Nima uchun kuniga 6 soat uxlash umuman uxlamaslik kabi yomon?

2004 yilda Filadelfiyadagi Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabida buni tasdiqloʻvchi qiziqarli tajriba oʻtkazildi. Uyquni qisqartirish tadqiqotida 48 nafar katta yoshdagi insonlar ishtirok etdi. Ularning baʼzilarining uyqusini toʻrt,olti yoki sakkiz soatgacha Ikki hafta muxlatga qisqartirishdi. Boshqalar esaikki kun davomida uxlamadilar.
Bu vaqt davomida laboratoriyada har ikki soatda ishtirokchilarning holatini tekshirib turishdi (uxlash uchun ajratilgan soatlar bundan mustasno). Kognitiv funktsiyalar va reaktsiya vaqtini tekshirishdi. Ishtirokchilardan shuningdek,ular oʻz ahvolini qanday baholayotganliklari, oʻzlarini qanchalik uyqusizlangan his qilayotganliklarini soʻraldi.
Nega olti soatlik uyqu yetarli emas
Tushunib yetganingizdek, kuniga sakkiz soat uxlagan ishtirokchilarning bilim darajasi yaxshiroq edi. Kuniga toʻrt soat uxlagan odamlar kundan kunga yomonroq fikrlay boshladilar.
Olti soat uxlaganlar, tajribaning oʻninchi kunigacha aqliy qobiliyatlarini yuqori darajada saqlab turishdi. Faqat soʻnggi bir necha kun ichida ushbu ishtirokchilar uyqudan mahrum boʻlgan odamlar kabi sinov vazifalarini juda yomon bajardilar.
Maʼlum boʻlishicha, kuniga atigi olti soat dam olib, ikki kun ketma-ket koʻzlarini yummagan odamlar kabi yomon ish tutasiz.
Tadqiqotning eng hayratlanarli natijalaridan biri, olti soatdan uxlagan odamlar uyqusizlikni his qilmaganliklari. Ularning hattoki natijalari qanchalik yomonlashganini ham bilishmadi.
Uyqudan mahrum boʻlgan odamlar tobora koʻproq uyqulari kelayotganini his qilishdi va bu haqida aytib oʻtishdi. Sinov oxirida ular avvalgidan ikki baravar koʻproq uxlashni xohladilar. Ammo olti soatlik uyqudan keyin odamlar ozginagina uyqulari kelayotganini his qilishdi. Ularning kognitiv faoliyat koʻrsatkichlari uxlamaganlarning koʻrsatkichlaridan deyarli farq qilmasa ham.
Ushbu kashfiyot muhim savolni oʻrtaga tashlaydi: agar odamlar uyqusizlik bor ekanligini hattoki anglamasalar, u bilan qanday kurashishlari zarur?
Biz aslida qancha uxlashimiznii bilmaymiz
Chikago universiteti tomonidan olib borilgan bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, odamlar uyqu miqdorini koʻpincha toʻgʻri hisoblay olisha olmaydi. Boshqa bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, odamlar uyqu vaqtini oʻrtacha 0,8 soatga ortiqcha baholashadi.
Shundayqilib, agar siz yetti soat uxladim deb oʻylasangiz, aslida olti soatgina damolganingiz ehtimoldan yiroq emas.
Shunday qilib, hech kim qancha uxlayotganini va qachon uyquga toʻyishinii aniq aytolmaydi. Har bir inson koʻproq uxlashiga ishonadi.
Siz qancha uxlayotganingizni aniqlash, oʻylaganingizdek oson emas. Ammo bir nechta umumiy maslahatlar bor, ular sizga yaxshiroq uxlashga yordam beradi:
1.Har kuni uxlashga bir vaqtda yoting.
2.Uxlashdan yarim soat oldin gadjetlardan foydalanmang.
3.Spirtli ichimlik isteʼmol qilmang.
4.Kun davomida jismoniy faollikni koʻpaytiring.
Kamroq tarqalgan yana bir maslahat: yaxshiroq uxlash uchun siz ozishingiz kerak. AQSh Milliy uyqu jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, uyqusizlik va semirish oʻrtasida bevosita bogʻliqlik mavjud.
Uyqusizlikning boshqa sabablari jismoniy va aqliy muammolardir. Hatto stress va yomon kayfiyat uyquga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Ha,uyqusizlikni aniqlash juda qiyin. Ammo siz uyquning miqdori va sifatini oshirishga harakat qilishingiz mumkin. Natijada samaradorligingizni ham oshirasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



