Qiziqarli

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Fransuz tili - buyuk olimlar hamda faylasuflar soʻzlashgan til boʻlish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladilar. Fransuz tilidagi eng qiyin narsa - soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilishdir. Tilni oʻrganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda koʻp adashib qolishadi. Fransuz tili dunyodagi eng koʻp oʻrganilgan tillar qatorida ingliz tilidan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Ogʻzaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda koʻp qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni oʻrganib olib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yoʻl olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasliklari ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari koʻp.

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Nemis tilida ham shevalar yetarlicha. Soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni oʻrganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi soʻzlar haddan tashqari koʻp turlanishi sababli ham oʻrganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Ivrit — dunyodagi eng qadimiy til sanaladi. Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni oʻrganish vaqtida katta qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek oʻxshaydi, bundan tashqari ivrit tilidagi matnni oʻngdan chapga qarab oʻqish kerak. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda soʻzlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asos grammatikasi 10 asrdan beri deyarli oʻzgarmagan, leksikasi haddan tashqari qiyin, ushbu tilni mustaqil ravishda oʻrganish imkonsiz. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Rus tili ham oʻrganish uchun qiyin sanaladi. Bu ayniqsa, tilni oʻzlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning koʻpligi, urgʻu tushunchasi, sinonimlar ham oʻquvchilarni juda koʻp adashtiradi. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Dunyodagi eng murakkab tillardan biri - arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta, ammo ular soʻz boshida, oʻrtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham oʻziga xosliklar yetarlicha.

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi

Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlari kitobiga kiritilgan. Xitoy lugʻatlarida 85 000 tadan ortiq ierogliflar mavjud, ammo soʻzlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni toʻgʻri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada toʻrt hil ohang mavjud boʻlib, bitta soʻzni notoʻgʻri talaffuz qilish orqali uning maʼnosini butunlay oʻzgartirib yuborish mumkin. 

Norveg, ivrit, arab tili: Dunyodagi eng murakkab tillar reytingi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar