Avto

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Qulaylik haqida orzu qiluvchi har bir inson aynan shunday yoʻl tutishi aniq. Ammo, dunyo shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bir vaqtda bilim hamda koʻnikma jihatidan ham ortda qolayotganingizni hech oʻylab koʻrganmisiz? Balki bu oy pulingizni yangi maishiy texnika sotib olish uchun emas, malakangizni oshirish uchun sarf etarsiz? Badavlat insonlar oʻz farzandlariga qimmatbaho mashina olib berishni emas, uni turli toʻgaraklarga jalb qilishni afzalroq bilishadi. 

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Taniqli brenddan olingan soat, qimmatbaho aksessuarlar, libosdagi mashxur firma yorligʻini namoyish qilishga urinish - boy inson kabi taassurot uygʻotishni istaydigan odamlar ishi. Misol uchun, Alibaba Group asoschsi, milliarder Jek Ma hech qachon soat taqib yurmaydi. U vaqtni smartfon orqali ham aniqlash mumkinligi, strelkali soatlar allaqachon oʻtmishning bir qismiga aylanib qolganini taʼkidlaydi. 

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Badavlat va oliy darajada tarbiya koʻrgan insonlar hech qachon doʻkondagi sotuvchi, qahvaxonadagi xizmatchiga past nazar bilan qaramaydi, farroshga nisbatan ham yuksak darajadagi hurmat bilan muomala qiladi. U barcha nisbatan birdek munosabatda, doim jilmayib turadi va yuksak ahloqi bilan boshqalarga ham namuna boʻla oladi.

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Haqiqatan badavlat odamlar hamisha kam gapirib, koʻproq ish qilishga intiladilar. Ular har ikki gapning birida boyligi bilan barchaga maqtanmaydi, Istagram orqali yangi olgan mashinasi yoki sotib olgan kiyimlarini maqtanib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmaydi. U barcha rejalarni sukut bilan amalga oshiradi, bekorchi gaplar uchun ortiqcha vaqt sarflamaydi. 

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Ijtimoiy nufuzingizni boshqalarga namoyish qilish uchun qoʻlingizda soʻnggi rusumli telefon boʻlishi shart emas. Toʻgʻrisini aytganda, bu kabi vositalar faqatgina ortiqcha pul sarflashga sabab boʻladi holos. Ana shu pulni biznesingizni rivojlantirish uchun sarf etishingiz ham mumkin-ku!

Nochor insonlarning boy boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar