Jismoniy faol boʻlish uchun hech qachon kech emas

Yaxshi jismoniy qomatni saqlash boʻyicha tavsiyalar odatda bir xil: sogʻlom ovqatlanish va koʻproq jismoniy mashqlar. Ammo bugungi kunda odamlar juda oz harakat qiladilar: ular kuniga atigi 300 – 500 metr yuradilar. Tibbiyot vakillari bugungi kun odami ota-bobolaridan ibrat olishini tavsiya qiladilar. 19-asrgacha erkaklar kuniga 17-19 km, ayollar esa toʻqqiz kilometr yurishgan.

Haftada kamida uch marta muntazam ravishda yuradigan har bir kishi yurak xuruji xavfini 60% ga, saraton xavfini 50% ga va insult xavfini 40% ga kamaytirishi mumkin. Jismoniy faol 75 yoshli odam sport bilan shugʻullanmaydigan 25 yoshli yigit bilan bir xil jismoniy holatga ega.
Sport mutaxasslari yaxshi jismoniy holatini saqlab qolish uchun haftasiga oʻrtacha 150 daqiqa yengil intensivlikdagi mashgʻulotlarni yoki 75 daqiqa kuchli intensivlikni harakatlarni bajarishni taklif etadilar.

"Jismoniy faol boʻlish uchun hech qachon kech emas", dedi shifokorlar. Hayotida hech qachon sport bilan shugʻullanmagan odam oʻzining bardoshliligini, kuchini va mushak massasini tezda yoʻqotadi. Bu jarayon 27 yoshdan boshlanadi. 60 yoshdan keyin bunday odamlarda salomatliklari borasida muammolar boshlanadi: yurishlari qiyinlashadi. Ushbu yoshdagi harakatsiz odamlarda mustaqil harakat qila olmaslik xavfi bor. Faol boʻlganlarda bu jarayon faqat 80 yoshdan keyin boshlanadi

Faol jismoniy turmush tarzini olib boradigan keksa odamlarda barcha tana tizimlari sogʻlom va yaxshi ishlaydi, suyaklari mustahkam boʻladi. Bunday insonlar odatda ortiqcha vaznga ega emaslar, ularning qomatlari raso va xushbichim koʻrinadi. Shuning uchun mutaxassislar keksa odamlarga jismoniy faollikni oshirishni maslahat beradilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



