqa narsaning oʻzi yoʻq edi. Nima ham derdik, xaqiqatdan ham qogʻoz oynada iz qoldirmaydi va ifloslangan choylarni tozalashni bemalol uddalaydi. Biroq, qogʻoz oynali yuzalarda koʻzga koʻrinmas kichiklikdagi qirilgan joylarni qoldiradi, qogʻozdagi tipografiya boʻyogʻi esa, hoʻllanganidan keiyn zaharli boʻlib qoladi.

Shuning uchun ham, yaxshisi oʻzingizni ham, oynalaringizni ham ehtiyotkorlik bilan saqlagan holda oyna yuvish uchun toza latta yoki maxsus skrebok, yaʼni oynayuvgichdan foydalana qoling.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Qora choy mebel polirovkasi uchun juda samarali vosita, degan fikr bor. Aytishadiki, agar mebelning ifloslangan joyi nam choy paketchasi bilan artilsa, ifloslanishlar yoʻqolib ketar, mitti tirnalishlar silliqlanib ketar va shu joylarda yarqirash vujudga kelar emish. Aslini olganda, choy paketchasidan foydalanilganda uning oddiy latta bilan artilgandan farqi boʻlmaydi, choydagi boʻyoqlar esa, doimiy ravishda ishlatilganda yogʻoch yuzasining tusini oʻzgartirib yuborishi mumkin.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Limon sharbati va zaytun yogʻining aralashmasi oshxona stolining ustki yuzasini qasmoq va changdan tozalashga yordam beradi, deyishadi. Ammo, aslida bu vosita hech qanday yordam bermaydi. Aksincha, yogʻdan qolgan,yoʻqotilishi oʻta qiyin kechadigan dogʻli iz oʻziga changni va boshqa iflosliklarni torta boshlaydi.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Choʻyan va shisha idishlarni xaqiqatdan ham shunday usulda yuvib tozalash mumkin. Biroq, bu usulni hech qanday holda kuyindiga qarshi qoplamaga ega boʻlgan yangi idishga nisbatan ishlatmang. Eng kichik va koʻzga koʻrinmaydigan qirilgan darz katryulka yoki tovangizni ishlatish uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin.

Teflon qoplamali idishni faqatgina gubkaning yumshoq tomoni bilan suyuq yuvuvchi vositalarni ishlatgan holda yuvish mumkin.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Koʻp chet ellik seriallard hashamatli uylarning xizmatkorlari ishlatadigan mana bu koʻrkamgina popuk supurgi pipidastr deb atalishini koʻpchilik bilmaydi ham. Bu asbobning ishlash tartibi juda oddiy – pipidastrning sintetik tolalari elektrlanadi va oʻziga chang zarralarini toрtib oladi.Ammo, bu juda kam vaqt ishlaydi, chunki tukchalar oʻz qobiliyatini juda tez yoʻqotadi va changni yigʻishtirishning oʻrniga, aksincha, uni battar tarqatib yuboradi.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Namlangan salfetkalar maxsus shimdirilgan moddasi tufayli aʼlo darajada koʻp ifloslanishlarga qarshi kurashishning uddasidan chiqadi. Ammo uni yumshoq mebelni tozalash uchun ishlatishga arzimaydi, chunki maxsus shimdirilgan modda dogʻlar qoldirish xususiyatiga ega. Keyin esa bu dogʻlarni yoʻqotilishi juda ham qiyin boʻladi.

Tozalash ishlari chogʻida foydasidan koʻra zarari koʻp tegadigan 12 ta halqona maslahat

Sirka va zaytun yogʻining aralashmasi charmli mebelni yumshatish va yangilash xususiyatiga ega, degan fikr yuradi. Bu juda katta yanglishilmovchilik. Sirka chaрmni qurishi va tamomila koʻrkamligini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin.

Xullas, uy-joyni ham, ofislarni ham yigʻishtirish paytida agar odamlar orasida yurgan “foydali maslahat”lardan foydalanishdan avval bir oʻylab koʻring. Chunki, aqlli odamlar birovlarning xatolarini qaytarmaslik uchun ularning tajribalarini oʻrganadilar va ahmoqlargina oʻz bilganidan qolmay, birovning xatosini qaytaraverishadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar